Ko’p qavatli turar-joy binolarini arxitekturaviy loyihalash
Ko‘p qavatli turar joy binolarining turlari
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Ko’p qavatli turar joy binolarini arxitekturaviy loyihalash
Ko‘p qavatli turar joy binolarining turlari
Ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishida ayniqsa ko‘p tavsiya etiladiganlari seksiyali, galereya-seksiyali turkumdir. Bu turkum universal bo‘lib, ko‘p xonali va kam xonali xonadonlarni to‘liq yechishga, iqtisodiy tomondan ham yutish mumkin. Ko‘p qavatli uylarning uzunligi ko‘p masofani egallashi bilan birga anchagina joyga o‘z soyasi bilan xalaqit beradi, shuning uchun uzunligini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Bularni e’tiborga olsak, bitta seksiyali uy ko‘proq to‘g‘ri keladi. Bir-ikki seksiyali uylar optimal variant hisoblanadi. Bu tipdagi uylar dahalarni har xil ko‘rinishga olib keladi va dahalarda kam qavatli uylar va o‘rta qavatli uylar orasida joylashtiriladi. Yerdan bog‘liqligi uzilishi tufayli bunday uylardagi yozgi xonalarga katta e’tibor berish talab etiladi, ya’ni ularni maydoni ancha katta bo‘lishi shart. Shaxsiy yozgi xonalardan tashqari umumiy yozgi xonalar bo‘lishi kerak. Ularning maydonlarini ko‘paytirib har xil gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish kichik bog‘chalar hosil qilish kerak, ikki balandlik ayvonlar, ya’ni ular ikki qavatli balandlikka ega bo‘lib, hovlilar bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘kalamzorlashtirishni afzalligi shundan iboratki, ular xonadonni ko‘chadan to‘sib turadi. Yana har xil chang va tovushlardan asrab turadi. Tekis tom ustidagi ochiq maydonlar umumiy maydonlarga aylanib qolishi mumkin, bundan tashqari shu uyda yashovchi kishilarning dam oladigan joyiga aylanadi. Tekis tomlarni ko‘kalamzorlashtirish tomlarni yozda isib ketishdan saqlaydi va xonadonlarning havosini ancha pasaytiradi. Ko‘p qavatli uylarda kelajak dasturida ochiq qavatlar yoki umumiy foydalanish uchun har xil maqsadni ko‘zlab, uyning bir tarafida ochiq yozgi ayvonlar qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Ko‘p qavatli va baland qavatli uylarning qurilishida asosiy talab, ishlatiladigan materiallarning og‘irligi va qurilmalarni iloji boricha kamaytirishdan iborat. Bu ayniqsa, zilzila tez-tez bo‘ladigan joyda ahamiyatlidir. Shuning uchun ko‘p qavatli uylarda sinch panelli qurilma, engillashtirilgan panellar ishlatiladi. Ularni har xil usulda joylashtirish mumkin, buning oqibatida me’moriy ko‘rinish ancha boyiydi. Keyingi paytda bunday uylarning ko‘pchiligini Sergeli dahalarida juda ko‘p uchratish mumkin. Hozirgi paytda ko‘pgina uylar quyma temir-betondan qurilyapti. Bunday uylarda faqat to‘g‘ri shakl emas, balki boshqa har-xil shakllarni ham ishlatish mumkin, bu esa me’moriy ko‘rinishni boyitadi va bino juda katta zilzilaga bardosh bera oladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling