Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi


Download 3.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/170
Sana11.10.2023
Hajmi3.95 Mb.
#1698006
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170
Bog'liq
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. 
Rivojlangan 
davlatlarda 
xukumatning 
odatda, 
chet 
el 
valyutalarida hisob-raqamlari bo`lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta 
zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo`lib, ularning 
summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el 
valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo`ladi. qarzni tqlash muddati 
kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. 
Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini 
to`laydi va to`langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini 
xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi. 
Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan 
an`anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda 
Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, 
Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi davlatlarning 
markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana 
shunday huquqqa egadirlar. 


231 
Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma`lumotlar bilan 
ta`minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga 
kiritish mumkin.
Markaziy bankning ma`lumotlar talab qilish huquqi to`g’risida 
tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini 
belgilab berishligini Markaziy bankning ma`lumot - tadqiqot 
funksiyasining bir ko`rinishi sifatida ko`rsatadi. 
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Markaziy bankning 
funksiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta`minlash uchun 
xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yqlida 
belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank 
funksiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb 
qilinishini talab etadi. 
Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy 
an`anaviy funksiyalari xalqaro bank tizimida an`anaviy ko`rinish 
sifatida keng tarqalgan, ya`ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o`xshab 
ketadi.

Download 3.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling