Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


-rasm. Tijorat banklari passiv operatsiyalari tarkibi


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

7-rasm. Tijorat banklari passiv operatsiyalari tarkibi
2
 
Bank tizimi faoliyati davlatning iqtisodiy xolati bilan o`zviy 
xolda bog’lik va unga o`ziga yarasha ta`sir ko`rsatadi, ayniqsa xozirgi 
bozor iqtisodiga o`tish sharoitida, mamlakatdagi moliya – kredit 
tizimining tashkil etilganligi, iqtisodiy tsikllarning barqarorligini bank 
faoliyati ko`rsatkichlari orqali ko`rishimiz mumkin. Banklarning 
iqtisodiy faoliyatidan kelib chiqadigan bo`lsak bank faoliyatida xam 
1
Гарбузов В.Ф., Финансовокредитный словар. 391 бет.
2
Муаллиф томонидан мустақил ишлаб чиқилган


282 
o`ziga yarasha extiyojlar va talablar mavjud. Bank passivlarini ikkita 
katta guruxga bo`lib o`rganadi:
1
 
Bank o`z kapitali va unga tenglashtirilgan moddalarni tashkil 
etish bilan bog’liq operatsiyalar; 
Jalb qilingan mablag’lar, depozit va nodepozit operatsiyalar. 
Tijorat banklarning o`z mablag’lari tarkibiga ularni passiv 
operatsiyalari orqali quyidagilar kiritilgan:
1) Aktsiyadorlik kapitali (Oddiy, Imtiyozli) 
2) Qo`shimcha kapital, 
3) Zaxira kapitali (Zaxiralar va maxsus fondlar, deval’vatsiya) 
4) Taqsimlanmagan foyda
5) Qayta baxolash ortiqchasidan iborat. 
YUqorida aytib o`tganimizdek, o`z mablag’lari ustav kapital
rezerv kapital, maxsus fondlar, o`tgan yillardagi taqsimlanmagan 
foydalar, rezervlar, qayta baxolash natijalaridan iborat. 
SHundan, tijorat banklar ustav kapitali ular tomonidan chiqargan 
aktsiyalarning nominal qiymatiga teng bo`lib, bankning boshlangich 
ish faoliyatida bank faoliyatini yuritishi uchun kerakli darajada 
mablag’ga ega bo`lish maqsadida o`zi uchun etarli bo`lgan miqdorda 
joylashtiriladi. 
SHuningdek, 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
fond 
bozorlariga joylashtirilgan aktsiyalarning nominalidan yuqori bo`lgan 
bozor narxlari qo`shimcha ravishda nominalidan ortiqcha qismi 
qo`shimcha kapitalda xisobga olinadi. 
Mamlakatimiz 
tijorat 
banklarining 
passiv 
operatsiyalarini 
tarkibida ularni depozit mablag’larini shakllantirish manbasi tijorat 
banklarini aktiv operatsiyalarini tashkil etishda muhim va hal qiluvchi 
o`ringa ega. CHunki passiv operatsiyalarni ichida ularning depozit 
mablag’lari tijorat banklari o`z aktivlarini oshirish hisobiga o`z 
likvidliligi va rentabelligini oshirish imkoniga ega bo`ladi. 
Depozit operatsiyalar – banklarning depozitorlar bilan tuzgan 
shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko`ra muayyan muddatga 
jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalardir.
Pul qo`yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar 
quyidagilarga bo`linadi: 
1. yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); 
2. jismoniy shaxslar; 
1
Усоскин В.М, Современный коммерческий банк, 1994 йил, 91 бет 


283 
Mablag’larni olish shakliga ko`ra depozitlar quyidagilarga 
bo`linadi: 
3. muddatli depozit mablag’lar; 
4. talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar; 
5. aholining jamg’arma qo`yilmalari. 
O`z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab 
tasniflanadi. Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib 
chiqib tasniflanadi; 
6. 3 oy muddatgacha depozitlar; 
7. 3 oydan 6 oygacha depozitlar; 
8. 6 oydan 9 oygacha depozitlar; 
9. 9 oydan 12 oygacha depozitlar; 
10. 12 oydan yuqori bo`lgan depozit mablag’lar. 
Muddatli depozitlar bu banklar tomonidan ma`lum muddatga 
jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlarlar qo`yilgan 
muddatda o`zgarmas bo`lishi lozim va ular joriy to`lovlar uchun 
ishlatilmaydi.

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling