Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy shart-
sharoitlarini yoritib bering?
2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos 
xususiyatlarini, bank tizimi va uning elementlarini aytib bering?
3. O`zbekiston Respublikasining bank tizimini, pul xo`jaligining 
yuzaga kelishi va pullarni saqlash uchun maxsus muassasalarning 
zarurligini, pul xo`jaligining nomarkazlashuvi va uning shakllarini 
kengayishi bo`yicha nimalarni bilasiz? 
4. Pul va kredit xo`jaliklarining barqaror shakllarining yuzaga 
kelishi, markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari bo`yicha nimalarni bilasiz? 


222 
13-MODUL. MARKAZIY BANK VA UNING 
FUNKSIYALARI 
 
13.1. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
13.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. 
Markaziy bankning tashkiliy to`zilishi. 
13.3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya
“banklarning banki” funktsiyasi. 
13.4. Markaziy bankning “davlatning banki” funktsiyasi; 
rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. 
 
 
13.1. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
 
Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, 
Frantsiya banki, Buides bank, YAponiya banki, SHvetsariya milliy 
banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi. 
Biroq, AKSH Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya`ni 
federal zaxira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan 
boshqariladigan bulimlardan iboratdir. 
Markaziy bank kapitaliga bo`lgan mulk shakliga ko`ra ular Davlat 
(kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga 
bo`linadi. 
Ba`zi 
Markaziy 
banklar 
Davlat 
banklari 
ko`rinishlarida 
shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes 
banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo 
bo`lgan ) sifatida shakllandi. Ba`zi Markaziy banklar- oldin xususiy 
bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.) 
sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. 
Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSH FRT (Federal 
Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv 
asosida paydo bo`lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga 
kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan 
banklar kiradi. Bu guruxlar qatoriga kiruvchi YAponiya banklar 
(1882y.) misol kilinib keltirilishi mumkin. Qonun buyicha 1942yilda
55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda
Markaziy bank xukukiy me`yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi 


223 
(belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy 
banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin
Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o`zida 
mujassamlashtirilgan o`zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo`lib 
qoladi. 
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining 
asosiy qismi bo`lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi o`rinda 
davlat va iktisodiyot urtasida vositachi bo`lib xizmat kiladi. Ammo 
Markaziy bank o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko`ymaydi. 
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo`lib milliy valyuta kursini 
barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar 
barqarorligini ta`minlash hisoblanadi.
1
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng 
asosiy va muhim o`rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - 
Markaziy bank egallaydi. O`znavbatida pul-kredit siyosati byudjet 
siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida 
tartibga solishning asosi bo`lib hisoblanadi. 
Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy 
emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya`ni 
ular o`rtasida xozirgidek bo`linish bulmagan. Bank ishi 
ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat 
banklari kapitallarni yig’ish maksadida muomalaga banknotalar 
chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi 
natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat banklar 
qo`liga o`ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. 
Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb 
atalgan. Markaziy bank ya`ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, 
barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta 
sifatida namoyon bo`ladi. 
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki 
asosiy yo`li mavjud. 
Birinchi yo`l - bu uzok davr davomida tijorat banklarining 
rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo`li
bilan Markaziy 
banklarning tatkil tsilinishi. Bunga misol kilib Angliya bankini 
1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, 
1
Ўзбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисидаги Қонун. Тошкент, 1995 йил, 21 
декабрь.


224 
Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat 
ko`rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. 
Ikkinchi yo`l - tashkil kilingadayok Markaziy bank -emission 
markaz sifatida kabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKSHning 
Federal banklari, 1913 yillarda kupgina Lotin Amerika 
mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni 
misol keltirish mumkin. 
AKSHda Markaziy bank funktsiyasinm 12 federal rezerv 
bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar 
aktsioner banklar bo`lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy 
tijorat banklari faoliyat ko`rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida 
dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak 
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta`sirisiz, o`z faoliyatini 
olib borishlari kerak 
Jaxonda o`z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo`lgan 
banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank zxisoblanadi. 
Ba`zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga xisobot beradi- 
Ko`pgina hollarda Markaziy banklar o`z faoliyatida mustaqil bo`lsada, 
shu bilan birga davlat banki xisoblanadi: 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling