Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/117
Sana26.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1688373
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Bog'liq
2023.Darslik N.T.Tosheva

 
 


172 
IX. 5. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi. Dastlab Konstitutsiya o‘zi nima, nima uchun u 
Respublikamizning bosh qomusi hisoblanadi, uning mazmuni, mohi-
yati, inson va fuqarolarning asosiy holati to‘g‘risida tushuncha 
berilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan masalalar o‘z ifodasini topgan. Hamma huquqiy me’yorlar 
undan kelib chiqadi va unga bo‘ysunadi. 
“Konstitutsiya” so‘zi lotin tilida “Constitutio” so‘zidan kelib 
chiqib, “tuzish”, “o‘rnatish”, “belgilash” degan ma’nolarni anglatadi. 
Dastlab qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qonun 
asosida belgilangan bo‘lib, u o‘zining uzoq tarixiga ega. Jahonda 
birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 1831-yilda Belgiyada, 
1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqillikga 
erishganligining 
dastlabki yillarida o‘zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o‘zbek 
davlatchiligining rivojlanishiga asos bo‘ldi. Mustaqillikdan avval 
O‘zbekiston garchand suveren davlat deb atalgani bilan barcha 
masalalarni mustaqil hal eta olmagan. Konstitutsiyaning yaratilishi 
1990-yilning iyun oyidan boshlangan bo‘lib, bunda Respublikamiz 
olimlari, oliy kengash deputatlari, butun o‘zbek xalqi ishtirok etdi va 
xalq muhokamasidan o‘tib 1992-yil 8-dekabrda qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 
umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Qabul qilingan Konstitutsiya 
mustaqil respublikamizning birinchi asosiy qonuni hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning maqsadini, 
istagini, davlat suverenitetini, ijtimoiy va davlat tuzilishini, xalqaro 
munosabatlarni, inson va fuqarolarning huquqiy holatini, davlat 
organlarining vakolatlarini, saylov tizimi va boshqa muhim 
masalalarni o‘z ichiga olgan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi bilan tanishtirishdan maqsad o‘zi istiqomat qilayotgan 
davlati, xalq irodasi va uning manfaatlari, milliy davlat, uning 
ma’muriy-hududiy tuzilishi, milliy davlat ramzlari, fuqarolarning 
burch va majburiyatlari, unda istiqomat qiluvchi barcha millat va 


173 
elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, 
xalqimizning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, 
onalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilinishi, har kimning 
bilim olish va huquqlardan foydalanishi, jamiyat va davlat hayotining 
eng muhim masalalari saylov, referendum, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, inson erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari to‘g‘risida tushuncha berish orqali bolalarga huquqiy ta’lim 
va tarbiya berishdan iborat.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga ta’lim-
tarbiya berish “Ilk qadam” dasturi asosida olib boriladi. Bolalarga 
huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan o‘rta guruhdan (3-4 yosh) 
boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy 
tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani – O‘zbekiston 
haqida tasavvur uyg‘otish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbat 
tuyg‘usini uyg‘otish, o‘z shahar, qishloq, mahalla va ko‘chasi 
haqidagi bilimlarini kengaytirish, o‘zi yashash joyidagi me’morchilik 
yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg‘otish, ularning 
nomlarini to‘liq aytishga o‘rgatish vazifalari qo‘yiladi. 
Katta guruhda (4-5 yosh) bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati 
haqidagi tushunchalarini kengaytirish, Samarqand, Buxoro, Xiva va 
Toshkent shaharlari, “Buyuk Ipak yo‘li” haqida qisqacha ma’lumot 
berish, O‘zbekistonning mustaqilligi, gerbi, bayrog‘i, madhiyasi 
haqidagi bilimlari shakllantiriladi. O‘zbekiston madhiyasini ijro eta 
olishga o‘rgatiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 
boshqarilishi, O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri ekanligi 
haqida tushuncha beriladi. Bolalarning o‘z tug‘ilgan yurtiga mehr-
muhabbat hissini shakllantirish, milliy g‘ururni tarbiyalash, 
“Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh). Bolalarning mustaqil 
O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, O‘zbekistonning 
qadimiy shaharlari va Buyuk Ipak yo‘li haqida “Konstitutsiya saboq-
lari” asosida tushunchalar beriladi. O‘zbekiston Respublikasini 
himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi, tabiatga va atrof-
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanliklari, o‘z 
sha’ni, qadr-qimmati va erkinliklari to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarga 
ega bo‘ladilar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni 
Konstitutsiya bilan tanishtirishda eng asosiy g‘oya mustaqillik g‘oya-
larini aks ettirilishi hisoblanadi. Bunda “O‘zbekiston – mening 


174 
Vatanim”, “Konstitutsiya asosiy qomusimiz”, “Qonun muqaddas”, 
“Mustaqillik bayrami” mavzularida suhbatlar o‘tkazib, bolalarda 
dastlabki tasavvur va tushunchalar hosil qilinadi.
O‘zbekistonda davlat tili – o‘zbek tilidir degan modda bilan 
tanishtirish, tushunchalar berishda – “Til – millatning ulkan va bebaho 
boyligi” mavzusida suhbat o‘tkazish orqali davlat tili va uning qabul 
qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar beriladi. Ulug‘ bobomiz 
A.Navoiy o‘zbek tilining “asoschisi” haqida bilimlar, davlatimizda 
130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, ularning 
yashashi va o‘sib-ulg‘ayishi uchun hamma bilan teng sharoitlar 
yaratilganligi, bu millatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarining 
o‘zbek xalqi tomonidan hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi 
bo‘yicha o‘zi istagan tilda ta’lim olishlari mumkinligi to‘g‘risida 
tushuncha beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari Vatanimizning milliy 
g‘ururi, o‘zligimizni namoyon etuvchi, millatimiz sha’ni va obro‘sini 
butun jahonga namoyon etishdagi faxrimiz iftihorimizdir. Davlat 
ramzlaridan davlat bayrog‘i (1991-yil 18- noyabr), davlat gerbi (1992-
yil 2-dekabr), madhiya (1992- yil 10-dekabr) qabul qilinganligi, 
ularning tuzilishi, unda aks etgan ranglar va tas virlar, belgi va 
ishoralar bilan tanishtiriladi. Mujassam mashg‘ulotlar (nutq o‘stirish, 
tasviriy faoliyat, atrof olam) orqali tushunchalari kengaytiriladi, davlat 
madhiyasini baralla kuylab olishga o‘rgatib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti –Toshkent shahri. 
8-modda shaharning tarixiy, diqqatga sazovor joylari, ta’lim 
maskanlari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan, shuningdek, 
o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar, qishloq, mahalla va ko‘chalar, yashash 
joyidagi tarixiy, madaniy-ma’naviy yodgorlik, ularning nomlarini 
to‘liq aytishga o‘rgatib boriladi. Bunda “Ona shahrim – Toshkentim”, 
“Samarqand – qadimiy shahar”, “Buxoro shahri”," O‘zbek xalqining 
milliy san’ati”, “Xiva shahri”, “Buyuk Ipak yo‘li" "Mening 
mahallam” haqida suhbatlar o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni – O‘zbekiston xalqining 
millatidan qat’iy nazar, O‘zbekistonning fuqarolari tashkil etadi deb 
nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik, diniy yoki til jihatdan 
boshqa millatga mansub kishilar O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 
bo‘lsalar, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanishi, 
ularning o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish 


175 
va o‘z ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmaganligi haqida 
ma’lumot beriladi. 
– O‘zbekiston Respublikasi demokratik davlat bo‘lib, u 
umuminsoniy prinsiplar asosida unda yashayotgan har bir inson
uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, sha’ni va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyat bo‘lib hisoblanishi to‘g‘risida fikr yuritilganda, 
inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmati huquq va erkinliklariga 
nisbatan davlatimiz tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rlik, adolat va 
tinchlikni ta’kidlash, do‘stlik va birdamlik ruhida tarbiyalashni 
ta’minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risida 
tushuncha beriladi.
– Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan, har bir inson 
xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik 
huquqiga ega (31- modda),– degan moddani tushuntirishda davlatimiz 
har bir bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqini hurmat 
qilinishini ta’minlanishini, bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq 
holda din tanlash, vijdon erkinligiga, hamda erkin fikrlash huquqlariga 
ega ekanliklari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. O‘z dini yoki 
e’tiqodlarini targ‘ib qilish erkinligi faqat qonunda belgilangan hamda 
davlat xavfsizligi, jamoat tartibini, aholining ma’naviyati yoki 
sog‘lig‘ini saqlash yoki boshqa shaxslarning asosiy huquq va 
erkinliklarini himoya qilish uchun zarur hisoblangandagina chekla-
nishi mumkin.
– Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga egadir, – deyilgan 37-moddasini tushun-
tirishda bolalarda kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini 
uyg‘otish va tarbiyalash va umumlashtirish, ishlab chiqarish 
korxonalari, qurilish, dalalar va boshqa sohalarda qilinayotgan mehnat 
haqida bilimlarini takomillashtirish, o‘zbek xalqining milliy 
hunarmandchilik, duradgorlik mehnati bilan tanishtirish, tarbiyachi, 
enaga, oshpaz, bog‘bon va kasb egalari mehnatlariga nisbatan 
minnatdorchilik tuyg‘ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi, 
novvoy, oshpaz, o‘ymakor, haydovchi, o‘qituvchi, shifokor va boshqa 
kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday kasb egasi 
bo‘lishiariga zamin tayyorlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat 
qonunchiligida mehnat qilish huquqi 16 yoshdan deb belgilangan.


176 
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega 
(40-modda). Davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini 
takomillashgan xizmatlar turlari tashkil etganligi, bolalar eng yuqori 
darajadagi andozadagi tibbiy yordam olish huquqiga, sog‘liqni himoya 
qilish xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekanliklari haqida 
ma’lumot beriladi, Shuningdek, bola tug‘ilmasdan avvalgi ona va 
bolaga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, sharoitlar, va bolalar o’limini 
oldini olish chora-tadbirlari, tibbiy-sanitariya yordamini rivojiantirish 
omillari, bolalar to‘yimli ovqat va toza ichimlik suvi bilan 
ta’minlanishi, atrof- muhitni tozalash, tug‘ruq yoshidagi ayollarga 
ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik, yordam ishlari, maktabgacha ta’lim 
muassasasidagi bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, shifokor, 
hamshira ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot va tushunchalar berilishi 
lozim.
– Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish 
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat tomonidan 
nazoratidadir, – deb nomlangan 41-modda bilan tanishtirishda har bir 
bola ilm olish huquqiga egaligi hamma uchun teng imkoniyatlar 
yaratilganligi, bu jarayon maktabgacha ta’lim muassasalaridan 
boshlanganligi va quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi: 
– bepul va majburiy umumiy ta’lim;
– bepul o‘rta maxsus ta’lim.
Shuningdek, bola o‘z qobiliyatiga ko‘ra oliy ma’lumotli bo‘lish 
huquqiga ega. Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart-
sharoitlar yaratilganligi, o‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash, 
axborot 
texnologiyalarini 
ta’lim 
jarayonidagi 
natijasini 
ommalashtirish, bolalarning maktabga muntazam borishlari, maktab 
intizomi, bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmat qilish kabi 
huquqlari haqida tushuncha beriladi. “1-sentabr – Bilimlar kuni” deb 
bayram qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-
sinfga qadam qo‘ygan bolalar bepul o‘quv-qurollari bilan 
ta’minlanishi, kutubxonalar barcha manbalar bilan ta’minlanganligi 
to‘g‘risida fikr yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasining XI bobida fuqarolarning burchlari va majburiyatlari 
yoritilgan bo‘lib, bunda; – barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab 
qo‘yilgan burchlarini bajaradilar – deb nomlangan 47-moddada – 
maktabgacha yoshdagi bolalarga “burch” iborasining mazmuni bilan 
tanishtirishda o‘z Vatani, uning milliy an’analari va odatlariga hurmat 


177 
bilan qarash, odob bilan muloqotga kirisha olish (salomlashish, 
xayrlashish, minnatdorchilik bildirish), ota-onalari va Vatan oldidagi 
burchlarini his etish, ularga g‘amxo‘rlik va parvarish qilish kabi 
fazilatlarni o‘rgatishda tarbiyachi bolalarda muloyimlilik, e’tiborlilik, 
qat’iyat, sabrtoqat va o‘zaro mehrni tarbiyalashi, yuzaga chiqarishi 
lozim. Buning uchun “Ota-onaga hurmat”, “Burch”, “Yaxshilik”, 
“Mening majburiyatlarim” kabi mavzularda suhbatlar uyushtiriladi. 
– Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy 
merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari 
davlat muhofazasidadir (49-modda.) Bunda O‘zbekiston hududidagi 
tarixiy obidalar, qadimiy yodgorliklar haqida tushuncha beriladi. 
Bolalar qalbida o‘z xalqiga, uning boy merosiga hurmat va muhabbat 
tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarda: “Vatanimiz ziyoratgohlari”, 
“Shahidlar xotirasi maydoni”ga sayohat uyushtirilishi maqsadga 
muvofiqdir. Ma’naviy yodgorliklar o‘zbek xalqining og‘zaki ijodi 
namunalari 
asosida 
bolalar 
ongida 
bularni 
asrab 
avaylash 
tushunchalari tarbiyalanadi. Bola o‘zi yashayotgan shahar va 
qishlog‘i, ko‘chasidagi madaniy yodgorliklar haqida tasavvur hosil 
qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining hayoti va 
ijodi 
bilan 
tanishtiriladi. 
– Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar (50-modda). Yer, 
yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish, 
zarur va ular davlat muhofazasidadir (55-modda).
Bolalarda tabiatdagi go‘zallikdan zavq olishni tarbiyalash orqali 
ular ongida tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik, 
tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o‘t-o‘lanlarni bosmaslik, daraxt 
shoxlarini sindirmaslik, hayvon va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini 
buzmaslik va boshqalarni bolalar ongiga singdirish kerak. Bolalarda 
ekologik madaniyatni tarbiyalash, davlatimiz tomonida ekologiya va 
tabiatni muhofaza etish, “Suv va suvdan foydalanish”, “Yer osti 
boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona 
foydalanish”, “O‘simlik dunyosini muhofaza etish” borasidagi chora-
tadbirlar haqida tushuncha beriladi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni 
tashkil etishda: “Park” va “Bog‘cha”ga sayr, “Dunyodagi eng asosiy 
narsa suvning xususiyatlari bilan tanishtirish”, o‘simlik va hayvonlar 
haqidagi videoroliklar namoyish etish, “Qizil kitob” muhofaza ramzi 


178 
ekanligi haqida suhbat tashkil etish orqali tabiatga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari shakllantirib 
boriladi. 
– O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
– Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy va muqobil 
xizmatni o‘tashga majburdirlar, – deyilgan 52-moddada bolalarda 
harbiy qo‘shin, milliy armiya to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, ularga 
nisbatan qiziqish uyg‘otish orqali Vatan muhabbati va uni ko‘z 
qorachig‘idek saqlash hissi tarbiyalab boriladi.
Bolalarning millat tarixiga qiziqishini shakllantirish maqsadida 
Amir Temur – yirik davlat arbobi, mashhur sarkarda bo‘lganligi 
haqida ma’lumot berish. shuningdek, “14-yanvar – Vatan 
himoyachilari kuni”, “Jaloliddin Manguberdi”, “Ona yurt 
himoyachilari – milliy qahramonlarimiz” mavzularida suhbatlar 
tashkil etiladi. Bosh qomusimizda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan 
“Oilaga” maxsus bob ajratilgan bo‘lib, unda davlatimiz tomonidan 
oilaga, farzandlarga ko‘rsatilayotgan yordam, yetim bolalar va 
vasiylikka olingan bolalarga ularni boqish, tarbiyalash, o‘qitish 
jarayonlaridagi ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari, voyaga 
yetgan va mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida 
g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlari haqida tushuncha beriladi. Ya’ni, har 
bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, 
ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash 
huquqiga egadir.
Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi 
shartligi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning 
ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Bu modda bilan tanishtirishda 
bevosita “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va “Oila 
Kodeksi” dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi – 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – davlat boshlig‘i hisoblanadi va 
ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat uning markaziy 
bo‘g‘iniga, balki respublikaning barcha ijro etuvchi tizimiga rahbarlik 
qiladi. Davlat boshlig‘i sifatida u hokimiyatning barcha tarmoqlariga 
boshchilik qilib, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prezidentimiz 
davlatimiz tinchligi, obro‘si, shon-shavkatini butun jahonga 
tanitishdek ulkan mas’uliyatni amalga oshirayotgan, xalqimiz turmush 


179 
farovonligi, ulg‘ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek ulkan 
vazifalarni amalga oshirayotganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar 
berilishi lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish 
jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab 
berilgan qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo 
etishda yoshlarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, 
ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi.
Ma’lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni 
jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar 
ulg‘ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun 
barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo‘lib borishlari, hamda 
hayotning muhim yechimlari mas’uliyatini his qilgan holda ularni o‘z 
zimmalariga olishga tayyor bo‘lishlari lozim. 

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling