Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 1.96 Mb.
bet38/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

Ehtiros odamni ijodiy faoliyatga undovchi kuchdir. Ilm-fan, san’at, musiqa, sport sohasida kuchli ehtirosga ega bo‘lgan odam albatta katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ehtiros bilan ishlaganda odam vaqtning ham o‘tganini va charchaganini ham mutlaqo sezmaydi. Shuning uchun ham ehtirosning inson hayotidagi roli g‘oyat kattadir.

Biroq ehtirosning salbiy, ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan turlari ham bo‘ladi. Masalan, ichishga ehtiros qo‘yish, qimorga ehtiros qo‘yish, xususiy mulk orttirishga ehtiros qo‘yish kabilar. Ana shunday salbiy ehtiroslarga qarshi kurash olib borish va tushuntirish yo‘li bilan odamlarni halokatdan saqlab qolish kerak. Haqiqiy ehtiros bolaning maktab yoshidan boshlab ko‘rina boshlaydi.


Irodaviy harakatlarning asosiy momentlari.
Irodaviy harakatlar ilgaridan belgilangan qat’iy maqsad asosida amalga oshirilar ekan, demak, har qanday irodaviy harakatlar ma’lum bir maqsadni qo‘yishdan, ya’ni maqsadni belgilashdan boshlanadi. Maqsd aniqlanib, shu maqsadga erishtiruvchi yo‘l-yo‘riqlar belgilangandan so‘ng odam ma’lum qarorga keladi. Irodaning kuchliligi, mustahkamligi qabul qilingan qarorni ijro etishda ko‘rinadi.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatyaari qo‘yvdagilaradn iborat:
a) iroda kuchnining namoyon bo‘lishi maqsadning aniqligiga bog‘liq;
b) har qanday irodaviy kuch va sababga asoslanadi;
i) maqsadni amalga oshirish jarayonidagi ongli harakatlar ta’sirvda iroda o‘sadi;
g) irodaviy sifatlar xohish va istakka bog‘liqdir;
a) shaxs mehnatining, faoliyatining takrorlanishi va rag‘batlantirilishi undagi irodaviy faoliyatni yanda oshiradi.
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarning umumiy xulosasi sifatida irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kishining aniq maqsadni bajarishga qaratilgan ongli harakatlarining kuchli ifodasi iroda deb aytiladi.
Demak, irodaning kuchliligi qabul qilingan qarorni qat’iyatlik bilan amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Irodaviy harakatlarning odamdan zo‘r kuch talab qiladigan tomoni shundaki, biror maqsadni belgilashda, shu maqsadni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlashda va qarorga kelish hamda qarorni ijro etishda motivlar kurashi paydo bo‘ladi. Motiv-kishini harakatga undovchi kuch degan ma’noni bildiradi. Irodasi kuchli odamlar motivlar ko‘rashini qat’iyatlik bilan tez hal qiladi, aksincha, irodasi bo‘sh odamlar motivlar kurashini cho‘zib yuboradi yoki mustaqil ravishda hal qila olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda odam yo‘liqadigan qarshiliklar har xil bo‘ladi. Masalan, ichki qarshiliklar va tashqi qarshiliklar. Ichki qarshiliklar odamning o‘ziga xos bo‘lgan, uning ichki dunyosiga xos bo‘lgan qarshiliklardir. Chunonchi, har kuni ertalab azonda soat 7 da turib, yuvinib, choy ichib, o‘qishga kechikmay yetib kelish kerak. Ayrim irodasi bo‘sh odamlar ana shuni uddasidan chiqa olmaydi.
Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o‘zi bilan emas, balki shu harakatni amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, fermerlarimiz ob-havoning noqulay kelishiga qaramay, ya’ni jala, sel vasuv toshqinliklarini yengib, paxtadan yuqori hosil yetkazmoqdalar.
Odamning irodasi bir qancha sifatlarga egadir. Masalan, irodaning ijobiy sifatlari-qat’iyatlik, dadillik, mustaqillik va o‘zini tuta bilish kabilardan iborat. Irodaning salbiy sifatlari esa-qat’iyatsizlik, ikkilanishlik, mustaqilsizlik, o‘zini tuta olmaslik kabilardan iboratdir.
Irodaning ana shu sifatlari amalga tug‘ma ravishda berilmaydi. Irodaning barcha sifatlari bolalarga uzoq vaqt davomida sistemali tarzda beriladigan ta’lim va tarbiyaning natijasidir. Shuning uchun odam har doim o‘zining imkoniyatlarini hisobga olgan holda biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi kerak.
Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo‘lgan jamoaning katta roli bor. Shaxs o‘zining mahkam bog‘langan deb his qiladigan jamoada o‘zi uchun ibratli hatti-harakatlari namunalarini kiradi. Har qanday uyushgan jamoa o‘z a’zolari oldiga o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish, o‘rtoqlari va do‘stlariga nisbatan mehribonlik, g‘amxo‘rlik qilish, o‘z jamoasiga dog‘ tushirmaslikka intilish talablarini qo‘yadi. Bularning hammasi jamoa a’zosini shunday vaziyatga soladiki, u o‘zgalarning ta’siriga berilmaslik uchun qarorga kelishga, o‘zini mustaqil ko‘rsatishga, o‘zini tuta bilishga harakat qiladi.
Shaxs shu tarzda o‘z jamoasining topshiriqlarini, talablarini bajarishga va bu hol o‘z hayotida unda mustaqillik prinsipiallik, tashabbuskorlik kabi ijobiy sifatlarning barqaror tarkib topishiga olib keladi.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling