21-MODUL. XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI VA
ULARNING TURLARI
21.1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari.
21.2. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
21.3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil
topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv
operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklari.
21.4. Evropa ta`mirlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi,
maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari.
Osiyo taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv
tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Islom taraqqiyot banki:
tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv
operatsiyalari.
Tayanch iboralar: xalqaro moliya institut, Evropa
ta`mirlash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom
taraqqiyot banki, XMK, JB, XVF.
21.1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari.
Xalqaro moliya institutlari nafaqat jahon iqtisodiyoti balki
milliy
iqtisodiyotni
rivojiga,
jahon
iqtisodiyotini
iqtisodiy
integratsiyalashuv jarayonlarini oshirishga, xududlarni ijtimoiy –
iqtisodiy muammolarini barataraf etishda muhim rol o`ynaydi.
CHunki xalqaro moliya institutlari o`z faoliyati ko`lamini milliy
iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan iqtisodiyotni etakchi tarmoqlarini
modernizatsiyalash, texnik qayta qurollantirishda tez sur`atlarda
rivojlanishida moliyaviy mablag’lar bilan doimiy ta`minlab borishda
xal qiluvchi rol o`ynaydi, shuningdek, ular chet el kapitali xarakatini
qayta taqsimlash orqali o`zini faoliyat ko`lamini oshirib bormoqda. Bu
shu xududni iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarini rivojiga ijobiy
ta`sir etsa, ikkinchidan aholini ish bilan bandlik darajasini, turmush
darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |