Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
269 16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat banklarining tashqiliy tuzilishi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat kklish funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi: - bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish - banklar xisobotlarini tekshirish ,joylarda tekshirishlar utkazish, - bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish. Bank faoliyatini olib borishga litsenziya ( ruxsat) berish orkali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniklaydi. Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit xolatiga baxo berish xuquqiga ega. Bunda avvolom bor tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va kimmatbaxo qog’ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish utkazishdan asosiy maksad: -bankning moliyaviy xolatiga obektiv baxo berish, -bankni boshkarish sifatiga va uning raxbari faoliyatiga baxo berish, -bankning moliyaviy axvolini va uning bagkaradigan operatsiyalarining samaradorligini ta`minlash bo`yicha choralar ishlab chikish, -bank faoliyatining mavjud konunlar va normativ xujjatlarga muvofik olib borilishini ta`minlash va boshkalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo`yicha bajarilishini nazorat qilib boradi Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . 270 Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo`lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to`lov qobiliyatiga ta`sir etishi bilan bog’liq. Bank operatsiyalarini o`tkazuvni amalga oshirishi va ro`yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o`tkazish huquqiga ega bo`ladi. Agar, bank O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro`yxatdan o`tmay faoliyat ko`rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro`yxatidan o`tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. YUridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta`sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag’lari, shuningdek kreditga olingan mablag’lar va garovga olingan mablag’lardan foydalanish man etiladi. Bank ta`sischilari o`z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko`lamini aniqlash, o`tkaziladigan bank 271 operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator masalalarni hal etishlari lozim. Ta`sischilar ta`sis shartnomasi yoki aktsioner jamiyatni to`zish shartnomasini rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining taxminiy miqdori va ta`sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. SHartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. Bankni O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro`yxatga olish va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida hal etiladi. Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aktsiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir aktsiyadorning ustav kapitalidagi ulushi “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi Nizomda ko`rsatilishicha 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitali umumiy miqdorining 20 %, 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab 13% , 2002 yilning 1 yanvaridan boshlab 7% dan oshmasligi belgilangan. SHuningdek banklarning boshqa banklar ustav kapitalida ishtirokiga ruxsat etilmaydi (ammo sho``ba banklar tashkil etish bundan mustasno). Banklarning aktsiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida ko`rsatiladi. Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank aktsiyadorlari tarkibidan u ro`yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo`lishlari va o`z ustavlari asosida faoliyat ko`rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o`z aksini topgan bo`lishi kerak: -bankning (to`la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; -bank ko`rsatadigan operatsiyalari ro`yxati; -ustav kapitalining miqdori, muassislar ro`yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; -bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma`lumotlar; -bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko`rsatmalari. 272 Bo`lardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan ma`lumotlar ham bo`lishi kerak. Qonunda ko`rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko`rsatilgan bo`lsa, byudjet mablag’laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo`lib, tijorat banklari faoliyatining to`xtashi va tugatishida muhim asosdir. Bank faoliyatini to`xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240- sonli “Banklarni tugatish tartibi to`g’risida”gi Nizomda ko`rsatib o`tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o`z faoliyatini to`xtatadi: aktsiyadorlar yig’ilishining qaroriga ko`ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e`lon qilinganda o`z faoliyatini to`xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro`yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to`xtatilganligi matbuotda e`lon qilinadi. Faoliyatni to`xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. Qonunda ko`rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag’lardan va soliqqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin emas. Ammo alohida olingan xollarda, qonunlarda ko`rsatilgan bo`lsa, byudjet mablag’laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bank tashkil etilganiga qadar, ya`ni u davlat ro`yxatidan o`tkazilgunicha uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. Bank ro`yxatidan o`tkazilganidan keyin o`n kunlik muddat ichida soliq tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur hujjatlarni taqdim qilish zarur. Bank ustaviga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish uchun bank aktsiyadorlar yig’ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar: - ustavga o`zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan iltimosnoma; 273 - bank aktsiyadorlarining ustaviga o`zgarish va qo`shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada); - bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o`zgarish va qo`shimchalar ro`yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling