Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

17.2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari 
passivlarining barqarorligi.
Passiv operatsiyalar bu bank resurslarini shakllantirilishi bilan 
bog’lik operatsiyalardir. Passiv operatsiyalar aylanmadagi bo`lgan,
yangi resurslar jalb qilish (orqali) natijasida banklarning aktiv 
operatsiyalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratiladi.
Tijorat bank faoliyatini tashkil qilishning ilk bosqichi, ular passiv 
operatsiyalarini amalga oshirish hisobiga resurclarini shakllantirishdan 
iborat. Tijorat banki mustaqil faoliyat yurituvchi sub`ekt sifatida o`z 
faoliyatini boshlashi uchun zarur bo`lgan talablardan biri, bu bankning 
talab darajasidagi o`z potentsiallariga ega bo`lishidir. SHu bois 
banklar faoliyatini olib borish avvalo etarli miqdordagi bank 
resurslarining mavjud bo`lishini taqozo etadi. Har qanday tijorat 
banklarning passiv operatsiyalarining samarali boshqarib borilishi 
bank resurslarining mukammal tashkil qilinishi va tejamli 
ishlatilishiga zamin yaratadi. Hosil qilingan resurslar tijorat 
banklarning tijorat va xo`jalik faoliyatini ta`minlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining passiv 
operatsiyalari, uning tarkibi va hajmini oshirishda uni samarali 
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining resurs 
bazasini shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki 
resurslar manbalari to`zilmasini doimiy ravishda o`zgartirib turishni 
ham o`z ichiga olgan holda, bank aktivlari va passivlaridan oqilona 
foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Tijorat 
bank 
passivlaridan 
samarali 
foydalanish 
passiv 
operatsiyalarini asosini tashkil qiluvchi, xususan, kapitalini oshirish, 
depozit siyosatining oqilona yuritish, asosiy strategik va taktik 
yo`nalishlarini belgilashdan iborat bo`ladi. 
Tijorat bank resurslari bizga ma`lumki passiv operatsiyalarni 
natijasida shakllanadi. Bankning passiv operatsiyalari – bankning o`z 
va jalb qilingan mablag’larini ustida amalga oshirilgan amaliyotlarda 
yuzaga keladi. Moliyakredit lug’atlarda berilishicha, banklarning 
passiv operatsiyalari bu – «Banklar kredit va boshqa aktiv 


281 
amaliyotlarni 
bajarish 
uchun 
o`z 
resurslarini 
shakllantirish 
operatsiyalari»
1
dir. 
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi 
to`rtta shaklidan keng foydalaniladi: 
а) banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni 
ko`paytirishga ajratmalar; 
б) depozit operatsiyalar; 
в) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar; 
г) qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga 
chiqarish (emissiya). 
д) Tijorat banklarining passiv operatsiyalari deganda, ularni resurs 
bazasini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalari tushuniladi.

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling