Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 1.33 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1026601
Bog'liq
Hisobot,


BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA instituti
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
Milliy ģoya,ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yönalishi
1-bosqich talabasi Istamova Shaxnozaning
"Hisobot" mavzusida tayyorlagan
mustaqil ishi.
Mavzu:Hisobot,
Reja:
  • Hisobot haqida ma’lumot.
  • Hisobot tayyorlash usullari
  • Ish qoģozlari yuritishning usullari

Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo’llanadi. Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma hujjatiga o’xshaydi.
Uning zaruriy qismlari.
  • Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo’lim yoki shaxs tomonidan berilyapti.
  • Hujjatning nomi (Hisobot).
  • Hisobot matni.
  • Lavozimi, ismi va otasining bosh harflari, familiyasi, imzo.
  • Sana.
  • Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.

Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig’ini bajarish bajarish bo’yicha hisobotlar ma’lum davr ishlari bo’yicha hisobotlar qisman farq qiladi.
HISOBOT
Xo‘jalik tasarrufidagi ekin ekiladigan 100 gektar yerga yil boshida 10 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi. Shundan 8 tur ekin ekildi. Ikki turi — ukrop va kashnich sharoit yo‘qligi tufayli ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o‘rniga 2030 tonna sabzavot mahsulotlari olindi. 3 gektar tokzorda 90 tonna xo‘raki| uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, pomidor, piyoz, sabzi gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda bu yil 2-3 tonna ko‘proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam olindi.
Hujjatlar matnining xoslik, aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqliklardan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o’ziga xos uslubi undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’minlanadi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llanadi
Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisobkitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi. Balans H., moliyaviy H. va statistik H., xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatida muxim ahamiyatga ega. Balans H.i — kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shakli boʻlib, muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapi-tal qoʻyilmalar yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikki tomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi (aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi (passiv)da kapi-tal manbalari koʻrsatiladi.
Aktivda asosiy va aylanma kapital koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarish-da, filiallar ishini nazorat qilishda foydalaniladi. Tashqi balans tashqi xisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va yuqori rahbarlik organlariga, fond birjalariga taq-dim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans).
Kompaniyalarning moliyaviy Hisobot hisobot topshirishning majburiy shakli. Unga quyida-gilar kiradi: kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kom-paniya paychilari yoki aksiyadorlari eʼtiboriga havola etiladigan yillik dokladi.
Korxonalarning statistik hisoboti iqtisodiyotdagi ayrim boʻgʻinlarning ish koʻrsatkichlarini jamlash orqali tarmoqlar, mintaqalar va mamlakat iqtisodiy faoliyatining statistik koʻrsatkichlarini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
E’TIBORINGIZ UHUN RAHMAT
Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling