Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2023.Darslik N.T.Tosheva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi
VII bob. Ilovalarni o‘z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda
qo‘llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi. Dastur - muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydi. VIII bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davlat o‘quv dasturini amalga oshirishning resurs ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Minimal resurslar bilan ta’minlanganlik kun tartibi va yillik rejada ko‘zda tutilgan o‘yin, qiziqishlarga ko‘ra mashg‘ulot va loyihaviy faoliyatlarni amalga oshirishni ta’minlashi kerak. Shu bilan birga, ilovada keltirilgan resurslar bilan bir qatorda ushbu markazlar va rivojlantiruvchi muhitni bolalar, ota-onalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati mahsulotlari bilan jihozlash tavsiya etiladi; shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari zarur o‘quv va rivojlantiruvchi didaktik materiallarni yaratishda mahalliy hamjamiyat resurslari va o‘zlarining ijodiy qobiliyatlariga tayanishlari mumkin. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: 1. Maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; 2. Mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim; 3. Tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’min- langanligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivoj- lantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. “Ilk qadam” dastur nomining falsafiy mazmuni – bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go‘zallik, yaxshilik, 70 samimiylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari. Dasturning mazmuni ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling