Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish davri kredit tizimi. Biror mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, no- mutonosibiklarning bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib taqaladi. Ayniqsa, o`tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo`lgan inqirozlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, aholining banklarga ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning tushkunligi holatlari banklarning to`lovga qobiliyatini yo`qqa chiqaradi. SHunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to`lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash lozim. CHunki likvidlik va to`lovga qobiliyatlilik murakkab iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi past bo`lish mumkin. Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, ular ichki va tashqi omillarga ajratilib o`rganiladi. Tijorat banklarning likvidligi va to`lov qobiliyatini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi: – bankning mustahkam kapital bazasi; – aktivlar sifati; – depozitlar sifati; – tashqi manbalarga qaramlik darajasi; – aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha mutanosibligi; – malakali menejment; – bankning imidji. Bankning mustahkam kapital bazasi xususiy kapitalining mutlaq qiymatini ifoda etib, aktivlar bo`yicha tavakkalchiliklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larining 309 kafolati hamdir. Bankning xususiy kapitali nizom fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo`lib, moliyaviy barqarorlik uchun ham asosdir. SHunday qilib, bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa, likvidlilik ham shuncha yuqori bo`ladi. Aktivlar sifati asosan to`rt xil mezon asosida aniqlanadi: likvidlilik, tavakkalchilik darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya bo`yicha. Aktivlarning likvidligi shu aktivlarning pul shakliga o`tish layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha guruhlarga ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar – kassa va vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qog’ozlarini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga qisqa muddatli ssudalar, banklararo kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy qimmatli qog’ozlari tashkil etadi.Uzoq muddatli investitsiyalar, qo`yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruh likvid aktivlarni tashkil etadi. Nihoyat, to`rtinchi guruh likvid aktivlar muddati uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Tavakkalchilik darajasi bo`yicha ham aktivlar to`rt guruxga ajratiladi va mos holda 0,20, 50, 100% lik tavakkalchilik darajasiga ega aktivlardan iborat. SHuni ta`kidlash lozimki, tavakkalchilik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, likvidlik shunchalik past bo`ladi. Aktivlarning daromadliligi aktivlarning ishchanligi va samaradorligini namoyon etadi. Daromadlik bo`yicha aktivlar daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo`linadi. Daromadlar qanchalik ko`p bo`lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo bo`ladi. Lekin ko`rko`rona daromadlilikka intilishi aktivlarning yo`qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar sifatini ko`rsatadigan mezonlardan yana biri ularning diversifikatsiyasidir. Aktivlarning diversifikatsiyasi ko`rsatkichlari bo`lib, bank aktivlarining asosiy yo`nalishlari bo`yicha tarkibi, kredit qo`-yilmalarining ob`ektlari va sub`ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (valyuta ope-ratsiyalari bo`yicha), hamkor banklar tartibi hisoblanadi. Aktivlar diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori bo`ladi. Bank aktivlarining sifati likvidlilik va to`lovga qobiliyatlilikni belgilashda katta o`rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal tanlanishi kerakki, bir vaqtning o`zida ham likvidlilik, ham to`lovga qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta`minlanishi lozim. Likvidlilikka ta`sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning depozit bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit joriy hisoblarda, 310 muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko`rinishda yig’ilgan yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar (talab qilib olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati mezoni bo`lib, ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning barqaror qismi qancha yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta`minlangan bo`ladi, ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga ehtiyojini kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, talab qilib olguncha bo`lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma depozitlarning qoldiqlari qat`iy muddatga ega ekanligi bilan barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga bog’langanligi foizlar o`zgarishi bilan bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi mumkin. Banklarning likvidliligi va to`lovga qobiliyatligi tashqi manbalarga qaramlik darajasiga, ya`ni banklararo kreditlarning ulushiga ham bog’liq. Ma`lum bir chegaradagi banklararo kredit likvidligiga hech qanday xavf tug’dirmaydi, aksincha, u likvid mablag’larga bo`lgan qisqa muddatli ehtiyojni bartaraf ham etadi. Agar banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida salmoqli o`rinni egallasa, banklararo kredit bozorida noqulay kon`yunktura vujudga kelganda bank tanazzulga yuz tutish mumkin. Tashqi manbalarga karatligi yuqori bo`lgan rivojlanish istiqboliga ega bo`lmaydi va resurs bazasining beqarorligi evaziga katta tavakkalchilik ostida bo`ladi. Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o`rtasidagi nomutanosiblik likvidlilikka jiddiy ta`sir o`tkazadi. Bankning mijoz oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun mijozdan olingan mablag’larni qaytarish muddati shu mablag’lar hisobiga qo`yilgan kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati bilan mos bo`lmog’i lozim. To`g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga qoplanishi mumkin, lekin amalda aktiv va passivlarning asosiy qismi muddat va summada munosib bo`lishi bank barqarorligining garovi hisoblanadi. Menejment, ya`ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy ta`sir o`tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona bank siyosati, bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali boshqarish mexanizmda namoyon bo`ladi. YUqori darajadagi menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo`l keladi. 311 Kerakli likvidlilik darajasi menejment bilan birga bankning imidjiga ham bog’liq. Ijobiy bankka resurslar jalb qilishda va likvid mablag’lar kamomadini to`ldirishda baho raqobatchi banklarga nisbatan ustunlik yaratadi. YAxshi reputatsiyasiga ega bo`lgan bank barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror mijozlar bilan aloqa qilishda katta imkoniyatga ega bo`ladi. Ijobiy imidjga ega bo`lish o`ta murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar evaziga shakllanadi va rivojlanish strategiyasini to`g’ri tanlash, mijozlarga xizmat ko`rsatish darajasini oshirish, marketing tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama, faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi. YUqorida ko`rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq ravishda turlicha ahamiyatga ega bo`lish mumkin. Ba`zi hollarda likvidlilik muammosini resurs bazasi sifati va tarkibi tug’dirsa, ba`zida aktivlar sifati bunga sabab bo`ladi. Asosan esa likvidlilik va to`lovga qobiliyatlilik muammolar kompleks omillar uyg’unligida paydo bo`ladi. Likvidlilik muammo-sini ko`p omilli kategoriya ekanligini tan olgan xolda, har bir bank o`zining og’riqli nuqtalarini belgilab olishi kerak, ya`ni bank likvidligini belgilaydigan omillar to`g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling