Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
13.2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -banknotalar (nakd pullar) emissiyasi, -davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash, -pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish, -kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, -davlat banki sifatida faoliyat ko`rsatish, -to`lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish, -valyuta kursini muvofiqlashtirish. Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur. 225 Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin- valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob- kitoblar bo`yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo`ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo`ladi. Ba`zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo`lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o`zida yig’adi va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to`lov balansi defitsitini koplash va mamlakat uilliy valyutasi kursining barqarorligini ta`minlash uchun ishlatiladi. Markaziy bank orkali davlatning iktisodiy siyosati, yanada anikrogi davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo`lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko`rsatkichlarini o`zgartirish bilan bog’liq bo`lgan chora- tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo`nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo`nalish - kredit ekspantsiyasi bo`lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo`li bilan olib boriladi, ya`ni ishlab chikarish sur`atlari tushib ketgan holda, kon`yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo`nalish - kredit restriktsiya siyosati bo`lib, u iqtisodiy o`sish davrida pul-kredit emissiyasining qiskarishiga asoslanadi. Markaziy bank “tor” va “keng” ma`noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta`sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta`sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko`rash olib borish 226 tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to`lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo`ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo`lib quyidagilar xisoblanadi: -minimal majburiy rezerv normalarini o`rnatish, -foiz (diskont) siyosati , -tijorat banklarini qayta moliyalashtirish, -ochiq bozor siyosati, -targetlash va boshqalar. Xorijiy mamlakatlar davlat banklari tomonidan iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash uchun turli xil ta`sir doiralari, xususan; turli hil davlat instrumentlaridan foydalanib bormoqdalar. 1 Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling