Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
20.4. Valyuta kursi rejimlari.
Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy 
faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan xalqaro 
savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni 
rivojlanishiga ta`sir ko`rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta`sir 
ko`rsatadi. Bunga sabab valyuta kursi holati bilan mamlakat 
iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o`rtasidagi o`zaro 
bog’liqlikdir. 
Valyuta kursi, asosan, kapital va kredit harakatida, tovar va 
xizmatlar savdosida valyutalarni o`zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni 
amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan 
tushumini o`z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning 
valyutasi uning o`z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to`lash 
vositasi sifatida amal qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib 
olgan tovarlarni to`lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan 
tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor 
narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida 
ifodalangan qiymat ko`rsatkichlarini taqqoslaydi. 
SHuningdek, firma va banklarning chet el valyutasida mavjud 
bo`lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta 
kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul 
birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, eKYU) ifodalangan 
bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va 
taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan 
hisoblab chiqilgan koefitsenti sifatida namoyon bo`ladi. Ammo 
valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati 
hisoblanadi. Bu iqtisodiy tushuncha tovar ishlab chiqarishda ishtirok 
etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o`rtasidagi 
ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab 
chiqarish iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir 
mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi 
ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat 
munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar 
valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini 
boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish 


330 
natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki 
chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik 
darajasi yuzaga keladi. 
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy 
bog’liqdir. Valyuta kursining o`zgarishiga bir qancha omillar ta`sir 
etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik 
xarakterga ega bo`lib, valyuta kursiga to`g’ri yoki teskari ta`sir 
ko`rsatadi. Valyuta kursiga ta`sir etuvchi omillarni quyidagi 
guruhlarga bo`lish mumkin: 
1. Valyuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki 
xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo`lgan 
omillar: 
– xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi 
milliy mahsulotining (YAMM) to`lov balansi; 
– pulning ichki va tashqi taklifi; 
– foiz stavkalari. 
Bu ko`rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko`rsatish 
mumkin. 
2.(Uyushgan) sababomillarning o`zgarishiga ta`sir etuvchi va 
valyuta kursini o`rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta`sir 
etuvchi omillar. 
3.Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tengligidan chiqib ketishi 
natijasida yuzaga keladigan omillar:
– iqtisodiy tanglikning namoyon bo`lishi; 
– davlat byudjeti taqchilligi 
– nazoratsiz emissiya; 
– inflyatsiya; 
– ichki va tashqi baholar o`rtasidagi farq. 
– monopol ishlab chiqarish; 
– pullarning xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi. 
a) To`liq hajmda to`lov vositasi; 
b) jamg’arish vositasi; 
v) Kapitalning chetga oqib ketishi; 
– investitsiyani qisqartirish; 
– ishlab chiqarish hajmining pasayishi. 
– resurslar aylanmasida qatnashmaslik; 
– iste`molchilar foydalarining pasayishi; 
– valyuta birjasidagi o`yin; 


331 
– tovarlarning «yuvilishi»; 
– demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning 
olib borayotgan tashqi savdo faoliyati. 
4. Siyosiy omillar; 
– mamlakat pul tizimiga bevosita o`zgarish kirituvchi siyosiy 
qarorlar; 
– boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi; 
– iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi; 
– iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini birbirini tushuna 
olish darajasi; 
– qonunlarni bajarilish darajasi; 
– iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori; 
– mamlakatdagi siyosiy kuchlar o`rtasidagi kelishmovchiliklar 
darajasi; 
– iqtisodiyotni ko`tarish bo`yicha aniq ishlangan dasturning 
yo`qligi; 
– aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi; 
– xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling