Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Ichki valyuta bozori tahlili 
2018 yilning o`tgan davrida mamlakatimiz ichki valyuta 
bozorida talab va taklif muvozanatining shakllanishiga mavsumiy 
omillar, to`lov balansi holati, valyuta almashuv kursi bo`yicha 
kutilmalar, foiz stavkalari o`rtasidagi tafovutlar, AQSH dollarining 
ichki va jahon moliya bozorlaridagi kon`yunkturasi hamda boshqa bir 
martalik omillar ta`sir ko`rsatdi. 
2018 yilning 9 oyi davomida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 
tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutalar 
miqdori 7,1 mlrd. AQSH dollari (jami importning 52 foizi, jami 
eksportning 75 foizi)ni tashkil etdi. Mazkur talabning 28 foizi (2 
mlrd. AQSH dollari) Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga 
interventsiyalari hisobiga qoplandi. 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
ichki 
valyuta 
bozorida 
interventsiyalar almashuv kursining fundamental trendiga ta`sir 
etmagan holda, uning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida 
amalga oshirib borildi. Bunda oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish 
yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma`lum darajada ushlab turish 
uchun 
foydalanish 
maqsadlari 
ko`zlanmadi. 
SHuningdek, 
interventsiyalar hajmida ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan 
xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta`sirida oylar orasida 
o`zgarishlar kuzatildi. 
Xususan, 2018 yilning birinchi choragida Markaziy bank tomonidan 
ichki valyuta bozoriga 600 mln. AQSH dollari (maqsadli sotish 
miqdoriga yaqin ko`rsatkich) miqdorida interventsiya qilingan bo`lsa, 
ikkinchi choragi davomida interventsiyalar hajmi birinchi chorakdagi 
ko`rsatkichning teng yarmini tashkil etdi. 


341 
Марказий банк интервенциялари ҳажми ва АҚШ долларининг сўмга 
нисбатан ўртача ойлик биржа алмашув курси
 
20.4-Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. 
 
SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo`lgan 
talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabr’ va 
oktyabr’ oylarida esa Markaziy bank interventsiyalari hajmining 
o`tgan 8 oydagi o`rtacha sof interventsiyalar hajmiga (o`rtacha oylik 
158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln. 
AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni yumshatuvchi omil 
bo`ldi. Natijada oktyabr’ oyi oxiriga kelib so`m deval’vatsiyasi joriy 
yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (-rasm). 
Nazorat uchun savollar 
1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish 
asoslari hamda milliy valyuta tizimining elementlarini yoritib bering? 
2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari va valyuta 
munosabatlarini tartibga solish tizimini tushuntirib bering? 
3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmunini, erkin 
almashinadigan valyutalar hamda halqaro zaxira valyutalar bo`yicha 
tushunchalaringizni ayting? 
4. Valyuta kursi rejimlari, milliy valyuta tizimi va uning 
elementlarini hamda jahon valyuta tizimi va uning elementlarini 
yoritib bering? 


342 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling