Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
21.2. Mintaqaviy rivojlanish banklari. Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo`lib, Amerika bozorlarida obligatsiya qarzlarini chiqarish va ularni sotishdan olingan mablag’lar hisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a`zo mamlakatda ishlab chiqarish ob`ektlarini kengaytirish uchun xukumat kafolati ostida beradi. SHuningdek XTTB boshqa banklarning uzoq muddatli kreditlari bo`yicha kafolat ham beradi. U ham XVF singari, qarzdor mamlakatning moliyaviy holati, kreditlanuvchi ob`ektlar va ushbu ob`ekt bo`yicha bank missiyasi tomonidan o`rganilgan axborotlarni talab qiladi. XTTB quyidagi dasturlar doirasida faoliyat yuritadi: - iqtisodiy boshqaruv va kambag’allik bilan kurashish; - ekologiya va ijtimoiy rivojlanish; 1 www.mfino.ru маълумотлар асосида муаллиф томонидан келтирилган. 346 - infratuzilma, xususiy sektor va moliya; - inson salohiyatini rivojlantirish. Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug’ullanmoqda: kredilarining 1/3 qismini qo`shma moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to`lov balansi holatini yaxshilashga shuningdek, iqtisodiyot tuzilmalarini tartibga solishga strukturali kreditlarni ajratadi. Hozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi: – turli xildagi investitsiya loyihalarini uzoq va o`rta muddatli kreditlash; – loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy va texnik asoslarini tayyorlash; – rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy qayta qurish dasturlarini moliyalashtirish. XTTBning asosiy mablag’lari hozirgi kunda o`rta va uzoq muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli qog’ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo`lib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya`ni xalqaro darajada to`lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi. XTTBning eng yirik qarzdorlari bo`lib, Indoneziya, Braziliya, Ruminiya, Meksika, Xitoy, Turkiya, Qozog’iston, Pol’sha, Fillipin hamda Morokko mamlakatlari hisoblanadi. Keyingi yillarda XTTB jahon moliya bozorida yirik qarzdor rolida chiqmoqda. Bank tomonidan chiqarilayotgan obligatsiya qarzlari summasi davlatlararo investitsiya banklari o`rtasida eng katta solishtirma og’irlikka egadir. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) – Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo`lib, u 1960 yilda tashkil etilgan. XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a`zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana`naviy kreditlarga nisbatan og’ir bo`lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko`mak berish hisoblanadi.Mazkur qarzdorlar ichida eng yiriklari Indoneziya va Braziliya hisoblanadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling