Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
Nazorat uchun savollar 
1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi va ularnig 
aktiv va passiv operatsiyalarini tushuntirib bering?
2. O`zbekistonda nobank kredit tashkilotlari, ularning turlari, 
zarurligi va resurs bazasini shakllanishini yoritib bering?
3. Nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalining eng kam 
miqdoriga qo`yiladigan talablar hamda ularning aktiv operatsiyalarini 
yoritib bering?
4. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda 
O`zbekistonda nobank kredit tashkilotlarining yo`nalishlarini izohlab 
bering? 
 


301 
19-MAVZU. KREDIT TIZIMI VA UNING 
BARQARORLIGIGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR 
 
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining 
elementlari. Kredit tizimining turlari.
19.2. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillar. 
“Kredit tizimi” tushunchasining mazmuni. Kredit tizimining 
tarkibi. Kredit tizimining elementlari.
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining 
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish 
davri kredit tizimi.
19.4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar. 
Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining 
barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar.
 
19.1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining 
elementlari. Kredit tizimining turlari.
Hozirgi kunda farqlarning yo`qolishi va banklar tomonidan 
funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo`lishi asosan yirik tijorat
banklarida sezilarli amalga oshmoqda. SHu qayd qilish lozimki yirik 
banklarning universallashuvi va global yo`nalishlarining olib borilishi 
kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya`ni ma`lum turdagi 
operatsiyalarga 
moslashgan 
tashkilotlarga 
aylanishiga 
sabab 
bo`lmokda. Bu esa ko`pgina mamlakatlarda faoliyot ko`rsatayotgan 
ko`p boskichli bank tizimiga xos xususiyatdir. 
Bugungi kunda banklarning ko`p pog’onali bo`lishi ularning 
tashkiliy tuzilishiga bog’liq. 
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bian 
tizimi xosdir. 
Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy 
bank xali mavjud bulmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat 
bo`lsagina rsal (xaqiqatda) mavjud bo`lishi mumkin. 
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki 
pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu 
Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit 
tashkilotlaridir. 


302 
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-
kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy bankning moliya 
bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish 
darajasiga va xususiyatiga bog’liq. 
Bu esa o`z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga
asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy 
bank bo`ladi. 
Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining 
qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy 
moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab kiladi. Bu 
kuyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. 
Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum mikdorda tartibga 
solish nazorat qilish maqsadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus 
institut sifatida Markaziy bank yuzaga chikadi. 
Kredit tizimi bu kreditning barcha xususiyatlarini o`z ichida 
ichida nomoyon etadigan va kreditning mohiyatini belgilashga xizmat 
qiladigan elementlarining yig’indisidir. 
Kreditning qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz to`lashlilik 
xususiyatlari hamda kredit munosabatlarini kredit beruvchi va kredit 
oluvchi o`rtasida ixtiyoriy yuzaga kelishi kabi xususiyatlar amaliyotda 
o`z aksini topgan bo`lishi kerak. 
Kredit tizimi tarkibiy jihatdan 3 qisimdan iborat: 
1. Bank tizimi 
2. Nobank kredit tashkilotlari 
3. Maxsus iqtisoslashgan kredit muassasalari 
Maxsus 
iqtisoslashgan 
kredit 
muassasalariga 
Faktoring 
kompaniyalari, 
Forfeyting 
kompaniyalari, 
lizing 
va 
trast 
kompaniyalarikiradi. Bu muassasa moliya bozorining ma`lum 
segmentida faoliyat ko`rsatadi va tijorat banklari bilan raqobat qiladi. 
Masalan, Faktoring kompaniyalari Faktoring xizmatlari bozorida, 
Lizing kompaniyalari lizing bozorida tijorat banklari bilan raqobat 
qiladi. Lekin har qanday mamlakatda kredit tizimining yadrosini bank 
tizimi tashkil qiladi. Bu esa quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
1. Markaziy bank kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish 
vakolatiga ega ekanligai; 
2. Tijorat banklarini depozit qabul qilish va hilma xil moliyaviy 
xizmatalr ko`rsatish vakolatiga ega ekanligi; 
3. Tijorat banklari qudratli moliyaviy institutlar ekanligi. 
Kredit tizimi quyidagi elementlardan iborat: 


303 
1. Kredit 
2. Kreditning printsiplari 
3. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari 
4. Kreditning qonunlari 
5. Kreditning chegaralari. Berilayotgan kreditlarning yuqori va 
quyi miqdorlariga nisbatan o`rnatiladigan cheklovlardir. Kredit 
chegaralari iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha, mijozlar guruhi bo`yicha, 
kreditlash shakllari bo`yicha va kreditning turlari va shakllari bo`yicha 
belgilanadi. Masalan, tijorat banklari tomonidan kredit portfelining 
diversifikatsiya darajasini ta`minlash uchun bitta tarmoqqa beriladigan 
kreditlar bo`yicha 25% li cheklov o`rnatiladi. Bu cheklov tijorat 
banklarining kredit siyosatida aks ettiriladi. Bundan tashqari tijorat 
banklarida kreditlarning tarmoq limitlari qo`llaniladi. Masalan, 
O`zbekistonda tijorat banklari bitta mijozga yoki o`zaro bog’liq 
mijozlar guruhiga o`zini birinchi darajali kapitalining 5% igacha 
ta`minlanmagan kreditlar bera oladi. Overdraft krediti bo`yicha 
kreditning eng yuqori chegarasi mijozning joriy hisobraqamining 
debetli qoldig’i summasi bilan belgilanadi. Kreditning turlari bo`yicha 
kreditning 
chegaralari 
aniq 
belgilanadi. 
Masalan, 
aylanma 
mablag’larni to`ldirish uchun beriladigan qisqa muddatli kreditlarning 
chegarasi korxonaning o`z mablag’lari manbalarining etishmagan 
summasi bilan belgilanadi. YOki ipoteka kreditlarining chegarasi uy-
joy qiymatining 75% igacha bo`lgan qismi bilan belgilanadi. 
Kreditlash mexonizmi. Bu mexanizm kreditni berishdan to uni 
qaytarishgacha bo`lgan jarayonlarni amalga oshirish tartibini 
belgilaydi. Xususan, kredit shartnomasi, kredit mexanizmida asosiy 
o`rinni egallaydi. 
Kredit infratuzilmasi 2 qismdan iborat: 
a) huquqiy infratuzilma 
b) instituttsional infratuzilam 
Huquqiy infratuzilma kredit tizimi faoliyatining qonunchilik 
asoslaridan iborat. Masalan, o`zbekistonda fuqarolik kodeksi, 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank to`g’risidagi qonun, banklar 
va bank faoliyati to`g’risidagi, mikromoliyalash to`g’risidagi, 
mikrokredit tashkilotlari to`g’risidagi qonun, Lizing, Ipoteka 
to`g’risidagi qonun va garov to`g’risidagi qonun kredit tizimining 
birlamchi huquqiy infratuzilmasi hisoblanadi. 
Institutsional infratuzilmaga kredit munosabatlariga xizmat 
ko`rsatuvchi tashkilotlar va muassasalar kiradi. 


304 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling