Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo. Biologik kimyo kafedrasi


Download 0.72 Mb.
bet7/11
Sana08.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1177046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Потенциометрия лотин

DiffuziYa potensiali
Turli konsentratsiYadagi eritmalar bir-biriga tutashganda erigan modda kichik konsentratsiYali eritma tomoniga diffuziYalanadi. Elektrolitlar ionlarining diffuziYalanish tezligi turlicha bo‘lsa tezroq harakat qiladigan ionlar sekin-asta harakat kiladigan ionlardan oldinda bo‘lib qoladi. Turlicha zarYadlangan ionlarning go‘yo ikki oqimi hosil bo‘ladi. Buning natijasida birmuncha kam konsentrlangan eritma «tez harakatlanuvchi» ionlar zarYadining belgisi bo‘lgan potensialga, bir qadar kuchli konsentrlangan eritma esa «sekin harakatlanadigan» ionlar zarYadining belgisi bo‘lgan potensialga ega bo‘ladi (6.7-rasm) Eritmalarning ajralish chegarasida diffuziYa potensiali deb ataladigan potensial yuzaga keladi, bu potensial ionlarning harakat tezligini o‘rtacha holga keltiradi («tez harakatlanadigan ionlarni» sekinlashtiradi, «sekin harakatlanadiganlarni» tezlashtiradi).

6.7-rasm. Ionlar tezligining farqi hisobiga diffuziYa potensialining hosil bo`lishi: I – «tez harakatlanuvchi» ionlar, manfiy zarYadlangan; II– «sekin harakatlanubchi» ionlar, musbat zarYadlangan.
Sekin-asta diffuziYa jarayoni tugashi bilan (odatda 1-2 soat ichida) potensial qiymati nolgacha kamaYadi.
Har qanday galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchini o‘lchashda diffuziYa potensiali paydo bo‘ladi. U bilan bog‘liq bo‘lgan hatoni kamaytirish uchun elektrodlar KCl bilan to‘yintirilgan agar-agar ko‘prigi bilan tutashtiriladi. Kaliy va xlor ionlarining harakatchanligi deYarli bir xil, shuning uchun ular qo‘llanilganda turlicha zarYadlangan ionlarning harakat tezligi tenglashadi. Ayni vaqtda diffuziYa potensialining elementni elektr yurituvchi kuchiga zararli ta’siri ancha kamaYadi.
Membrana potensiali
Agar turli konsentratsiYadagi elektrolit eritmalari faqat bir turdagi ionlar o‘ta oladigan membrana bilan ajratib qo‘yilsa, membrana potensiali vujudga keladi. Ba’zi membranalarning bunday xossasining sababi shuki, membrana tarkibida faqat qarama-qarshi zarYadli ionlarni o`ziga tortib oladigan guruhlar mavjud bo`ladi. Masalan, erkin karboksil guruhlari bolgan Yarim o`tkazgich membrane manfiy zarYadlangan bo‘lib, faqat kationlarni o‘ziga tortadi va o‘tkazadi, anionlarni esa o‘zidan itaradi (6.8-rasm). Lekin shunday membranalar ham borki, ulardan faqat anionlar o‘tadi (masalan, eritrotsitlar qobig‘i). Bo`larda membrananing tanlab o‘tkazuvchanligi ma’lum darajada musbat zarYadlangan aminoguruh bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Membrana potensialining paydo bo‘lishi membrananing kimyoviy strukturasi va tuzilishigagina emas, balki ionlar kattaligi membrananing g`ovaklariga to‘g‘ri kelmasligiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sxemasi 6.8-rasmda keltirilgan membrana orqali kationlar harakat qiladi, shuning uchun bir qadar kam konsentrlangan eritma musbat zarYadlanadi. Paydo bo‘ladigan potensialning qiymati membrananing ikki tomonidagi elektrolit konsentratsiYalarining farqiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan bir tomonida 0,01 M KCl va ikkinchi tomonida 0,1M KCl eritmasini ajratib turgan kollodiydan Yasalgan membranada vujudga keladigan potensial 45—50 mv ni tashkil qiladi..
Membrana potensiallari ancha turg‘un bo‘ladi va bir necha oy mobaynida saqlanib turishi mumkin.

Fazalar orasidagi potensiallar membrana potensialiga ma’lum darajada o‘xshaydi. Agar membrana potensiali membranalarni tanlab o‘tkazishiga bog‘liq bo‘lgan ionlarning teng tarqalmasligi natijasida paydo bo‘lsa, fazalar orasidagi potensial paydo bo‘lishiga fazalar (masalan, ikkita o‘zaro aralashmaydigan suyuqliqlar Yaqinlashganda) orasidagi ionlarning turli fazada eruvchanligi turlicha bo‘lishi tufayli, ionlar tarqalishining turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling