Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

 2. Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash 
Inson onadan tug‘ilib, olamga kelgan chog‘idanoq tabiat 
ehsonidan bahramand bo‘ladi. Ilk bor havodan to‘yib nafas oladi. 
Odamzot o‘sib-unish uchun oziq-ovqat, suv, quyosh, harorati juda 
zarur bo‘lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Tabiat musaffo 
bo‘lsa, odam ham sog‘lom, baquvvat o‘sadi.
Odam har nafas olganda uning o‘pkasiga yarim litrgacha havo 
kiradi. Odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi yoki tanaga 8-9 litr 
havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming litrdan ortadi. 
Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va zarur tabiat in’omidir. 
Havoga muntazam ravishda aralashib turadigan iflos chang o‘pkada 
gaz almashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu insonning sog‘lig‘ini 
bora-bora izdan chiqarib, turli xastaliklarni vujudga keltiradi.
Tabiat shunday odil mo‘jizaki, atrof-muhitni muvozanatga 
keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o‘simliklar 
yutib, uni kislorodga aylantiradi, demak o‘simliklar dunyosi, ramziy 
ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan tozalab 
beruvchi bebaho vositadir. Bunday inson o‘z atrofini o‘rab turgan 
tabiatni, uning o‘simliklar dunyosini ko‘z qorachig‘iday asrabgina 
qolmay, uni boyitishi, qo‘lidan kelganicha ko‘proq daraxt ekishi, 
ko‘kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa chiqadi. Shuning 
uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog‘-rog‘ yaratishni savobli ish 
deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi 
obod bo‘ladi, deb bejiz aytishmagan.
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi xususida 
quyidagilar aytilgan: “Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan 
paytda, behosdan qiyomat qoim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, 
ulgursangiz, uni ekib qo‘ying”.
Inson ehtiyoji uchun zarur 
bo‘lgan suv, oziq-ovqat mahsu-
lotlari, kiyim-kechak ham tabiat-
dan olinadi, hattoki insonning 
xastalikdan qutulishi, salomatligini 
tiklashi uchun tabiatga munosabat 
odobini tarbiyalash zarur bo‘lgan 
dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar va 


185 
ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo 
bo‘lmaganday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q. 
Ularning hammasi hayot uchun zarur.
Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarning kesib 
yuborilishi, qush va hayvonlarning shafqatsizlik bilan ovlab yo‘q 
qilinishi tabiat muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo‘ldi va 
bo‘lmoqda.
Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer 
yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun 
quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo‘lsa, ona zamin ham 
shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o‘z qo‘lidadir.
Atrof-muhitning tozaligini ta’minlash o‘zimizga bog‘liq, biz 
katta-yu yosh toza havodan bahramand bo‘lish uchun shahrimizga 
ko‘chat ekib, ko‘kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini saqlasak, 
o‘zimizning sog‘lig‘imizni saqlagan bo‘lamiz.
Bahor faslida ko‘chat ekish oyligi o‘tkaziladi. Shunday ekan, 
nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib o‘stirish 
har bir o‘quvchi va kattalarning insoniy burchidir.
O‘zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, 
chiroyiga chiroy, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shishi odatlari bor. Inson 
tabiatdagi har bir giyoh, o‘t-alaf, dov-daraxt, parranda-darrandalarni, 
olamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biladi.
Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so‘lim daraxtzorlarni, 
qoya-g‘orlarni, xosiyatli o‘t-o‘lanlarni, gul-giyohlarni muqaddas bilib 
asrashga, niyati nорок kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti 
qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer 
yuzidagi o‘simliklarni ko‘paytirishga hissa qo‘shishi, kamaytirishdan 
o‘zini tiyishi lozim. O‘simliklarni ko‘paytirishning birdan bir yo‘li 
mevali va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko‘proq ekishdir. Ularni 
parvarish qilish, bog‘-rog‘lar yaratish har bir inson uchun xayrli ish 
bo‘lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog‘ yaratgan 
odamlarni hech qachon esidan chiqarmaydi. Go‘zal bog‘lar yaratish, 
yurtni gullar bilan burkash qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri 
bo‘lib kelgan.
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma 
yodgorliklaridan biri Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida 
Amir Temurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon qilinishi 


186 
bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida O‘rta Osiyodagi 
madaniy hayotga doir bir qancha noyob ma’lumotlar ham keltirilgan.
Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat nigohi bilan yaratilgan bog‘-
rog‘lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni, 
ko‘hna Urganch, Xivani bezab, yer yuziga zeb berib turibdi. Bu nodir 
obidalar bobokalonlarimiz el-yurt obodonchiligiga alohida e’tibor 
qilganliklaridan dalolat beradi. 
“Zafarnoma”da Sohibqiron Amir Temur tomonidan barpo etilgan 
“Bog‘i shamol”, “Bog‘i dilkusho”, “Shahrisabz qo‘rg‘oni” va Oqsaroy 
kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o‘tmish ajdodlarimizdan 
bizgacha urf-odat bo‘lib yetib kelgan obodonchilik ishlaridan hozirgi 
yoshlarni xabardor etish, ularni ana shu ishlar misolida tarbiyalashdir. Ular 
ham Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy 
kabi el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o‘g‘il-qizlar, 
oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muruvvatli kishilar bo‘lib yetishsinlar. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling