O'zbekiston respublikasi bank tizimi va uning shakllanishi. O'zbekiston respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichlari


Download 1.87 Mb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1417992
  1   2   3
Bog'liq
BA-156-21-guruh-WPS Office


"Pul va banklar" fanidan
BA-156-21-guruh talabasi Toshmurodova Munisning tayyorlagan slaydi
O'zbekiston respublikasi bank tizimi va uning shakllanishi.
O'zbekiston respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichlari.
O'zbekiston Markaziy banki maqsadi
Reja:
Mavzu: O'zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi
Bank tizimi - bu ma’lum tarixiy
davr ichida shakllangan va tegishli qonun hujjatlari asosida mamlakatda pul-kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir.
1
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bo'g'indan tashkil topadi. O'zbekistonda ham bank tizimi ikki pog'onadan iborat bolib, ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog'onali bank tizimida banklar - emission bank (Markaziy bank) va emission bo'lmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O'zbekistonda ikki pog'onali bank tizimining
shakllanishi 1987-1990 yillarda, sobiq Davlat bankini isloh qilish davriga to'g'ri keladi. O'sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank hisoblangan Davlat bankining tashkiliy tuzilmasini keskin o'zgartirish orqali,
iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan
ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni
tashkil etishga qaratildi.
Bank tizimida 1987-yilda boshlangan iqtisodiy
islohotlar va banklarni qayta qurish natijasida ularning
mulkchilik shaklida, xizmat ko'rsatishida, kredit va hisob-kitob munosabatlarida ayrim o'zgarishlar sodir bo'ldi.
Lekin, bank tizimida printsipial ahamiyatga ega bo'lgan
ijobiy o'zgarishlar yuz bermadi. Davlat banki kredit resurslarini markazlashgan holda monopol taqsimlovchi
muassasa sifatida o'z mavqieni deyarli yo'qotmadi.
Natijada, sobiq ittifoq tuzumi davrida 1988 - 1989 yillarda banklarni isloh qilishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu davrda dastlabki aksiyadorlik tijorat banklari vujudga kela boshladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling