Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
16.2. Tijorat banklarining funktsiyalari. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari. Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng bo`lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi. 1. Vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish. 2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. 4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to`lovlarni amalga oshirish. 5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish. 6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xiz- matlarini ko`rsatish. Banklar bo`sh pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga ayla- ntirish funktsiyasini bajara turib, mavjud bo`sh pul daromadlari va jamg’armalarni yig’adi. Jamg’aruvchi (bo`sh pul mablag’i egasi) o`z mab-lag’larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag’lardan foydalangani uchun ma`lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo`sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo`jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. Tijorat banklar faoliyatida asosiy o`rinni korxona, tashkilot-larni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayo-nini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o`ynaydi. U bo`sh turgan mablag’larni jalb qiladi va o`z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo`ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo`jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo`ladi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat bank-larini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit- kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi. 265 Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisob-lanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o`tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. SHuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Tijorat banklarining muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o`rtasida vositachi bo`lib xizmat qiladi. Tijorat banklari qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylash-tirish bilan ham shug’ullanishi mumkin. Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo`lganligi tufayli uning tashkil topishi o`zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo`lg’usi ta`sischilar o`rtasida o`zaro munosabatlar o`rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo`lgan mablag’lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o`tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o`z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi . Banklar respublika hududida o`z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g’risida”, “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to`g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me`yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to`g’risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O`zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro`yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo`yilgan 266 bo`lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Ssuda kapitalisti o`z bo`sh kapitalini karzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi bulsa, bankirning daromadi - bank foydasi xisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, axoli bo`sh pullarini jalb qilish orkali katta xajmdagi kapitalni o`z kullarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital xarakatini boshkarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi. SHunday qilib, bank faoliyati xalq xo`jaligi mavjud bo`lgan bo`sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o`z faoliyati davomida ma`lum daromadga ega bo`ladi. Bu daromad bank jalb kilgan resurslarga yo`llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo`yicha oladigan foiz urtasidagi farqdan iborat bo`ladi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling