Buxoro davlat pedagogika instituti tillar fakulteti


Download 146.38 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi146.38 Kb.
#1242563
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2- kurslar uchun malakaviy amaliyot


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TILLAR FAKULTETI
XORIJIY TILLAR” KAFEDRASI

Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
_____________ E.M.Muxtorov
“ ____”_____________ 2022 yil













60111800-“Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
60112600-“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiytil”
MALAKAVIY AMALIYOT
dasturi

(2-kurs talabalari uchun)



Buxoro - 2022


TUZUVChI:



Baxronova.M.A -Xorijiy tillar kafedrasi oʼqituvchisi

TАQRIZChILАR:

Аxmedova M.B., Ingliz adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD

BuxDUPI Tillar fakulteti dekani:

2022 yil “_____” ___________ ___________ D.A.Tosheva
(imzo)

Xorijiy tillar kafedrasi mudiri:



2022 yil “_____”____________ ____________ N.A. Kadirova
(imzo)

Kirish

Ushbu dastur talabalarni yurtimizdagi tarixiy yodgorliklarni, diqqatga sazovor joylarni chuqur o‘rganishi bo‘yicha maʼlumot beradi.


Mazkur dasturda bu amaliyotni o‘tishdan maqsad va vazifalar talabalar bilimiga, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar malakaviy amaliyot davrida tanishish va borib ko‘rish mumkin bo‘lgan joylar haqida maʼlumotlar, qo‘llaniladigan vositalar o‘rin olgan.
Malakaviy amaliyotning o‘tishdan maqsad va vazifalar
Chet tilini o‘rganish barobarida xorijdan kelayotgan mehmonlarga va internet tarmoqlari orqali mamlakatimiz tarixiy joylari to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilmoqda. Shu bilan birga chet tillarni o‘qitish barobarida Vatanga, xalqqa muxabbat uyg‘otish kabi tarbiyaviy yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan. Malakaviy amaliyot davrida darsdan tashqari va mustaqil holda adabiyotlarni o‘qib, ulardan amalda foydalanishni o‘rganishlari kerak. Malakaviy amaliyotning o‘tishning asosiy maqsadi – talabalarga nafaqat zamonaviy adabiy ingliz tilini o‘rgatish, vaholanki, ularni og‘zaki nutqini o‘stirish, olgan bilimlarini pedagogik faoliyat davrida va tarjimada qo‘llashdan iborat. Аyniqsa nutqiy so‘zlashuv ijtimoiy-madaniy kommunikativ muloqot malakalarini takomillashtirish bilan bir qatorda ingliz tilining funktsional shakllari va uslublarini egallash, o‘rganilayotgan til toʼgʼrisida nazariy bilimlarni kasbiy yo‘nalish bo‘yicha va ish faoliyatida ilmiy izlanishlar olib borish uchun amalda qo‘llay olishni o‘rgatishdir. Shuningdek, talabalarning o‘quv jarayoni davomida olgan nazariy bilimlarini davlat va nodavlat tashkilotlari, idora, korxona hamda o‘quv yurtlarida amaliyotga tadbiq etish, hamda talabalarda shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish va rivojlantirish malakaviy amaliyotning o‘tishning maqsadi xisoblanadi.
Vazifalari:
- tanlangan soha bo‘yicha faoliyat yuritishning kasbiy asoslarini egallash;
- turli korxona, tashkilotlarda (xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan) lisoniy amaliyot tajribalari bilan tanishish;
- ingliz tili fanidan didaktik materiallar va informatsion texnologiyalarni tayyorlash hamda amaliyotga tadbiq etish.
Kutiladigan natijalar:
Malakaviy amaliyot oxirida talabalar:
- ingliz tili fanidan didaktik materiallar va informatsion texnologiyalarni tayyorlab amaliyotga tadbiq eta oladi;
- tanlangan soha bo‘yicha faoliyat yuritishning kasbiy asoslariga ega bo‘ladi;
- turli korxona, tashkilotlarning (xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan) lisoniy amaliyot tajribalari bilan tanish bo‘ladi.
- o‘rta umumtaʼlim va kasb hunar taʼlimi o‘quv yurtlarida ingliz tili fani bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qila oladi;
- chet tili va boshqa fanlardan yetakchi o‘qituvchilarning darslarini kuzatib tahlil qiladi va o‘z munosabatini bildira oladi;
- Malakaviy amaliyotning asosiy qismi (20%) taʼlim muassasalarida, qolgan qismi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarida (80%) oʼtkaziladi va o‘quv dasturda amaliyotni dekabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur dastur quyidagilarni takomillashtirishda o‘z hissasini qo‘shadi:
►talabalar: og‘zaki va yozma muloqot hamda til ko‘nikmalarini rivojlantiradi; shaxslararo muloqot madaniyati va kommunikativ kompetentsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi; turli korxona, tashkilotlarning (xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qiladigan) lisoniy amaliyot tajribalari bilan tanish bo‘ladi; tahlil qilish va tanqidiy fikrlash hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
►o‘qituvchilar: malakaviy amaliyotning asosiy qismi, unga ajratilgan soat va boshqa barcha kerakli maʼlumotlarni o‘zida mujassam etgan, loyiha mahsuli sifatida yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv dasturdan foydalanishadi;
►institut: zamonaviy multimediya texnologiyalariga ega bo‘ladi va talabalar ushbu texnologiyalardan foydalanib, malakaviy amaliyot hisobotlarini taqdimot shaklida topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; talabalar, o‘qituvchilar va boshqa taʼlim muassasalari orasida bilim va ko‘nikmalar almashish imkoniyatlari ochiladi; o‘qitish metodikasi til o‘rganish strategiyalari, dars o‘tish sifati va kasbiy rivojlanishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Download 146.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling