Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
Qonuniy me`yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el
valyutasining kursini, qimmatli qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosining o`rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini o`rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud; • To`g’ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko`rsatilsa, ya`ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to`g’ri keladigan miqdorda ko`rsatilsa, to`g’ri kotirovka deb ataladi. Masalan, 2006 yilning 30 sentyabrida 1 AQSH dollariga nisbatan o`zbek so`mining kursi 1250.00 so`mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 47.00 so`mni tashkil etdi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda jahondagi ko`pchilik mamlakatlarda qo`llanilib kelinmoqda. • Egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o`rnatiladi, ya`ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko`rsatiladi, masalan; 1 1 so`m = AQSH dollari yoki 1 AQSH dollari 1250.00 so`m 1250.00 332 1 1 so`m = Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 47.00 so`m 47.00 Buyuk Britaniyada funt sterling, Avstraliya dollari va eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o`rnatiladi. Agarda ikki valyuta o`rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «krosskurs» deb ataladi. Masalan: 1 AQSH dollari = 30.00 Rossiya rubli 1 AQSH dollari = 5.00 Ukraina grivna 1 Ukraina grivnasi = 6.00 Rossiya rubli Ko`rinib turibdiki, (krosskurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina grivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan krosskursidir. Ushbu misolda AQSH dollari uchinchi valyuta sifatida gavdalanadi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari qo`llaniladi, ya`ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi. Krosskursdan foydalanish ancha og’ir va tavakkaldir. Ammo ularni qo`llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir; – sizning talabingizdagi valyutaga ega bo`lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so`mni YAponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta AQSH dollari bo`lsin. YAponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo`q). Oldi sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko`rinishlaridan foydalaniladi; «Spotkurs» bu naqd (kassa) bitimlarning kursidir. Spotkurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o`rnatilgan baho bo`yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o`zida ifoda etadi. Forvard bitimlari, odatda, valyuta kurslarining o`zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfxatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana 333 shu kurs bo`yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko`radi ikkinchi tomon esa zarar ko`radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 1$=965 so`m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1iyun kuni 1$=970 so`mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so`m miqdorida qo`shimcha foyda ko`rdingiz. Agar 1iyun kuni 1$=963 so`mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so`mdan zarar ko`rasiz. Muddatli bitimlar bo`yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dastxat metodi bo`yicha kotirovka qilinadi va «autrayt» kurslari, deb ataladi. Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs Diskont. Misol. Bitim summasi 1 mln Bitim muddati 90 kun Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) 3,5 % Baholovchi valyutadagi depozitlarga to`lanadigan % stavkasi (DEM) 5,5 % Cpot kurs 1 = 1,52101,5220 DEM Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling