Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Nazorat uchun savollar 
1. Markaziy bankning aktiv operatsiyalari: tijorat banklariga 
kredit berish; hukumatga kredit berish; xorijiy banklarga depozitlar 
joylashtirish; mamlakatning xalqaro valyutadagi rezerv pozitsiyasini 
shakllantirish; hukumatning tashqi qarzini to`lash; oltin-valyuta 


243 
zaxiralarini shakllantirish; asosiy vositalar sotib olish operatsiyalarini 
yoritib bering?
2. Markaziy bankning passiv operatsiyalari: naqd pullarni 
emissiya qilish; majburiy zaxira ajratmalarini shakllantirish; depozit 
operatsiyalari; bank qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish 
operatsiyalarini iqtisodiy mohiyatini ochib bering?
 
 
15-MODUL. MARKAZIY BANKNING
MUSTAQILLIGI. 
 
15.1.Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni 
baholash tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni 
baholash tartibi.
15.2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi. AQSH 
Federal zaxira tizimining mustaqillik darajasi.
15.3. Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. 
YAponiya Markaziy bankining mustaqillik darajasi. O`tish 
iqtisodiyoti mamlakatlari Markaziy banklarining mustaqillik 
darajasi.
15.4. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
mustaqillik darajasi. 
 
15.1. Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi va uni baholash 
tartibi. Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi va uni baholash 
tartibi.
Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati hamda uni 
mamlakat hududida bo`layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga 
solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o`zining 
rivojlanish 
yo`nalishlarini 
o`zgartirdi 
va 
buning 
oqibatida 
iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o`zgarishlar 
bo`lishiga sabab bo`ldi, bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv 
organlariga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ldi. 
Bu muammoni tahlil etishda asosiy jihat - mamlakat Markaziy 
bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo`nalishiga tobeligi, ya`ni 
aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. qachonki, mamlakat 
Markaziy banki siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish 


244 
siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lsa, bunday bog’liqlikni 
samarali, deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga 
egaki, bu ittifoq Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy 
ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit 
siyosatini tartibga solishdagi usullarni va yo`nalishlarni tanlashda 
hamda qonun bqyicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga 
haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim. 
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga 
solishdagi o`rni ko`p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining 
milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo`nalish 
(tendentsiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga 
taqqoslagan holda ko`rib chiqish mumkin. 70-yillar o`rtalaridan 80-
yillar o`rtalarigacha bo`lgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotga 
amaliy 
aralashuvi 
natijasida 
jahonning 
ko`pgina 
etakchi 
mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik” nazariyasi 
tasdiqlandi, markaziy banklarning obro`-e`tibori, nufuzi qsdi va bu 
ma`muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon bo`ldi. 
Shular orqali, tahlil qilingan besh omil ichidan uch asosiy 
(aniqrog’i: 2,4,5) va ikki qo`shimcha (1 va 3) omilni ajratish mumkin. 
Markaziy bankning xukumat boshqaruv organlaridan mustaqilligini 
belgilovchi asosiy ob`ektiv omillarga: 
− bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi; 
− pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi; 
− xukumatni 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
kreditlash 
chegaralanganligining mavjudligi va qat`iyligini ajratib ko`rsatish 
mumkin. 
Markaziy bank kapitalida davlat ulushini va qonunchilikda 
Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini aniq belgilanganligi 
yuqoridagi tahlildan ko`rinib turibdiki, u Markaziy bank mustaqilligi 
darajasini belgilashda hal qiluvchi rol’ o`ynamaydi va ular ikkilamchi 
omillar bo`lib hisoblanadilar. 

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling