Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Sezgi haqida umumiy tushuncha
Download 1.96 Mb.
|
UP SirtQI 12 s(3)
Sezgi haqida umumiy tushuncha.
Sezgi deb atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarining miyamizda aks ettirilishiga aytamiz. Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o‘z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo pridmetlari va voqealarini bilish imkoniyatlaridan maxrum bo‘lgan bo‘lur edi. Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo‘ladi. Sezgi eng oddiy, birok shu bilan birga, juda muhim psixik jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi. Sezish – oddiy psixik jarayon bo‘lib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta’sir etishi yo‘li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning alohida xususiyatlarini va va shuning bilan birga, organizm ichki holatining aks ettirilishidan iboratdir. «Sezgi – materiyaning sezgi organlarimizga ta’sir etishi natijasidir». Sezgilar o‘z mohiyati jihatidan bir muncha soda psixik jarayon bulishiga qaramay barcha bilimlarimizning asosi va manbayi hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalarni aks ettirishning ko‘pchilik qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‘lmagan tevarak-atrofni narsa va hodisalarni aks ettirishdan ularni bilishdan mahrum bo‘lgan bo‘lardik. Sezgi organiga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa qo‘zg‘ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi. Sezgi jarayoni quyidagicha ro‘y beradi.1) narsa yoki hodisalar sezgi organlariga (retseptorga) ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning cheka pereferik uchlarini qo‘zg‘aydi. 2) shu yerda kelib chiqqan qo‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga o‘tadi. 3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni sezgiga aylanadi. Har bir sezgi odatda xush yoki noxush tuyg‘ular bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional toni deb ataladi. Masalan shirin narsa kishiga huzur beradi, taxir bemaza narsa kishini behuzur qiladi. Sezgi moddiy dunyoni bilishning birinchi bosqichidir. Sezgilar to‘g‘risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o‘zi esa tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, sezgilar modsiy (obyektiv) borliqning, voqelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko‘rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‘lsa ular xuddi shundayligicha hech o‘zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o‘zgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya hodisasini bir biridan farq qilish mumkin. 1.Qo‘zg‘atuvchining davomli ta’sir jarayonida sezgilarning tula yuqolishi tarzidagi adaptatsiya. 2. Yuqorida ta’sirlangan hodisalarga yaqin bo‘lgan boshqa hodisalarni ham adaptatsiya deb yuritiladi. Bunda kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilar zaiflashadi. Masalan, kulni muzday suvga tutib to‘rgan paytda sovuq qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Ko‘rish sezgilarining intensiv yoruglik qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishidan iborat bo‘lgan bu hodisani yorug‘lik adaptatsiyasi deb yuritiladi. 3.Nihoyat sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘ladigan ortishini ham adaptatsiya deb yuritiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptatsiyaning bu xilini pozitiv adaptatsiya deb tariflash mumkin. Ko‘rish analizatorida pozitiv adaptatsiya korongulik adaptatsiyasi deb yuritiladi. U qorong‘u joyda bo‘lish ta’siri ostida ko‘rish sezgirligining ortishi bilan ifodalanadi. Sezgi organlarining qo‘zg‘otilishi ta’siri ostida analizator sezgirligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Sensibilizatsiya – analizatorning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishini sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o‘zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlari joylashgan bosh miya pustidagi qo‘zg‘alishning irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlaridir. Sinesteziya – sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir turdagi hodisada namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchining biron analizatorga ta’siri bilan boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini sinesteziya deyiladi. Sezgirlik va mashq. Sezgi organlarining sensibilizatsiyasi faqat yordamchi qo‘zg‘atuvchilarni kulanish bilangina sodir bo‘lib qolmay balki mashq qilish yuli bilan ham sodir bo‘ladi. Sezgi organlarining mashq kildirish va ularni takomillashtirish imkoniyati juda kattadir. Sezgi organlarining sezgirligini oshirishnini ikki sohaga bolish mumkin. 1.Sezgi a’zolarining nuqsonini qoplashga stixiyali tarzda olib keladigan sensibilizatsiya ko‘rlik, karlik va hokazo nuqsonlar 2.Faoliyat mazmuni hamda odam kasbining maxsus talablari bilan yuzaga keltirilgan sensibilizatsiya. Sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi chegarasini o‘zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‘rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqdanadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko‘p turliligi materiya harakati shakllarining turli - tumanliligining aks ettirishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqsoriy tavsifidan iborat bo‘lib, ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling