Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
- Bu sahifa navigatsiya:
- Марказий банк интервенциялари ҳажми ва АҚШ долларининг сўмга нисбатан ўртача ойлик биржа алмашув курси
Ichki valyuta bozori tahlili
2018 yilning o`tgan davrida mamlakatimiz ichki valyuta bozorida talab va taklif muvozanatining shakllanishiga mavsumiy omillar, to`lov balansi holati, valyuta almashuv kursi bo`yicha kutilmalar, foiz stavkalari o`rtasidagi tafovutlar, AQSH dollarining ichki va jahon moliya bozorlaridagi kon`yunkturasi hamda boshqa bir martalik omillar ta`sir ko`rsatdi. 2018 yilning 9 oyi davomida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan ichki valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyutalar miqdori 7,1 mlrd. AQSH dollari (jami importning 52 foizi, jami eksportning 75 foizi)ni tashkil etdi. Mazkur talabning 28 foizi (2 mlrd. AQSH dollari) Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga interventsiyalari hisobiga qoplandi. Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida interventsiyalar almashuv kursining fundamental trendiga ta`sir etmagan holda, uning keskin tebranishlari oldini olish maqsadida amalga oshirib borildi. Bunda oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma`lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlari ko`zlanmadi. SHuningdek, interventsiyalar hajmida ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta`sirida oylar orasida o`zgarishlar kuzatildi. Xususan, 2018 yilning birinchi choragida Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 600 mln. AQSH dollari (maqsadli sotish miqdoriga yaqin ko`rsatkich) miqdorida interventsiya qilingan bo`lsa, ikkinchi choragi davomida interventsiyalar hajmi birinchi chorakdagi ko`rsatkichning teng yarmini tashkil etdi. 341 Марказий банк интервенциялари ҳажми ва АҚШ долларининг сўмга нисбатан ўртача ойлик биржа алмашув курси 20.4-Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari. SHuningdek, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo`lgan talab va taklif orasida katta salbiy farq vujudga kelgan sentyabr’ va oktyabr’ oylarida esa Markaziy bank interventsiyalari hajmining o`tgan 8 oydagi o`rtacha sof interventsiyalar hajmiga (o`rtacha oylik 158 mln. AQSH dollari) nisbatan mos ravishda 615 va 318 mln. AQSH dollariga oshishi keskin tebranishlarni yumshatuvchi omil bo`ldi. Natijada oktyabr’ oyi oxiriga kelib so`m deval’vatsiyasi joriy yil boshiga nisbatan 1,3 foizni tashkil qildi (-rasm). Nazorat uchun savollar 1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish asoslari hamda milliy valyuta tizimining elementlarini yoritib bering? 2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish tizimini tushuntirib bering? 3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmunini, erkin almashinadigan valyutalar hamda halqaro zaxira valyutalar bo`yicha tushunchalaringizni ayting? 4. Valyuta kursi rejimlari, milliy valyuta tizimi va uning elementlarini hamda jahon valyuta tizimi va uning elementlarini yoritib bering? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling