Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Kollektor tashkilotlari unmagan kreditlarni undirib beradi. 
Kredit tizimini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar. 
Odatda dunyoning ko`plab mamlakatlarida bu vazifani Markaziy 
banklar bajaradi. Markaziy bankda nazorat funksiyasi bo`lmagan 
mamlakatlarda kredit tizimi ``moliya bozori regulyatori`` tashkiloti 
tomonidan nazorat qilinadi. 
Kredit tizimiga ta`sir qiluvchi omillar ko`p sonli bo`lib, ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin: 
1.sog’lom raqobat muhitining mavjudligi 
2.kredit 
muassasalari 
mijozlarining 
moliyaviy 
holatining 
o`zgarishi. Banklarning va boshqa kredit muassasalarining iqtisodiy 
qudrati va moliyaviy salohiyati bevosita mijozlarning moliyaviy 
holatiga bog’liq. 
3.kredit 
muassasalarining 
likvidliligi 
va 
kapitallashish 
darajasining o`zgarishi. Odatda kredit muassasalari aktivlarining 
sifatini yomomlashishi kredit muassasalarining likvidliligi va to`lovga 
qobilligini yomonlashishiga olib keladi. 
4.makroiqtisodiy barqarorlik. 
5.siyosiy barqarorlik. Bu mamlakatda siyosiy vaziyatning 
yomonlashishi natijasida siyosiy riskning chuqurlashishi bilan bog’liq. 
6. Markaziy bankning monitar siyosatini o`zgarishi. 
7. Kredit muassasalari faoliyatidagi risklarni boshqarish 
tizimining samarali ishlashi. 
- kredit tizimining barqarorligini ta`minlashda eng asosiy omil 
kredit tizimiga bo`lgan ishonch hisoblanadi. 
- kredit muassasalarining likvidliligi va to`lovga qobilligini 
ta`minlash uchun zarur shart sharoitlarni ta`minlash. 
- makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash usuli. Bunda ayniqsa 
inflyatsiya va devalvatsiya darajasi kredit muassasalari faoliyatiga 
kuchli ta`sir ko`rsatadi. 
- kredit muassasalari faoliyatidagi risklarni boshqarish tizimini 
takomillashtirish. 
- kredit muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy 
qo`llab-quvvatlash usuli. Bunda ayniqsa soliq imtiyozlari berish, 
Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlar berish davlat 
tomonidan muammoli aktivlarni sotib olish usullaridan keng 
foydalaniladi. 


305 
Banklar yangi operatsiyalar bajarishga buning uchun maxsus 
tayyorlangan kadrlarga ega bo`lmasdan kirishishi oqibatida ham 
to`lovga layoqatsizlik kelib chiqishi mumkin. 
Bir shaxsdan yirik miqdorda depozitlar qabul qilish, ularning 
moliyaviy holati birdan yomonlashgan hollarda ham tijorat banklarida 
to`lovlar bo`yicha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun 
ham, bir omonatchi(kreditor)ga to`g’ri keladigan maksimal xatar 
hajmi belgilab qo`yilgan. 
Har bir tijorat banki o`z nizom kapitalini har choraklik ajratmalar 
asosida (yillik ko`zda tutilgan o`sishga nisbatan 25%) to`ldirishlari 
lozim. 
YUqoridagilardan tashqari, hisobni to`g’ri yo`lga qo`yish, bosh-
qarishdagi xato va kamchiliklarni tugatish, kadrlar malakasini oshirish 
ham banklarning to`lovga layoqatliligini ta`minlashga ta`sir 
ko`rsatadi. 
Biror mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, no-
mutonosibiklarning bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning 
foaliyatiga borib taqaladi. Ayniqsa, o`tish davrini boshdan 
kechirayotgan 
davlatlarda 
yuz 
bergan 
va 
yuz 
berayotgan 
inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi 
sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo`lgan 
inqirozlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, aholining banklarga 
ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning 
tushkunligi holatlari banklarning to`lovga qobiliyatini yo`qqa 
chiqaradi. SHunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to`lovga 
qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta`sir etuvchi omillarni 
aniqlash lozim. CHunki likvidlik va to`lovga qobiliyatlilik murakkab 
iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi 
past bo`lish mumkin. 
Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. 
Odatda, ular ichki va tashqi omillarga ajratilib o`rganiladi. Tijorat 
banklarning likvidligi va to`lov qobiliyatini belgilaydigan ichki 
omillar qatoriga quyidagilar kiradi: 
– bankning mustahkam kapital bazasi; 
– aktivlar sifati; 
– depozitlar sifati; 
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi; 
– aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha 
mutanosibligi; 


306 
– malakali menejment; 
– bankning imidji. 
Bankning mustahkam kapital bazasi xususiy kapitalining 
mutlaq 
qiymatini 
ifoda 
etib, 
aktivlar 
bo`yicha 
tavakkalchiliklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va 
depozitchilar mablag’larining kafolati hamdir. Bankning xususiy 
kapitali nizom fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat 
bo`lib, moliyaviy barqarorlik uchun ham asosdir. SHunday qilib
bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa, likvidlilik ham 
shuncha yuqori bo`ladi.

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling