Buxoro Davlat Universiteti 70230502- adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi Karimova Go`zal Ixtiyorovna tomonidan “Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J
Download 15.64 Kb.
|
tashqi taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi: Davlatova M.H.
Buxoro Davlat Universiteti 70230502- Adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabasi Karimova Go`zal Ixtiyorovna tomonidan “Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J.Tolkin asarlari namunasida” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga TAQRIZ Bugungi kunda chet tillarini o`rganish va uni hayotga tadbiq etish borasida juda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, barcha oliy ta`lim muassasalarida chet tillarini o`qitish sistemasini yanada takomillashtirish, yangi davlat standartini yaratish, dasturlar ishlab chiqish, ushbu dasturlar asosida darsliklarning yangi avlodlarini yaratib, ular asosida bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash vazifasi turadi. Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va foydanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Uning kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslangan, tadqiqot maqsadi va vazifalari hamda ob'ekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, dissertatsiya tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Dissertant oʻz oldiga aniq maqsad va vazifalarni belgilagan, ishning bunday tartibda yozilishi uning oʻz oldiga qoʻygan muammolar mohiyatining toʻgʻri hamda izchil hal etilishini taʼminlaydi. Dissertatsiyaning birinchi bobi “Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J.Tolkin asarlari namunasida ” deb nomlangan bo’lib, unda yozuvchining hayoti va ijodi haqida ma’lumot berilgan. J. Tolkin o’z zamonasining dolzarb muammolariga sezgir munosabatda bo’lishi haqida va ko'plab keyingi estetik kashfiyotlar va feministik mafkurachilarning tushunchalariga bo’lgan qiziqishi borasida aytib o’tilgan. Shopin ijodi Amerika adabiyotining milliy an’analariga asoslangan. Ishning ikkinchi bobi “ Ingliz adabiyotida feminizm davri va ayol obrazi tasviri” deb nomlangan bo’lib, bu bobda Ingliz adabiyotida feminizm davri va unga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar aks etgan. Bunda asosan yol obrazi va ushbu davrda ijod qilib o’tgan yozuvchilarning J.Tolkin asarlari haqida fikr yuritilgan, bu janrga xos bo’lgan xususiyatlar ochib berilgan, va misollar bilan dalillangan. Uchinchi bob “ Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J.Tolkin asarlari namunasida” deb nomlangan boʻlib, bu bobda Keyt Shopin asarlarida ko’proq ayolning ichki dunyosi, xususan, o'zini topishiga, ma'naviy mustaqillikka erishishiga to'sqinlik qiladigan ijtimoiy institutlar va asoslarni haqiqat bilan tasvirlashi haqida fikr yuritilgan. Ushbu Dissertatsiyada asosan Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J.Tolkin asarlari namunasida va ularning o’ziga xos xususiyatlarini taqqoslashda asosiy manba sifatida olingan, feminizm janriga xos bo’lgan elementlarning jihatlari, va ushbu janrdagi farqli elemetlarni ochib berishda ushbu asarlardan unumli foydalanilgan. Har bir bob xulosa bilan yakunlangan. Dissertatsiya ba`zi kamchiliklardan holi emas: Ba`zi betlarda imloviy va leksik xatolar uchraydi: Xulosa qismida va adabiyotlar qismida ham kamchiliklar mavjud. Lekin bu kamchiliklar ishning mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Dissertatsion ish tugallangan hisoblanib, nazariy jihatdan mukammal hamda ravon ilmiy uslubda yozilgan. Yuqorida zikr etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, Karimova Go`zal Ixtirovna tomonidan “Ingliz zamonaviy adabiyotida fentezi janrining xususiyatlari J.Tolkin asarlari namunasida” mavzusida magistr akademik darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi nazariy, uslubiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lib, uni yuqori ball bilan a'lo baholashni tavsiya etaman. Magistratura bitiruvchisi esa 70230502- Adabiyotshunoslik: Ingliz adabiyoti mutaxassisligi bo'yicha Magistr akademik darajasini olishga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: Davlatova M.H. Download 15.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling