Buxoro davlat universiteti 70610204-Axborot tizimlari (tarmoqlar boʻyicha) mutaxassisligi magistranti Raxmatova Dilrux Ilyos qizining “Axborot tizimlarini loyihalashtirish fanidan o’quv modulini yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga


Download 7.34 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.34 Kb.
#1524273
Bog'liq
Raxmatova tashqi taqriz


Buxoro davlat universiteti 70610204-Axborot tizimlari (tarmoqlar boʻyicha) mutaxassisligi magistranti Raxmatova Dilrux Ilyos qizining “Axborot tizimlarini loyihalashtirish fanidan o’quv modulini yaratish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O‘quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
Magistrant D.I. Raxmatovaning magistrlik dissertatsiya ishi Buxoro davlat universiteti uchun dolzarb boʻlgan ushbu masalalarni yechish uchun zaruriy boʻlgan o’quv modulini yaratishga bagʻishlangan.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida o’quv moduli mazmun va mohiyati, axborot tizimlari loyihalashtirish fani bo'yicha mavjud Fan dasturi va materiallarini o'rganish haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertatsiya ishining ikkinchi Axborot tizimlarini loyihalashda tizimli yondashuvdan foydalanish, Axborot tizimlarini loyihalash bo'yicha o'quv moduliga qo'yiladigan talablar va o'quv materialining tuzilishi va mazmunini tavsiflashdan iborat.
Dissertatsiya ishining uchinchi bobi LMS tizimlari. Ta’limni boshqarish tizimi, LMS tizimi Uniwork va Moodle platformalari hamda axborot tizimlarini loyihalashtirish fani bo’yicha platformalarda o’quv modulini yaratish texnologiyasi haqida tushunchalar berilgan.
Magistrlilik dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki, axborot tizimlarini loyihalashtirish fani o’quv modulida tahsil olgan talabalarda korxonalarni boshqarishni avtomatlashtirishni ta'minlaydigan, kompyuter axborot tizimlari va texnologiyalarini qurish, ishlash, yaratish va rivojlantirish asoslari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish orqali oʻz aksini topadi.
Xulosa qilib aytganda, belgilangan maqsad va masalalar doirasida mazkur ish tugallangan ilmiy tadqiqot ishi boʻlib, muammoning dolzarbligi, olingan natijalarning yangiligini hisobga olib, ushbu magistrlik ishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 dagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura toʻgʻrisidagi nizom”da keltirilgan talablarga javob beradi deb hisoblayman va magistrant D.I.Raxmatovani himoyaga tavsiya etaman.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Texnologik jarayonlarni boshqarishning
axborot-kommukatsiya tizimlari”
kafedrasi dotsenti, t.f.n Soliyeva O.K.
Download 7.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling