Buxoro davlat pedagogika instituti
V. O‘quv amaliyoti ishlari mazmuni
Anorganik kimyo 2 - kurs. O\'quv dasturi.
3 |
VI. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Talaba bilishi kerak: Elementlarning xossalari va ularning davriy takrorlanishini, elementlar va ularning birikmalarini kashf qilinishi, kimyo fanlarining keyingi yutuqlari, kimyoning nazariy masalalari to‘g‘risida, jumladan atom va molekulalar tuzilishining oktava qoidasi talqinida, kimyoviy bog‘lanish to‘g‘risidagi tassavurning rivojlanishi va umumiy tavsifi, vodorod, gidridlar va ularning hossalari, s oila elementlarining olinishi fizik va kimyoviy hossalari, p oila elementlarining olinishi fizik va kimyoviy hossalari, d va f oila elementlarining olinishi fizik va kimyoviy hossalari haqida bilimga ega bo‘lishi (bilimga); D.I.Mendeleev davriy sistemasi, asosiy va qo‘shimcha guruhi elementlari oddiy va murakkab moddalarining tuzilishi, olinishi va xossalari, atom va molekulalar tuzilishi oktava nazariyalariga oid bilimlar va ularni amaliy masalalarni hal qilish, D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi asosiy va qo‘shimcha guruh elementlari oddiy va murakkab moddalarining tuzilishi, olinishi va xossalari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi. (ko‘nikma) kimyoning nazariy bilimlarini qo‘llash yordamida global kimyoviy muammolarni to‘g‘ri talqin qilish, kimyoviy moddalarning inson hayotida va hayotiy faoliyat havfsizligida munosib o‘rnini aniqlay olish, olgan nazariy bilimlaridan laboratoriya ishlarini bajarishda va hayotiy faoliyat jarayonida unumli foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka) | |||||
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling