Buxoro Davlat Universiteti 9-9 btu s-20 guruh talabasi Obloqulova Gulchehraning Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan yozgan Mustaqil ishi Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish
Download 1.32 Mb.
|
ekalogiya Gulchehra
Buxoro Davlat Universiteti 9-9 BTU S-20 guruh talabasi Obloqulova Gulchehraning Ekalogiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan yozgan Mustaqil ishi Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish . Reja : 1.Tabiy resurslar . 2. Tabiatdan foydalanish tamoyillari. 3. Tabiiy resurslar va muhitning ifloslanishi. Har qanday davlat iqtisodiyotida tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va resurslarni barqaror boshqarish imkoniyatlari mamlakat iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Tabiiy resurslarning mavjud emasligi yoki ular sifatining pastligi boshqa turdagi resurslar sarfining ortishiga olib keladi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash va ishlab chiqarishni diversifikasiyalash sharoitida resurslardan samarali va kompleks ravishda foydalanishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi, resurslardan samarali va kompleks ravishda foydalanishni iqtisodiy baholash tizimini o’rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha muammolarni hal etish, shuningdek, tabiatdan foydalanishda investisiyalar samaradorligi va muhitni muhofaza qilish xarajatlarining samaradorligi, yetkazilgan zararni baholashda iqtisodiy hisobkitoblar qilish bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish fanning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi. Resurslarni barqaror boshqarishga erishishga qaratilgan maqbul loyihalarni tanlab olishda texnik, moliyaviy va iqtisodiy tahlillar asosida qarorlar qabul qilish kursning vazifalari bo’lib hisoblanadi. Magistrantlarning “Agroresurslarni barqaror boshqarish” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion pedagogik texnologiyalarni o’ziga jamlagan modullarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallari, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar dasturlarida mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Ushbu ishchi fan dasturi iqtisodiyotda zarur bo’ladigan: iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida, mavjud resurslardan samarali foydalanish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning uslublari va tizimlarini takomillashtirish, foydalanish jarayonida tabiatga yetkaziladigan zararli oqibatlarning oldini olish, bu sohada xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribalaridan foydalanish usullarini o’z ichiga olgan bo’limlardan tashkil topgan. Fanning asosiy maqsadi – iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mamlakatimizda mavjud bo’lgan tabiiy resurslar va tabiiy sharoitlardan oqilona foydalanishga imkon beradigan nazariy bilimlarni magistrantlarga berish va nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Kamyob resurslar sharoitida mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularni barqaror boshqarish, asrash va muhofaza qilishga ta’siri xususiyatlarini o’rganish, ekologik-iqtisodiy xo’jalik yuritish uslublari va boshqaruv tizimlari, tabiatni tiklash, muhofaza qilish va istiqbollashda xalqaro hamkorlik sohasidagi bilimlarni berishdir. Fanning vazifalari – bo’lg’usi mutaxassislarga resurslarni boshqarish bo’yicha bilimlarni berish, tabiiy resurslar va tabiiy sharoitlardan samarali foydalanishni, jahon tajribalaridan foydalanilgan holda mamlakatimizda qo’llashni o’rgatish. Iqtisodiy resurslardan foydalanish muammolarini bilish va baholashga, qiyoslashga o’rgatish; dunyoning turli mintaqalari va mamlakatlaridagi tabiiy-ekologik ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va ularni baholashning nazariy uslublari va bilimlaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida resurslarni barqaror boshqarishning nazariy asoslari. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ekologik-iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va mohiyati. Iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish sharoitida tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar o’rtasidagi aloqalar. Tabiiy resurslarning turlari va ularning guruhlari. Resurslarning “Tabiatjamiyat” tizimida tutgan o’rni va ahamiyati. Tabiat-jamiyat o’rtasidagi ekologik-iqtisodiy aloqalar va munosabatlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar hamda tarmoqlararo iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish muammolari. Xalq xo’jaligida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan o’zgarishlar. Qishloq xo’jaligini bosqichma-bosqich isloh qilish va uning huquqiy asosi. Atrof-muhit borasida ekologik qarorlarni qabul qilishning muhim jihatlari. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish mexanizmlari. Iqtisodiy islohatlar davrida, tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash tushunchasi. Iqtisodiy baholashning ko’rsatkichlari. Iqtisodiy baholashning tarmoq va xududiy yo’nalishlari. Iqtisodiy baholashning xarajat va renta yondashuvlari, ularning mazmuni va mohiyati. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqrozi sharoitida tabiiy resurslarni barqaror boshqarish mexanizmini takomillashtirish muammolari. Tabiiy zahiralaridan foydalanishda bozor bahosi, renta, tabaqalashgan renta, sarflash, muqobil qiymat, umumiqtisodiy baholash, tabiatdan foydalanishda ekologik-iqtisodiy xududiy birliklar, majmuali ekologik-iqtisodiy dasturlar, ekologik fondlar, foydalanish tamoyillari kabi iqtisodiy mexanizm elementlari va tamoyillarini qo’llay bilish. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholashning, ilmiy-amaliy ahamiyati . Tabiiy resurslar kishilik jamiyati taraqqiyotining har bir davrida hayot boyligining moddiy asosi sifatida muhim o’rin egallab kelgan. Tabiiy resurslarning cheklanganligi ularni takror ishlab chiqarish va sifat holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni rag’batlantirish va tartibga solish zaruratini namoyon etadi. Iqtisodiy g’oyalarning shakllanishi va rivojlanishida soliqlarga doir ko’plab muammolar ko’tarilgan va o’rganilgan bo’lsada, klassik iqtisodiy maktab vakillari (A.Smit, D.Rikardo) iqtisodiy g’oyalarida ham, so’nggi iqtisodiy maktab vakillari (K.Marks, D.Keyns, A.Marshal) iqtisodiy g’oyalarida ham tabiiy resurslardan ehtiyotkorona va oqilona foydalanishni rag’batlantirish va tartibga solish borasidagi g’oyalar uchramaydi. Biroq, qadimgi davrlardan e’tiboran yer, yer osti boyliklari va tabiiy resurslarning boshqa turlaridan foydalanish soliqqa tortilib kelingan, ya’ni soliqlar vositasida tartibga solish mexanizmi muayyan darajada mavjud bo’lgan. Bugungi kunda respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi ishlab chiqilgan. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi bir qator qonunlarda, jumladan, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabo’l qilingan “Tabiatni muhoaza qilish to’g’risida” gi qonunida5, tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq qonun hujjatlarida, O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksida, tabiiy resurslardan foydalanishga doir hukumat qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topgan. Iqtisodiyotga tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va boshqa iqtisodiy 5 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. –T.: 1993. №1 vositalarni (to’lovlar, litsenziyalash) joriy qilish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko’rsatishi, tabiiy resurslarga doir jamiyat manfaatlarini himoya qilishi, tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan texnologiyalarga investitsiyalarni rag’batlantirishdagi to’g’ri ekologik muvozanatni ta’minlashi lozim. Tabiiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan iqtisodiy mexanizm elementlarining eng muhimi - bu albatta soliqqa tortishdir. Jahon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan soliqlar tartibga soluvchi va moliyalashtiruvchi soliqlarga bo’linadi. Tartibga soluvchi soliqlar to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik yurituvchi su’b’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishini tartibga solish, soliq mikdori atrof-muhitga etkaziladigan zarar miqdoridan, texnik imkoniyatlardan va xo’jalik faoliyatining iqtisodiy rentabelligidan kelib chiqib belgilanadi. Moliyalashtiruvchi soliqlar esa tabiiy resurslarni muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish uchun moliyaviy resurslarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu turdagi soliqlarning xususiyatlari xo’jalik faoliyatining tabiiy resurslarga qat’iy salbiy ta’siri bilan bog’liq bo’lmay, soliq miqdori foydalilik darajasi (renta) va uzluksiz moliyaviy tushumlar mezoni asosida belgilanadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarning joriy etilishi tabiatdan foydalanishni iqtisodiy tartibga solish, turli xil tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish uchun pul fondlarini shakllantirish kabi maqsadlarni ko’zlaydi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarning muhim ko’rinishi, ulardan foydalanish bilan bog’liq maqsad uchun joriy etilgan soliqlardir. Ular yerdan, suv ob’ektlaridan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samarasini oshirishga, mineral-xom ashyo resurslarini qazib olish va ulardan oqilona foydalanishga ijobiy ta’sir etishga qaratiladi. Davlatning tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq siyosati ikki yo’nalishda amalga oshiriladi: tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus soliqlar joriy etish; imtiyozli soliqqa tortish va soliqdan ozod qilish. Mamlakatimiz soliq tizimida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga: yer solig’i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabilar kiradi. Joriy etilgan maxsus soliqlar orkali tabiiy resurslardan foydalanish muayyan darajada tartibga solinsa, imtiyozli soliqqa tortish orqali esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari rag’batlantiriladi. Shuningdek, ayrim tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo choralari ham belgilangan. Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlarning joriy etilishi fiskal ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda, resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlovchi iqtisodiy mexanizm sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu o’rinda tabiiy resurslarga boy o’lkamizda ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun maxsus to’lovlarning maqbo’l tizimining joriy etilishi, bir tomondan tabiiy resurslarni davrlar bo’yicha teng taqsimlagan holda ulardan samarali va oqilona foydalanish zarurati bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan esa, tabiiy resurslarni qayta tiklash va sifat holatini yaxshilash uchun davlat xarajatlarini moliyalashtirish zarurati bilan belgilanadi. Mamlakatimiz olimlari va amaliyotchilari tomonidan tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va ularning ahamiyati borasida ko’plab fikrlar bildirilgan. Xususan, iqtisodiy tadqiqotlar markazida dots. E.Gadoev boshchiligida tayyorlangan maqola mualliflarining fikricha: “Bozor munosabatlari sharoitida resurs soliqlari yer va yer ostidan foydalanish tizimida muhim element hisoblanadi. Ular o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra renta to’lovidir”6. T.Jo’rayevning yozishicha “Resurs soliqlari yer, suv va boshqa tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni ta’minlovchi amaliy vosita bo’lgani holda bozor iqtisodiyotida tabiiy resurslardan foydalanish va kelajak avlod uchun saqlash borasida muhim rol uynaydi”7. O.Abduraxmonovning qayd etishicha “Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar hisobiga to’playdi. ...soliqlar ...soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan intilishini rag’batlantiradi”8. Bizning fikrimizcha, mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining keltirilgan tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga nisbatan yondoshuvi ularning naqadar ahamiyatli ekanligini namoyon etsa-da, ularning iqtisodiy mohiyatini to’liq ochib bera olmaydi. Mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari fikrlari bilan tanishish jarayonida shunga amin bo’ldikki, respublikamizda tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning nazariy jihatlari etarli darajada tadqiq va tahlil etilmagan qaysidir ma’noda ularga nisbatan yuzakiroq qarash mavjud. Bizningcha, respublikamiz olimlari va amaliyotchilarining tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarga bunday yondashuvining asosiy sabablaridan biri, ularni davlat budjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatining boshqa soliqlardan ko’ra kamligi bilan ifodalanadi. Tabiiy resurs soliqlarining mohiyatini ochib berishda ularning xususiyatlarini ham tadqiq etish lozim. Tabiiy resurs soliqlari o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar tabiiy resurs soliqlarining har birida o’ziga xos tarzda mujassamlangan. “Yer rentasiga yangidan kiritilgan soliq hech qanday iqtisodiy samarasizlikka olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiy rentaga soliqning o’sishi hech kimning iqtisodiy xatti-xarakatlarini o’zgartirmaydi. ... Yer egalarining hattiharakatlari shuning uchun ham o’zgarmaydiki, bu resursni taklif etishJo’rayev T. Soliq siyosatini takomillashtirish yo’lida. Toshkent haqiqati. 2003 yil 23 sentyabr 8 Abduraxmonov O. Soliq siyosati: dunyo tajribasi va O’zbekiston cheklanganligi oqibatida xo’jalik soliqni kiritgandan so’ng ham kiritilmasdan oldingi kabi faoliyat yuritadi”. T.Jo’rayevning qayd etishiga ko’ra, “Soliqlarning boshqa turlaridan farqli o’larok, resurs soliqlari o’ziga xos xususiyatlarga ega: o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra ular renta to’lovidir. Boshqacha aytganda, bu qayta tiklanmaydigan tabiiy, yer va suv zaxiralaridan foydalanganlik uchun o’ziga xos to’lov bo’lib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining natijalari bilan bog’liq emas”10. S.Bard va L.Pavlovalarning fikriga ko’ra, “Renta to’lovlarining xususiyati shundan iboratki, ularni joriy qilish tabiiy resurslardan daromad olishni ko’zlamasdan, balki, tabiatdan foydalanuvchilar umumxalq mulki ob’ektlaridan oqilona foydalanishlari zarur”. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarni joriy etishning zarurati ularning cheklanganligi va qayta tiklanmasligi bilan ifodalanadi. Shuning uchun bizning fikrimizcha, qaysi turdagi resurslar cheklanganligi va qayta tiklanmasligini hisobga olgan holda ulardan foydalanganlik uchun to’lovlar belgilashda qulay investitsion muhitni yaratishda ishlab chiqarish tannarxi va me’yoriy foydani o’z ichiga olgan tabiiy resurslar bahosi asos qilib olinishi lozim. Tabiiy resurslardan foydalanish natijasida ushbu bahodan ortiq olingan foyda iqtisodiy yoki resurs rentasi sifatida e’tirof etilib, batamom jamiyatga tegishli bo’lgan ushbu resurs bahosi hisoblanadi. Bunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining investitsion faolligini saqlab qolgan holda, ortiqcha foyda yoki rentani o’zlashtirishi mumkin. Ushbu daromad jamiyatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan o’z tabiiy resurslaridan foydalanganlik uchun undiriladigan ulushi hisoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlarning iqtisodiy mohiyati va o’ziga xos xususiyatlarining nazariy jixatlarini yoritishda shunga ahamiyat qaratish lozimki, soliqlarni qanday mezonlarga javob berganida ushbu soliqlar qatoriga kiritish masalasi respublikamiz zamonaviy soliq tizimida biroz baxslidr. Respublikamiz soliq, tizimi huquqiy bazasi borasida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ta’kidlash lozimki, soliq qonunchiligiga doir hujjatlar matnining hech qaysi birida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar iborasi qo’llanilmagan. Tabiiy resurs soliqlari tarkibi borasida fikr yuritar ekanmiz, faqatgina soliqlarning maqsadi va vazifalari, shuningdek, soliq mexanizmida tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq elementlar mavjudligi bilan ularni ushbu guruh soliqlari tarkibiga kiritishimiz mumkin. Bu borada respublikamiz soliq tizimida amalda bo’lgan yer solig’i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar qatoriga kiritish hech qanday e’tirozlarga sabab bo’lmaydi. Chunki, ular mexanizmida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan bevosita foydalanishi yoki ularga egalik qilish huquqi mavjud. Tabiiy resurs soliqlarining nazariy jihatlari ularning mohiyati va xususiyatlari bilan birgalikda, tabiiy resurs soliqlarining vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda tabiiy resurs soliqlari bajarishi lozim bo’lgan vazifalar va ularning amaldagi haqiqiy darajasini o’rganish tabiiy resurs soliqlari mexanizmidagi muammolarni tadqiq etishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham tabiiy resurs soliqlarining vazifalarini tadqiq etish lozim. Ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda inson foydalangan, foydalanayotgan va kelgusida foydalanishi mumkin bo’lgan tabiatning tarkibiy qismlariga tabiiy boyliklar (resurslar) deb ataladi. Resurs atamasi fransuzchadan olingan bo’lib boylik degan ma’noni anglatadi va yashash vositasi bo’lib hisoblanadi. Tabiiy resurs – tabiiy kelib chiqqan o’simlik va hayvonot dunyosi, yer va yer osti boyliklari, atmosfera havosi va suv ob’ektlaridan kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va boshqa hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlatilayotgan yoki shu maqsadlarga mo’ljallangan tabiiy ob’ekt. Ular fanda va amaliyotda floristik, faunistik, ekologik, mineral, gidrologik, yer va o’rmon resurslari deb ataladi. Tabiat resurslariga atmosfera, suv, o’simlik, hayvon, tuproq, er osti boyliklar, energetik va boshqa resurslar kiradi. Tabiiy ob’ekt – kishilarning ishtirokisiz, tabiat qonuniyatlari asosida yuzaga kelgan va rivojlanadigan tabiiy muhit elementi. Unga– yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi kiradi. Yer yuzasining biosfera qobig’ida tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha tabiiy ob’ektlar mavjuddir. Tabiiy resurslar qanday hosil bo’ladi? Ma’lumki, tabiatda doimo modda va energiya almashinuvi sodir bo’lib turadi. Bu jarayon tabiiy holatda yopiq zanjir, davriylik (sikl) shaklida amalga oshadi. Misol qilib, yer yuzidan qancha miqdorda suv bug’lansa shuncha suv yomg’ir, qor shaklida yerga tushadi. Odatda tabiiy davriylik (sikl) jarayonida chiqindilar tashqi muhitga chiqarilmaydi va tabiatda yashiringan holda saqlanadi. Masalan, neft, gaz, toshko’mir, torf qachonlardir bo’lib o’tgan tabiiy jarayonlarning chiqindisi bo’lib hisoblanadi. Tabiiy modda almashinish davriyligi (sikli) ikkita: katta (geologik) va kichik (biologik) modda almashinish davriyligiga bo’linadi. Katta, geologik davriylik (sikl) davomida tog’ jinslari shamol va suv ta’sirida nuraydi, suvda eruvchi mineral oziqalar shakligacha parchalanadi va suv oqimi bilan okeanlarga olib kelinadi va cho’kma jinslarni hosil qiladi. Qator jarayonlar (tektonik harakat, cho’kish, ko’tarilma va h.k) natijasida cho’kma jinslar yana quruqlikka chiqib qoladi va jarayon takrorlanadi. Kichik, biologik davriylik (sikl) geologik davriylikning tarkibiy qismi bo’lib faqat biogeosenozda o’tadi. Tuproqdagi mineral moddalar, suv, ko’mir o’simliklarda organik moddalar shaklida to’planadi. Ularni konsumentlar oziqa sifatida iste’mol qiladi. Parchalanish mahsulotlari parchalanadi, tuproq va suvga qaytariladi. Ular o’simliklar yordamida yana modda almashinish doirasiga jalb qilinadi. Biologik yoki bioximik davriylik geologik davriylikdan (million, milliard yil) farq qilib, nisbatan qisqa muddatda o’tadi. Masalan, ko’mirni aylanish davriyligi 8 yil, azotniki - 110 yil, kislorodniki - 2500 yil va h.k. Tabiiy resurs davriyligidan (sikl) tashqari hozirgi paytda antrogyugen davriylik ham mavjud. Bu davriylik insonning ishlab chiqarish faoliyati davomida resurslardan foydalanishi natijasida sodir bo’ladi. Antropogen davriylik tabiiy davriylikdan farq qilib ochiq bo’ladi va ko’plab miqdorda muhitga chiqindi chiqariladi. Masalan, inson tomonidan qazib olingan toshko’mir, turli xil rudalar qazib olingandan keyin qaytadan toshko’mir yoki ruda bo’lib o’z o’rniga qaytmaydi. Ishlab chiqarishning har bir bosqichida obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko’ra, isrofgarchiliklar, chiqindilar muhitga tashlanadi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun ular klassifikasiya qilinadi. Klassifikasiya qilishning ko’plab prinsiplari bor. Asosiylari 3 ta: 1. Aspektiga (foydalanish maqsadi) qarab klassifikasiya qilish. Iqtisodiy, tabiiy, tarbiyaviy, estetik, ilmiy va h.k. aspektlar. 2.Tarkibiy qismiga qarab klassifikasiya qilish. Tuproq, suv, havo, o’simlik, hayvon, qazilma boyliklari va x.k. 3. Resurslarni tugash va tugamasligiga qarab klassifikasiya qilish prinsipi. Qayta tiklanmaydigan resurslar – tabiiy resurslarning insonni xo’jalik ishlari tezligi bilan qiyoslanadigan darajadagi vaqt ichida biosferada sodir bo’ladigan modda almashinish jarayonlarida o’z – o’zidan tiklana olmaydigan qismi. Tabiiy resurslar tasnifini bilish ulardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Suv va havo sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi. O’simlik va xayvonlarni faqat ma’lum populyasiyasi saqlanib qolgan holdagina qayta tiklash mumkin. Yer osti qazilmalarini tiklanmasligini hisobga olib, ulardan oqilona faylanish muhim axamiyatga ega. Odatda, tabiiy resurslar real va potensial resurslarga ham bo’linadi. Real resurslar deb tabiatda mavjud resurslardan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish imkonini beradigan resurslarga aytiladi. Masalan, suv, havo, o’rmon va hakozo resurslar. Potensial resurslar esa tabiatdagi resurslarga qo’shimcha texnologiyalar, energiya, ishchi kuchi, mablag’ sarf etish orqali real resurslarga aylantiriladi. Bunday resurs turlariga asosan yer osti qazilmalarini kiritish mumkin. Bulardan tashqari tabiiy resurslar milliy va xalqaro resurslarga ham ajratiladi. Milliy resurslarga har bir Davlat xududida tarqalgan resurslar kirib, ularga shu davlat egalik qiladi va ulardan turli maqsadlarda foydalaniladi va muhofaza qilinadi. Dunyo, okean resurslari, atmosfera havosi, Antraktida tabiiy resurslari, kosmik fazo, kuchib yuruvchi hayvonlar umumjahon resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish va ularni muhofaza kilish fakatgina xalqaro kelishuvlar asosida, turli mamlakatlar ishtrokidagina muvoffakiyatli amalga oshirilishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan yo’llarini ishlab chiqish mumkin. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bu insonlarning xo’jalik va boshqa faoliyatlarida tabiat boyliklaridan ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash, modda va energiya almashuvining tabiiy kechuvini to’xtatmasdan, zahiralarining umumiy hajmini hisobga olgan holda samarali foydalanishdir. Tabiiy resurslardan foydalanish insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishning zaruriy jarayoni hisoblandi. Lekin, tabiiy ob’ektlarning resurs hususiyatlarini yo’qotib qo’ymaslik uchun qonun hujjatlari asosida turli foydalanish me’yorlari o’rnatiladi. Ular: chiqitlar yig’ilishi (konsentrasiyalashuvi)ning eng yuqori me’yori; kimyoviy moddalarning son jihatdan eng yuqori ifloslanish me’yori va shu kabi me’yoriy ko’rsatkichlardir. Ushbu me’yordan ortiqcha foydalanish yoki atrof muhitni ifloslash huquqbuzarlik bo’lib hisoblanadi va tegishli yuridik javobgarlikka tortishga asos bo’la oladi. HULOSA. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, respublikamizda xususan Farg’ona vodiysida ham ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy boyliklardan (er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona foydalanish, ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish, hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash, ko’paytirish, hamda muhofaza qilishni taqazo etmoqda. Tabiatdan foydalanish murakkab jarayon. Bu borada uning komponentlarini o’zaro bir-biri bilan bog’liqligi, ta’siri va majmualigini hamda shu jihatdan landshaft komplekslarining vujudga kelishida qatnashishini aniq hisobga olish zarur. Mutaxassislar tabiat va uning resurslarini xo’jalik muomalasiga kiritish jarayonini va umuman tabiatdan foydalanishni turli aspektlarda tahlil qilib, turlicha fikrlarga kelishgan. Farg’ona vodiysida tabiatdan foydalanish o’ziga xos hududiy, mahalliy, nuqtali xususiyatlarga egaki, darhaqiqat bu jarayon uning viloyatlari va turli hududlarida farq qilishi aniqlangan, bu borada landshaft-balandlik mintaqalari xususiyatlarini e’tiborga olish ustuvor ahamiyatga ega. CHunki turli balandliklarda joylashgan hududlar tabiiy sharoitiga muvofiq ma’lum xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish uchun qulay. Farg’ona vodiysida ham ekologik muvozanatni buzilib borayotganligi, tabiiy boyliklardan (er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) oqilona foydalanish, ularning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini tsar tomonlama oshirib borish, hozirgi holatini ilmiy va amaliy tahlil qilish, ularni saqlash, ko’paytirish, hamda muhofaza qilishni taqazo etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishningg beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-sonli qarori. 3. Sh.M.Mirziyoev. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. 15 dekabrь 2016 yil. Toshkent. 4. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O’zbekiston” NMIU. 2017 y. 5. Sh.M.Mirziyoev. Tanqidiy taxlil qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent. “O’zbekiston” NMIU. 2017 y. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-lantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan щtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza 2017 yil 14 yanvarь. 6. O`zbekistan Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`g’risida»gi Qonuni (1992 yil 9 dekabr’ № 754- XII). 7. O`zbekiston Respublikasining «O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g’risida»gi Qonuni (1997 yil 26 dekabr’ № 543-1). 8 O`zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g’risida»gi Qonuni (1997 yil 26 dekabr’ № 545-1). 9 Biologik xilma-xillikni saqlash. Milliy strategiya va ish rejasi. Toshkent. 1998. 10 Biologik xilma-xillik haqida konventsiya. Toshkent, 2007. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling