Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Hissiyot yoki tuyg‘u - emotsiya haqida tushuncha.Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari


Download 1.96 Mb.
bet37/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

Hissiyot yoki tuyg‘u - emotsiya haqida tushuncha.Hissiyotning nerv-fiziologik asoslari.
Hissiyot deb tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo‘ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Hissiyotlar, odatda, juft-juft bo‘lib uchraydi. Masalan, yoqimli-yoqimsiz, xush-noxush, xursand-xafa, shodlik- g‘azab, muhabbat-nafrat kabi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa psixik jarayonlardan farq qila o‘laroq bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda, hissiyotlar vegetativ nerv sistemasining faoliyati bilan bog‘liqdir. Hissiyot vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan ichki a’zolarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi.
Odamda har turli hissiy holatlar bo‘lishi mumkin. Bunga sabab hissiyotlarning turlicha tezlik bilan yuzaga kelishi va ma’lum muddat davomida saqlanib turishidir. Ana shu jihatdan olganda odamda bir necha hissiy holatlarni farqlash mumkin. Hissiyotlarnint tezligi, ko‘chi, barqaror yoki beqarorligi va chuqurligi nuqtai nazaridan emotsional holatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Kayfiyat
Affekt
Ehtiros
Ruhlanish
Kayfiyat uzoq muddatli, o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan ruxny holatdir. Odamdagi hursandlik yoki g‘amginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi. Shaxsning o‘z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi. Muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik ruhiy tushkunlik g‘amginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining, ruhiy tushkunligi gamginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo‘lgan odamlar o‘z kayfiyatlarini boshqara oladilar. Hamma vaqt ularning ruhi tetik dimog‘i choq bo‘lib yuradi. Ular o‘z kayfiyatlarining quli bo‘lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo‘lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi. Ular kayfiyatning ko‘rinishlarini azob va qiynoq bilan o‘tkazadilar. Tez paydo bo‘ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat a f f e k t dir. Odam affekt holatida o‘zini bilmay qoladi, hatti - harakatlarini nazorat qila olmaydi. To‘satdan yo‘z beradigan kuchli tarzdagi qo‘rquvga, g‘azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt holatidir. Bu holat odamda to‘satdan paydo bo‘lib, ba’zan hatto bir necha minut davom etadi. Odamdagi bu holat baqirish - chaqirish, hayqirish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi. Nutq keskin ravishda buziladi. Ba’zi hollarda affekt holati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yo‘z beradi. Organizm bo‘shashadi. odam o‘zini tuta olmaydi. Mustahkam irodali odamlar affekt holatida ham o‘zlarini tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch holatlarini osonlik bilan o‘tkazadilar. Ular affekt holatiga kam beriluvchi bo‘ladilar. Qizg‘in temperamentli odamlar, ayniqsa affekt holatiga beriluvchan bo‘ladilar. Ehtiroslar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘ladilar. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo‘lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichilikbozlikka, qimorga, k:artabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo‘lgan ehtiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy mohiyatga ega bo‘lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruhlanishdir. Odam faoliyatining muvaffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho, uni rag‘batlantirish ham odamning ruhini ko‘taradi, tetiklashtiradi.Odamning hayotida kayfiyatning roli juda ham kattadir. Chunki kayfiyati hamisha tetik, normal bo‘lgan odamlarning ishlari ham unumli, barakali bo‘ladi. Affekt to‘satdan paydo bo‘lib, tez orada o‘tib ketadigan nihoyatda kuchli hissiy holatdir. Affekt holati yo‘z bergan paytda odamning ongi xiralashib, fikr qilish qobiliyati susayadi. Affekt holatidagi harakatlar birdaniga boshlanib ketadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, affekt paytida ham odam ongini yo‘qotib qo‘ymasligi, o‘z harakatlarini ongli idora qilishi kerak. Ehtiros uzoq davom etadigan, anchagina kuchli hissiy holatdir. Ehtiros ba’zan bir umrga davom etishi mumkin. Ehtirosning ko‘tarinki kayfiyatdan farqi shuki, ehtiros hamisha biror obyektga, ya’ni ilm egallashga, san’atning ma’lum bir turiga, sportga va shu kabilarga qaratilgan bo‘ladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling