Ko’p qavatli turar-joy binolarini arxitekturaviy loyihalash


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi2 Mb.
#1052016
  1   2   3
Bog'liq
Ko’p qavatli turar joy binolarini arxitekturaviy loyihalash



Ko’p qavatli turar-joy binolarini
arxitekturaviy loyihalash
Тузувчи: Юсуфов С.А.


Shaharlardagi
yashash
hududlarining
tanqisligi
tufayli
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari markazlari, mamlakat poytaxti va
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlarida vaqt o‘tishi bilan aholini
urbanizatsiyalashgan (jamlangan) holda joylashtiradigan turar – joy
binolarining asosiy tiplarini ko‘p qavatli (liftli) yashash uylari tashkil eta
boshlaydi.
Bunday
uylarning
keng
ko‘lamda qo‘llanishi yashash
hududlaridan
va
injenerlik
kommunikatsiyalaridan
yetarli
darajada
samarali foydalanish imkonini beradi. Uylarning bunday tipi, ya’ni ko‘p
qavatli turar joy binolarining arxitekturaviy rejasining turli tuman ekani,
hajmiy – obrazli va konstruktiv yechimlari bo‘yicha, Markaziy Osiyo
regionida yetarlicha keng tarqalgan. Ular foydalanish uchun iqtisodiy
tejamkor, hududdan ratsional foydalanishda samarador va turli sonli va
demografik tarkibga ega bo‘lgan oilalarning mamlakatning murakkab
iqlim va seysmik (7 – 9 ball) rayonlarida yashashlari uchun fazoviy –
rejaviy parametrlari bo‘yicha me’yoriy sanitariya – gigiyenik va komfort
sharoitlarni ancha uzoq bo‘lgan muddatga ta’minlab beradi. Shu bilan bir
vaqtning o‘zida ko‘p qavatli yashash uylarning qurilishi yirik shaharlarda
ko‘rkam fazoviy kompozitsiyalarni yaratish va o‘sib borayotgan
Respublika aholisini joylashtirish imkonini beradi.


Ko‘p qavatli turar-uylarning katta guruhini umumiy tipologik xususiyat
birlashtiradi ularda asosiy xonadondan tashqaridagi vertikal kommunikatsiya
vazifasini liftlar bajaradi. Lift bo‘lgani bilan zinapoya o‘rniga o‘tmaydi, zinapoya
vertikal yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘p qavatli turar uy- joylariga 6
qavatdan 9 qavatgacha bo‘lgan uylar kiradi.
9-16 qavatli turar-uylar baland qavatli uylar turiga kirib, eng yaxshi
iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega hamda, ularda yashash uchun yetarlicha yuqori
qulay sharoit yaratish mumkin. Bunday qavatli uylar yirik va yirikroq shaharlarda,
hamda turar-uy fondining yuqori zichligi iqtisodiy jihatdan zarur bo‘lgan
hududlarda quriladi. Baland qavatli turar joy uylari keyingi yillarda O‘zbekistonda
ham qurigan. Bu uylar qurilishida yyer maydonini tejash jihatidan ancha qulaydir.
Ko‘p qavatli uylardan farqi shuki, bu uylarda kamida 2 ta lift o‘rnatilgan bo‘lishi
shart (odam tashiydigan va yuk tashiydigan) bo‘lib, bir seksiyaga va blokka juda
baland uylarda tez yuradigan liftlar o‘rnatiladi.
Ko‘p qavatli uylarda zinapoya qurilishiga katta ahamiyat berish lozim.
Yong‘indan, yer qimirlash chidamligiga e’tibor berish kerak, ya’ni zinapoya
mustahkam va chidamli materialdan qurilgan bo‘lib, dimiqmaydigan zinapoya
bo‘lishi kerak. Zinapoya maydonidan uning ikki tomoniga chiqadigai ochiq yo‘l
bo‘lishi shart. Me’yor bo‘yicha zinapoya maydoni isitilishi shart emas, lekin
qulaylik bo‘lishi uchun iloji bo‘lsa isitish kerak. Zinapoyalardan tashqari ko‘p
qavatli turar joylarda boshqa chiqib ketish yo‘llarini, ya’ni ikki qo‘shni orasidagi
balkonlar yoki ayvonlar orqali bir - biridan o‘tadigan yo‘lni ham e’tiborga olish
kerak. Zinapoya-lift tugunlari haqida yuqoridagi boblarda batafsil yozilgan



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling