Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
13.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari.
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 
-banknotalar (nakd pullar) emissiyasi, 
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash, 
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni 
muvofiqlashtirish, 
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, 
-davlat banki sifatida faoliyat ko`rsatish, 
-to`lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, 
-valyuta kursini muvofiqlashtirish. 
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga 
chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan 
biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar 
Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi 
va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga 
kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. 


225 
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. 
Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob 
toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-
valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-
kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon 
bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy 
bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi davlatlarda oltin zaxiralar 
moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan 
operatsiyalarni olib boradi. 
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi 
va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov balansi 
defitsitini koplash va mamlakat uilliy valyutasi kursining 
barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi. 
Markaziy bank orkali davlatning iktisodiy siyosati, yanada 
anikrogi davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy 
bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish 
siyosatining bir qismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, 
foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali 
bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora-
tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. 
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi 
milliy valyuta 
barkarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona 
o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan 
foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror 
o`sishini ta`minlashdan iborat. 
Pul-kredit siyosati ikki yo`nalishda olib borilishi mumkin. 
Birinchi yo`nalish - kredit ekspantsiyasi bo`lib, bu siyosat pul-kredit 
emissiyasini rag’batlantirish yo`li bilan olib boriladi, ya`ni ishlab 
chikarish sur`atlari tushib ketgan holda, kon`yunkturada rivojlanishga 
erishish mumkin. Ikkinchi yo`nalish - kredit restriktsiya siyosati 
bo`lib, u iqtisodiy o`sish davrida pul-kredit emissiyasining 
qiskarishiga asoslanadi. 
Markaziy bank “tor” va “keng” ma`noda pul -kredat siyosatini 
olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, 
xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga 
ta`sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini 
maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul 
massasiga ta`sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko`rash olib borish 


226 
tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, 
valyuta rezervlari va to`lov balansi kabi masalalarning echimiga 
karatilgan bo`ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar 
yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning 
pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo`lib quyidagilar 
xisoblanadi: 
-minimal majburiy rezerv normalarini o`rnatish, 
-foiz (diskont) siyosati , 
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, 
-ochiq bozor siyosati, 
-targetlash va boshqalar. 
Xorijiy mamlakatlar davlat banklari tomonidan iqtisodiy 
barqarorlikni ta`minlash uchun turli xil ta`sir doiralari, xususan; turli 
hil davlat instrumentlaridan foydalanib bormoqdalar.
1

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling