Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- “hamma narsa mijoz uchun”
faoliyatining tijoratlashuvi bo`lib, bunda banklarning tijorat ob`ekti
vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu pul mablag’lari bankka tegishli bo`lmagan bo`lsada, faoliyati davomida bank ularni o`z nomidan joylashtiradi. Bank tijorati kam investitsiya qilib ko`proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo`lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko`p daromad olishni mo`ljallaydi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog’liq faoliyat ko`rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo`lsa va xavfsizligi yuqori bo`lsa, bankning daromadi ham shuncha ko`p bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o`zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O`isqacha qilib aytganda, bank faoliyati “hamma narsa mijoz uchun” degan tamoyilga asoslangan bo`lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to`laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta`minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. SHeriklik munosabatlari ikki tomonning o`zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta`minlashni birinchi o`ringa qo`yishi lozim. Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko`rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo`lib, banklar faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat`iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. Oldingi paragrafda ta`kidlanganidek banklar aktsiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yo`li bilan 263 amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyadorlarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin. Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. Xususiy banklar-jismoniy shaxslarning pul mablag’lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklari universal va maxsus banklarga bo`linadi. Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, xar xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu yo`nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksport- import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklarini kiritish mumkin. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin. Tarmoqlarga xizmat ko`rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo`jalik, savdo va boshqa banklarga bo`linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta`siri o`sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo`sh pul mablag’larini yig’ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo`jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini ko`zatib borishi mumkin. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o`rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o`rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Sanoat, transport, qishloq xo`jaligi sohasida qo`shimcha investitsiyaga bo`lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo`jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta`minlashi mumkin. Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo`lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: -vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish; -korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; 264 -iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish; -moliya-valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish; -iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko`rsatish va boshqalar. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling