Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
20.2. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. Valyuta 
munosabatlarini tartibga solish tizimi. 
Valyuta 
tizimi 
ahamiyatining 
o`sishi 
rivojlangan 
mamlakatlarning milliy va mahalliy doirada valyuta sohasida davlat 
monopolistik boshqaruvining yangi usuli va vositalarini izlashga 
majbur etmoqda. 
Jahon valyuta tizimi (JVT) va uning evolyutsiyasi 
Rivojlangan 
davlatlarning 
valyuta 
tizimi 
nafaqat 
ular 
o`rtasidagi pul hisobkitob munosabatlarini, balki ichki pul 
muomalasining katta qismini ham o`z ichiga oladi. JVT oltin 
standartga asoslangan tizimdan asta sekin maqsadli boshqariladigan, 
qog’ozkredit pullariga asoslanadigan tizimga aylandi. SHu bilan birga, 
uning rivojlanishi (o`n yilliklar farqi bilan) milliy pul tizimining 
rivojlanish bosqichlarini takrorlaydi. Ichki iqtisodiyotda pul tizimi 
oltin tanga standartidan oltin quyma va oltindeviz, undan kredit, 
qog’oz pul muomalasiga o`tdi va oxirgi bosqichda ko`proq e`tibor 
kredit vositalariga qaratiladigan bo`ldi. 
Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namoyon 
bo`ldi. Bunda oltintanga standarti mutlaqo bo`lmagan, oltin quyma 
standarti asrlar davomida mavjud bo`lgan; oltin bilan bir qatorda 
yordamchi kredit pullari veksel, chek va boshqa ko`rinishida 


323 
rivojlangan. Ammo XX asr boshiga kelib, bu tizim xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning yangi shakliga javob bermay qoldi. Bu davrning 
eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish – JVT ning yangi 
oltin standart shakllari bilan qaramaqarshilikka uchradi. Bundan 
tashqari, oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan davlatlar xazinasida 
to`plana bordi. SHuning uchun ham, davlatlar o`rtasida yangi 
boshqariladigan valyuta tizimi zarur edi. 30yillarining ikkinchi 
yarmida oltin standart shakllari o`rniga qog’ozkredit pul muomalasi 
keldi. U davlatga emissiya mexanizmidan iqtisodiyotni boshqarish 
vositasi sifatida foydalanish imkonini berardi.
Jahon valyuta tizimi rivojlanishining muhim bosqichi Ikkinchi 
Jahon urushidan keyin boshlandi. 
Ikkinchi Jahon urushi oltin zaxiralarining yangi taqsimotiga 
olib keldi: 
-barcha davlatlarning deyarli 4/5 oltin zaxiralari AQSHda 
to`plandi. 
Dollarning 
JVTda 
etakchi 
o`rindaligi, 
oltindeviz 
standartining oltin dollar shaklini olganligidan dalolat berardi.
Bu 
holat 
rasmiy 
ravishda 
1944 
yil 
iyulda 
Brettonvudsdagi(AQSH)BMT 
Konferentsiyasida 
tasdiqlangandi. 
Unda urushdan keyingi Jahon valyuta tizimiga asos solindi. 
JVT ining tashkiliy va faoliyat tamoyillari quyidagilar qilib 
belgilandi: 
– oltin JVTining asosi sifatida tan olindi; 
– dollar va funtsterlingga xalqaro hisobkitoblarda va chet el 
valyuta zaxiralarida asosiy o`rin berildi va ularni oltin o`rniga taqdim 
etilishi mumkinligi tasdiqlandi; 
– dollarga nisbatan barcha mamlakat valyutalarining qat`iy 
pariteti o`rnatildi, dollar orqali esa – oltinning va chet el 
valyutalarining birbiriga nisbatan bahosi aniqlanadigan bo`ldi; 
– valyuta kursining dollar paritetiga nisbatan tebranishi = 1 % 
darajasida belgilandi; 
– JVTni boshqarish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) 
va Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki (XRTB) tashkil etildi; 
– valyuta cheklovi tizimi bekor qilinib, milliy valyuta 
konvertatsiyasi tiklandi. 
Bu shaklda tuzilgan, II- Jahon urushidan keyingi JVT xalqaro 
valyuta moliya munosabatlaridagi tartibsizlikni yo`qotishga imkon 
berdi. 


324 
Ammo Brettonvuds tizimining qarama qarshiligi – tartibsiz 
bozor (oltinstandart) va boshqariladigan dollar tizimi bo`yicha ish 
yuritish quyidagilarga olib keldi: 
– o`zgarmas oltin narxi va narxi o`suvchi tovar va xizmatlar 
orasida farq yuzaga kelishiga; 
AQSHdan ko`p miqdordagi kapitalning boshqa davlatlarga oqib 
ketishiga (19571971 yillarda 54,2 mlrd. dollar miqdorida to`g’ri 
investitsyalar tarzida AQSHdan boshqa davlatlarga oqib o`tgan); 
– chet ellardagi katta harbiy xarajatlarga; 
– AQSHning to`lov balansi taqchil bo`lishiga (uning miqdori 
19531972 yillarda – 69 mlrd. dollarni tashkil qilgan); 
– dollarning real kursi va uning oltin pariteti orasida 
uzulishning bo`lishiga va boshqalar. 
Bundan tashqari, 60 yillarning ikkinchi yarmida G’arbiy evropa 
va YAponiya AQSHdan o`z oltin zaxiralari va eksport hajmi bo`yicha 
ikki baravar oshib ketdi. Natijada, hatto oltindeviz standarti 
tayanadigan umumiqtisodiy asos o`z umrini tugatdi. Oltindollar 
standartining buzilishi valyuta bozorlarida dollarning «tushishi» va 
«valyuta isitmasi» degan iboralar tarzida o`z aksini topdi. 
SHuning uchun, 1970 yilda XVFchegarasida maxsus hisob va 
to`lov birligi (SDR) kiritildi va u a`zo davlatlarning valyuta 
zaxiralarini to`ldirish uchun mo`ljallangandi. SDR jahon pulining bir 
qator funktsiyalarini bajaradigan bo`ldi. U XVF a`zolarining 
kvotalariga proportsional tarzda taqsimlanadi, shuning uchun uning 
asosiy qismi (2/3 dan 3/4 gacha) rivojlangan davlatlarga, 1/4 qismi 
rivojlanayotganlariga to`g’ri keladi. SDR ning boshlang’ich kursi 
AQSH dollarining rasmiy oltin miqdoriga tenglashtirilgan. 
Keyinchalik uning qobiliyati 16 valyuta savati bo`yicha, 
hozirda esa 5 asosiy milliy valyutalar bo`yicha aniqlanadi. SDR 
JVTning asosiy zaxira vositasiga aylanmokda. 
Bu sharoitda AQSH ikki marta dollar devalvatsiyasini o`tkazdi 
(1971 va 1973 yillarda). Natijada oltinning rasmiy kursi troya 
untsiyasi 42,22 dollargacha qilib belgilab berildi. Bu davrda 
ko`pchilik rivojlangan davlatlar o`z valyuta kursini ma`lum darajada 
ushlab turish (dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechibdi. 1973 
yildan oltin maxsus oltin va tovar birjalaridagi narx asosida 
sotiladigan va sotib olinadigan bo`ldi. Oltin narxi JVTga bevosita 
ta`sir o`tkazmaydigan bo`ldi. 


325 
Bu sharoitda xalqaro valyuta munosabatlarini qayta tashkil 
qilish muammosi vujudga keldi. 1976 yil yanvarda XVFning Vaqtli 
Qo`mitasi XVF Nizomiga bir qator o`zgarishlarni kiritdi. Bu 
o`zgarishlar XVTi faoliyatini rasmiy ravishda qayta taqsimlashni 
bildirardi(YAmayka kelishuvi, 19761978 yy.). Valyuta munosabatlari 
mexanizmidagi o`zgarishlar 1978 yil 1 apreldan kuchga kirdi va u 
quyidagilardan tarkib topgandi: 
– oltinning rasmiy narxi bekor qilindi (XVFning mavjud oltin 
zaxirasi 33 foizining 1/6 qismini ochiq auktsionlarda sotib va yana 1/6 
qismini a`zo davlatlarga tarqatish yo`li bilan hisobdan chiqarishgandi); 
SDR JVTning asosiy zaxira aktiviga rasmiy ravishda 
aylantirildi. 
Valyuta kurslarining «suzuvchi» tizimi qonunlashtirildi. A`zo 
davlatlar o`z valyuta paritetini SDR yoki boshqa chet el valyutasida 
ifodalay olishi mumkin edi (ammo oltinda emas). 
Xalqaro valyuta boshqarish sohasi kengaytirildi. Buning uchun 
XVF qoshida iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo`yicha a`zo 
davlatlar vazirlari darajasida qo`mita tashkil etildi. 
Tashkil topgan valyuta tizimi ko`p jihatdan XX asrning 70 
yillaridagi jahon xo`jaligining o`zgargan sharoitlariga javob berardi. 
G’arbiy evropa valyuta integratsiyasining chuqurlashuvi evropa 
valyuta tizimining (EVT) vujudga kelishiga olib keldi. Bu valyuta 
tizimi mintaqaviy valyuta tizimi (MVT) bo`lib, u JVTining 
elementlaridan biridir. 
EVT 1979 yili tashkil etildi. Bu MVTning asosiy belgisi eKYU 
mexanizmidir. eKYU maxsus evropa hisob birligi bo`lib, GFR (1/3 
qismi) markasi boshchiligidagi G’arbiy evropaning 10 mamlakati 
valyutasining «savati»ga asoslangandir. SDRdan farqli ravishda 
eKYU bank va firmalarning xususiy operatsiyalarida qo`llaniladi. 
Milliy 
valyutalar 
kvotasi 
eKYUning 
tashkil 
etuvchilari
mamlakatning iqtisodiy potentsiali bilan aniqlanadi va har 5 yilida 
qayta ko`rib chiqiladi. «Savat»ni qayta ko`rib chiqishda hamma aktiv 
va passivlar yangi kurs bo`yicha qayta baholanadi. Oxirgi marta 
eKYU 1989 yilda belgilangan bo`lib, valyutalar ulushi (% larda): 
GFR markasi – 30,1 
Frantsiya franki – 19,0 
Golland guldeni – 9,4 
Belgiya franki – 7,6


326 
Ispaniya pesetasi – 5,3
va boshqalar – 5,45 ni tashkil qilgan. 
EI chegarasida yagona pul birligiga o`tilishi eKYUni asosiy 
valyutaga aylantiradi. 
YAmayka valyuta tizimidan farqli ravishda, eVT oltindan 
eKYUning 
ta`minoti 
sifatida 
kisman 
foydalanadi 
va 
a`zo 
mamlakatlarning rasmiy oltin dollar zaxiralarining 20 foizini 
birlashtiradi. 
Valyuta kurslari rejimi valyutalarning belgilangan chegarada 
suzishiga asoslangan (asosiy kursdan = 2,25 %, Italiyada beqarorlik 
tufayli 6 %). 
EVT mamlakatlararo mintaqaviy valyuta boshqarishini evropa 
valyuta hamkorligi fondi (EVXF) orqali amalga oshiradi. U Markaziy 
banklarga qisqa va o`rta muddatli kreditlarni valyuta interventsiyasi 
bilan bog’liq to`lov balansi taqchilligini qoplash uchun beradi. 
Valyuta sohasida yagona pul asosi jahon puli mavjud emas. 
Erkin konvertatsiya qilish va kapital oqib o`tishi sharoitida 
mamlakatlarda ichki pul muomalasi va xalqaro to`lov aylanmasi 
o`rtasidagi chegaralar yo`qolmoqda: 
Milliy 
va 
xalqaro 
pulkredit 
bozorining 
birgalashishi 
tendentsiyasi 
milliy 
pul-kredit 
bozorlarining 
o`ziga 
xosligi, 
ixtisosligini saqlagan holda rivojlanmoqda.
Hatto AQSH, GFR, Angliya, SHveytsariya va boshqa 
bozorlarda operatsiyalarni erkinlashtirgan davlatlarda ham xalqaro va 
milliy kapital bozorlari farq qilmoqda. Masalan, AQSHning evrodollar 
va milliy kapital bozorlarini olaylik. AQSHda sotuvga qo`yilgan 
rezident va rezident bo`lmaganlarning obligatsiyalari ro`yxatdan 
o`tishi lozim. Bunday holat xalqaro bozorda mavjud emas. 
Bundan tashqari, xalqaro bozorda chiqarilganiga bir oy 
bo`lmagan qimmatli qog’ozlar AQSHning investorlarga taqdim 
etilishi mumkin emas. Boshqa ko`pchilik davlatlarda bunday holatlar 
erkinroq namoyon bo`ladi (Frantsiya, Belgiya, Italiya, YAponiya va 
boshqalar). 
Valyuta sohasining xalqaro ayirboshlash munosabatlaridagi 
mavqeining oshish tendentsiyasi JVT rivojining hamma bosqichlarida 
(oltin standartdan boshlab) kuzatiladi. Milliy xo`jalik jahon xo`jalik 
aloqalariga qanchalik ko`p jalb etilgan bo`lsa, mahalliy qo`mitalar 
iqtisodiyotni tashqi nomaqbul ta`sirlardan holi etishga harakat qiladi. 


327 
Bu ziddiyat har bir davlatning oltin standartdan boshlab, to hozirgi 
kungacha bo`lgan evolyutsiyasini belgilab berdi. Masalan, oltin 
standart davridagi oltinning tartibsiz oqimi (davlatlar o`rtasida) 
oxiroqibatda ularning ishlab chiqaruvchi kuchlariga salbiy ta`sir etdi. 
1929-1933 yilgi iqtisodiy krizis valyuta mexanizmining oltin standart 
davridagi holatiga putur etkazdi: erkin valyuta almashinuvi qattiq 
valyuta cheklovlari bilan almashdi, valyuta bloklari va zonalari tashkil 
topdi, baynalmilallashuv jarayoni to`xtatildi. Bretton-vudsda tuzilgan 
xalqaro hisobkitoblar modeli valyuta mexanizmini tiklashga qaratilgan 
qadam bo`ldi. U aniq belgilangan tamoyillar asosida ish yuritar, uning 
ustidan nazoratni XVF o`z bo`yniga olgandi. 
Bretton-Vuds valyuta mexanizmi XX asrning 70 yillari 
boshlarigacha faoliyat yuritdi, u milliy manfaatlarni xalqaro 
majburiyatlar bilan birlashtirdi: davlatlarning nisbiy mustaqilligi 
(ichki iqtisodiy siyosatni o`tkazish sohasida) xalqaro kredit tizimi 
ishtiroki bilan ta`minlanardi. U o`z ichiga XVF krediti, zayomlar 
to`g’risida bosh kelishuv (1961 yil), Markaziy banklar o`rtasidagi 
svop kreditlari va boshqalarni olar edi. 
O`tgan asrning 70 yillari boshida rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyoti shunday chegaraga yaqinlashdiki, bunda keyingi iqtisodiy 
o`sish butun bazasini yangilash, valyuta ta`minotining samaradorligini 
oshirishni talab etardi. SHuning uchun 1971-1973 yillardagi 
«suzuvchi» valyuta kurslarining kiritilishi JVTning evolyutsiyasining 
qonuniy bosqichi edi. Hozirgi suzuvchi valyuta kurslari tizimi asosida 
xalqaro hisobkitob tizimida chuqur tarkibiy o`zgarishlar bo`lishiga 
olib keladi. Ular nafaqat moliyaviy operatsiyalar hajmining o`sishida 
(ular savdo operatsiyalari bilan 10:1 nisbatni tashkil etishdi), balki 
moliyaviy oqimlar harakatining davlat byudjeti, soliq va kredit 
siyosatidagi farqlarda o`z aksini topadi. Va shu munosabat bilan 
mamlakatlar o`z milliy valyutasi kursini mustaqil belgilash imkonini 
oldilar. 
SHunday qilib, hozirgi valyuta tizimida, xalqaro va 
baynanminallik o`rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga xal bo`ldi. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling