Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M
Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
Download 3.95 Mb. Pdf ko'rish
|
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955
12.4. Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari va shart-
sharoitlari. Kredit moliya-tizimining barqarorligining ta`minlash, uning aloxida bo`g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini ta`minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi xisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlarini (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir. Uzok yillar mobaynida tijorat banklari va emission banklarining bajaradigan funktsiyalari qo`shilib ketdi. Bular qatoriga banknotlarni emissiya qilishning markazlashuvi bir qo`lda yoki bir necha banklarning qo`lida ya`ni davlatning maxsus qonuniy dalolatnomalari bilan qo`llab-quvvatlanadigan banklar qo`lida ushlab turishi, keyinchalik esa ular orasidan yiriklarini ajratib so`ng emissiya chiqarish xuquqini berilishini, yoki aloxida markaziy emission banklar deb nomlanuvchi banklarning paydo bo`lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin. Zamonaviy ikki pog’onali bank tizimi ko`p sonli tijorat banklari va yagona Markaziy bankga asoslangan bank tizimi shu yo`l bilan vujudga keldi. Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, YAponiya banki, SHvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va xakozo yagona banklardan tashkil topadi. Birok AKSH Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya`ni federal zaxira tizimi (FZT) boshkaruv 219 kengash tomonidan boshkariladigan bo`limlardan iboratdir. Markaziy bank kapitaliga bo`lgan mulk shakliga ko`ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo`linadi. Ba`zi Markaziy banklar Davlat banklari ko`rinishlarida shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo`lgan ) sifatida shakllandi. Ba`zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), Frantsiya banklari (1800y.) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan. Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSH FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv asosida paydo bo`lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruxlar katoriga kiruvchi YAponiya banklar (1882y.) misol qilinib keltirilishi mumkin. Konun buyicha 1942yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank xuquqiy me`yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o`zida mujassamlashtirilgan o`zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo`lib qoladi. Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo`lib xisoblanadi. Markaziy bank- birinchi urinda davlat va iqtisodiyot o`rtasida vositachi bo`lib xizmat kiladi. Ammo Markaziy bank o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko`ymaydi. Markaziy banklarning paydo bo`lishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi: 1. Naqd pullarni emissiya qilishning bitta markazda to`planishining zarurligi 2. Tijorat banklarining inqiroz paytida naqd pul emissiyasi bo`yicha majburiyatlarini taminlay olmasdi. Bunga misol qilib , 1907- yilda AQSHdagi inqirozni aytish mumkin. 3. Davlatni moliyaviy tang, og’ir ahvoldan qutqarish. Angliya Markaziy bankining monarz Karl II ni davlat moliya majburiyatlarini bajarish uchun tashkil etilgan. 4. Xususiy tijorat banklarining o`zi ham pul emissiya qilishdan bezib qolishdi. (Senvoraj-naqd pul emissiyasidan olinadigan daromad) 220 Lekin, umuman olganda Markaziy banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar quyidagi turt guruxga (turga) bo`linadi: 1. Banknotlarning monopol emissiyasini amalga oshirish; 2. Markaziy bank- banklar banki hisoblanadi; 3. Markaziy bank- xukumat bankiri hisoblanadi; 4. Markaziy bank pul- kreditni tartibga soladi va bank nazoratini amalga oshiradi. Markaziy banklarga davlat vakili sifatida qonuniy tarzda banknotlarni monopol ravishda emissiya kilish biriktirilgan, ya`ni umummilliy kredit pullarini bosib chiqarish yuklatilgan. Ta`kidlash kerakki, sanoati rivojlangan mamlakatlarda banknotalar pul massasining sezilarsiz qismini tashkil etadi, shuning uchun Markaziy bankning monopol emissiya funktsiyasi birmuncha pasaytirilgan. Biroq, banknotalarni chiqarish funktsiyasi mamlakatdagi pul zaxiralarini tashkil kiluvchi, chakana pul muomalasini nakd banknotalar bilan ta`minlash va kredit tizimini likvidliligini ta`minlash vositasi xisoblanadi. Bu funktsiyalar nakd pul muomalasi ulushi sezilarli bo`lgan mamlakatlarda katta axamiyatga egadir. Markaziy bank bevosita tadbirkorlar va aholi bilan xech qanday faoliyat olib bormaydi. Uning asosiy mijozlari bo`lib tijorat banklari xisoblanadi. Tijorat banklari iqtisodiyot va Markaziy bank orasida (o`rtasida) vositachi sifatida faoliyat ko`rsatadilar. Markaziy banklar banki sifatida tijorat banklarining zaxiralarini saqlaydi, jumladan, majburiy zaxira talablari shaklidagi pul mablag’larini saqlaydi, ularning kreditorlari sifatida ishtirok etadi, tijorat banklarining Markaziy bankda ochadigan xisob varaqlari orqali (O`zbekiston Respublikasi- xisob-kassa markazi) mamlakat miqyosida naqkd pulsiz xisob-kitoblarni amalga oshiradilar; banklar va boshqa kredit institutlari ustidan nazoratni olib boradilar. Kapitalidagi mulk shaklidan qat`iy nazar Markaziy bank davlat bilan o`zviy bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank xukumat g’azinachisi o`rnida va kreditori sifatida, vakili (agenti), Moliyaviy maslaxatchisi sifatida faoliyat olib boradi.(ishtirok etadi). Bu o`rinda Markaziy bank xukumat tashkilotlarining va korxonalarning xisob raqamlarini yuritadi, soliqlarni va boshqa tushumlarni yig’adi, to`lovlarni amalga oshiradi. Markaziy bank, qoidaga binoan, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. Davlatga soliqlar va zayomlardan (obligatsiyalardan) tushgan 221 daromadlar xukumat xarajatlarini qoplovchi Markaziy bankdagi kaznacheyliklikning foizsiz raqamiga o`tkaziladi. (Moliya vazirligi). Xukumatning kreditori sifatida, Markaziy bank davlat zayomlarini yangilarini muomalaga chiqarish, joylashtirish, o`zining portfelini to`ldirish uchun davlat qog’ozlarini sotib olish, davlatga (xukumatga) tugri gazna kreditlarini berish bilan shugullanadi. Davlat byudjetining defitsiti sharoitida ko`pgina mamlakatlarda Markaziy bankning xukumatni kreditlash va davlat qarzini boshqarish funktsiyalari kuchayadi. Markaziy bank davlat qarzini boshqarish uchun usullardan foydalanadi. Masalan, davlat majburiyatlarining kurslariga ta`sir ko`rsatish maqsadida ularni sotadi va sotib oladi, sotish shartlarini o`zgartiradi, turli yo`llar bilan xususiy investorlar uchun ularni jozibadorligini oshiradi. Davlatning vakili (agenti) funktsiyasida, Markaziy bank mamlakatning oltin-valyuta zaxiralaridan foydalanadi, milliy pul birligi kursini ushlab turish uchun valyuta bozorlarida valyuta intervitsiyasi kabi vositalardan foydalanadi. Markaziy bank xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarda o`z mamlakati nomidan qatnashadi. Download 3.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling