Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

15.4. O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik 
darajasi. 
Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning 
ishtiroki - ko`proq Markaziy bank salohiyatiga va an`analariga hamda 
ulush egalariga ham bog’liq. Misol tariqasida AQning Federal Rezerv 
Tizimini va Germaniyaning Federal bankini ko`rsatish mumkin. 
Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil markaziy banklar sifatida 


256 
tan olingan. SHunday bo`lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz 
kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz 
a`zo-banklarning to`liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va
sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo`lgan Italiya Markaziy 
banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir. 
Bu omilning tahlilidan ko`rinadiki, markaziy banklar kapitali 
egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi 
mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya, 
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi 
davlatlarning markaziy banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin
chunki bu guruhlar kapitalining 100 foizi ham davlat mulki 
hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi 
qrnini ham uning mamlakat xukumati bilan bo`ladigan munosabatidan 
bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati 
Markaziy bank to`g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. qonunda 
Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o`zaksini topgan bo`lishi 
kerak. CHunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa qonun 
hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to`g’risida”gi qonun oldida ustuvor 
emas. 
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun 
bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. 
Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk 
Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va 
Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini 
saylangan 
muddatlaridan 
ilgari 
ishdan 
bo`shatib 
bo`lmaydi. 
Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan 
markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya). 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy 
bank faoliyati to`g’risida”gi qonunning 20, 21 - moddalarida to`xtalib 
o`tilgan. O`zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki raisi 5 yil 
muddatga saylanadi. qonunning 22-moddasida “Markaziy bank 
Raisining birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari Markaziy bank 
Raisining taqdimiga ko`ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan. 


257 
SHunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan 
bo`shatish tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv 
organlariga nisbatan bo`lgan mustaqilligini namoyon etadi. 
O`zbekiston 
Respublikasining 
“Markaziy bank haqida”gi 
qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular: 
− pul muomalasini tartibga solish; 
− so`mning qadrini oshirishni ta`minlash; 
− pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
− tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan 
nazorat qrnatish; 
− tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha operatsiyalarni amalga 
oshirish; 
− davlatning tashqi qarzini to`lash va oltin-valyuta rezervlarini 
boshqarish. 
Qonun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit 
siyosati mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol 
tariqasida, kreditlarning foiz stavkasini, banklarga qrnatilgan iqtisodiy 
me`yorlarni, qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalarni, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilarni 
keltirish mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin. 
qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagilar bayon etilgan: 
“Kreditlar hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin 
muomalada bo`ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati 
to`lanadigan qarz majburiyatlari ko`rinishida, tasdiqlangan davlat 
qimmatli qog’ozlari garovga qo`yilishi sharti bilan beriladi. Bunday 
qimmatli qog’ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor 
stavkasi bo`yicha to`lanadigan daromad manbaiga ega bo`ladi va 
Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi 
qarz majburiyatlarini to`lash muddatlariga muvofiq kelishi lozim. 
Kredit berish xukumat va Markaziy bank o`rtasida alohida kredit 
shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori, 
qaytarilish muddatlari, to`lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish 
tartibi kelishib olinadi. 
Markaziy bank xukumatga obuna bo`yicha badallar uchun yoki 
respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a`zoligidan kelib 


258 
chiquvchi boshqa to`lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar 
berishga haqli. 
Markaziy bank xukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan 
tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”.
1
Biroq, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi 
hamda inflyatsiyaning o`sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda 
Markaziy bankning byudjetni engilliklar bilan moliyalashtirishi 
kuzatilmoqda. 
Xukumat bilan Markaziy bank o`rtasidagi kreditlash borasidagi 
o`zaro munosabatlarni jahon mezonlariga moslash uchun 1 yilgacha 
beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz 
obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim. 
SHu holatda O`zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar 
o`tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda 
qayta taqsimlashi mumkin. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling