Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
Mintaqaviy rivojlanish banki Iqtisodiy geografik xududlar doirasida cheklangan xalqaro moliya institutlar Xususiyatli belgilar 1)Mintaqaviy rivojlanish banki tegishli iqtisodiy xududlarda faoliyat 343 olib boradilar va ushbu mamlakatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni belgilaydilar: 2)Mintaqaviy banklar iqtisodiyot milliy iqtisodiy mustaqil mamlakatlarga nisbatan ularni iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko`ra tabaqalashgan kredit siyosatini olib boradilar; 3)Mintaqaviy banklar o`rtasida eng katta yirik ETTB hisoblanadi: ETTB iga 56 ta mamlakat a`zo: ETTB faoliyati a`zo mamlakatlarda ko`ppariyaviylik,plyuralizm va bozor islohotlarini mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jixalariga ega: 4)Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasining yirik mintaqaviy banklari Amerikalararo taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki Osiyos taraqqiyot bankilardan iborat. -Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida yirik xalqaro banklarning tashkil etilishi mustamlaka tizimning tanazzulga yuz tutishi va ushbu xududlarga xos iqtisodiy muammolarni xal etish 21.8- rasm.Mintaqaviy rivojlanish banki 1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotini rivojlantirishda mintaqaviy rivojlanish tashkilotlari ham muhim rol o`ynaydi. Mintaqaviy rivojlanish banklari o`z mintaqalariga boshqa xalqaro tashkilotlarga nisbatan imtiyozli kreditlar ajratish orqali uni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish tashkilotlariga Evropa tiklani va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Amerikaaro taraqqiyot banki, Afrika taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banklarini kiritishimiz mumkin. Evropa tiklanish va taraqkiyot banki ETTB — 1991 yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a`zo. ETTB Markaziy va SHarkiy Evropa mamlakatlariga bozor iktisodiyotiga o`tish bo`yicha isloxotlarni o`tkazishda ko`maklashish maqsadida tuzilgan. ETTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: - infratuzilmani rivojlantirish; -turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalarning loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslarning 60% i xususiy sektorga, 40% i davlat sektoriga mo`ljallangan; - xususiy kapital qo`yilmalarga kafolatlar berish; 1 Муаллиф томонидан мустақил ишлаб чиқилган 344 - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; - aniq loyihalarga maslahat-texnik yordam berish. Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to`g’ridan-to`g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo`lib hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi homiylar salohiyati yuqori bo`lishi va biznes reja- larining ishonchli bo`lishini talab qiladi. Boshka rivojlanish banklaridan farqli ravishda ETTB siyosiy tuzilmalarni kreditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo`llab- quvvatlash va loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan. Bank takdim etadigan kreditining eng kam mikdori 5 mln. evroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo`yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo`llagan xolda) yoki kat`iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chikadi. ETTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 200-2013 yillarda 265 tadan 302 tagacha ortgan. 2013 yilda ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 12,9 mlrd.evroni tashkil etgan. 2013 yilda ETTB tomonidan ajratilgan mablaglarning 38% i moliya sektoriga, 27% i korporativ sektorga, 17% i infratuzilma soxdsiga va 18% i energetika sohasiga yo`naltirilgan. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966 yilda tashkil topgan va unga 57 tamamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a`zo. OTB ga a`zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo`iicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a`zo bo`lsalar) uchun ochiq. A`zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyb 37% i va ovozlarining 35% i to`g’ri keladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB, ing. International Bank for Reconstruction and Development) - Jahon bankining asosiy kredit tashkiloti bo`lib keng miqyosda Jahon banki nomi bilan 345 tanilgan. Ushbu bankga a`zo bo`lish uchun ariza taqdim etgan mamlakat avvalo XVFga a`zolikka kirgan bo`lishi lozim. Bankning barcha qarzlari a`zo davlatlar hukumatlari tomonidan kafolatlanishi kerak. Qarzlar bo`yicha har olti oyda o`zgaruvchi foiz stavkasi belgilanadi. Hozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga teng. Qarzlar asosan 15-20 yil muddatga, asosiy qarz summasi bo`yicha to`lovlarni 3-5 yilga uzaytirish tartibida beriladi. Qarz berish davlat xukumatining kafolati olingandan so`ng amalga oshiriladi 1 . XTTB – 1944 yilda Bretton-Vudsdagi (AQSHning N’yu- Xempshir shtatidagi shaharcha) Xalqaro valyuta – moliyaviy konferentsiyada XVF bilan bir vaqtda tuzilgan davlatlararo investitsiya institutidir. Bir vaqtning o`zida bankning nizomi ham bo`lib qolgan XTTB haqidagi Bitim 1945 yilda rasmiy jihatdan kuchga kirgan, bank o`zining faoliyatini 1946 yildan boshlagan. XTTBning shtab-kvartirasi – AQSHning Vashington shahrida joylashgan. XTTB 2013 moliya yilida 20,6 mlrd.AQSH dollari hajmidagi kredit resurslarini zahira qildi, ushbu ko`rsatkich 2009 moliya yiliga nisbatan 52,8% oshgan. XTTBning asosiy maqsadi – a`zo mamlakatlarga uzoq muddatli kredit va qarzlar berish hamda xususiy investitsiyalarni kafolatlash orqali ularning iqtisodiyotini rivojlantirishga ko`maklashish hisoblanadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling