O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora -tadbirlari to‘g‘risida
Download 13.96 Kb.
|
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqei 2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish. Reja: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi 2. Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos 3. O‘zbek tilining necha ming yillik tarixga ega ekanligi O‘zbek tilining necha ming yillik tarixga ega ekanligini bilish uchun Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib asarlarini o‘qish lozim. Ana shundagina betakror tilimiz eng ko‘hna tillardan biri ekaniga amin bo‘lasiz. Hazrat Navoiy esa «Tilga e’tibor – elga e’tibor» iborasi bilan bizni ona tilimizdan faxrlanishga, g‘ururlanishga undadi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, uni yuksaklarga ko‘tardi. Zamondosh tilshunoslarimizdan biri: «Navoiy ijodi tilimizni o‘rganish uchun cheksiz ummondir», degan edi. Alisher Navoiyning ulug‘ maqsadi turkiy tilning ifoda imkoniyatlarini va uning badiiy xususiyatlarini dunyoga ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan. Ulug‘ ajdodimizning asarlarini o‘qiganimizda o‘zbek tilining ildizi qanchalik chuqur ekanligi, bu tilning imkoniyatlari naqadar kengligini anglaymiz. Navoiydan keyin tilimizni mumtoz adabiy tillar darajasiga ko‘tarishni Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z zimmasiga oldi. Shoh va shoir Bobur Mirzo turkiy tilning boy ohang va tovushlarini to‘liq ifoda etishga imkon beradigan yangi alifbo yaratish zarurligini anglagan holda «Xatti Boburiy»ni yaratdi. Boborahim Mashrab, Muhammad Rizo Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Oybek, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parpi kabi bir qator o‘zbek adabiyotining namoyandalari o‘z ijodi ila tilimiz va millatimiz mavqeini ko‘klarga ko‘tardi. Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ona tilimizning mavqeini yanada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Farmonda davlat tilini rivojlantirish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dastur va «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, «O‘zbek tili bayrami kuni»ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muomalaga kiritish kabi bir qancha vazifalarni amalga oshirish belgilandi. Bu hujjat yurtimizda tilimiz rivoji, uni saqlash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Va, guvohi bo‘lib turganimizdek, mamlakatimizda ushbu hujjatda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga tatbiq etish borasida sezilarli ishlar olib borilyapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 50 milliondan ziyod aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biri ekanidan dalolat. Bugungi kunda ona tilimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanilib, jahon minbarlarida baralla yangramoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi esa tilimizning jahon miqyosidagi nufuzini yana bir bor mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan muhim vazifalar o‘zini shu mamlakat fuqarosiman deb bilgan inson uchun o‘zbek tilini bilishi qanchalar zarur ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 21 oktyabrdagi Farmoni 31 yil oldin qabul qilingan Qonunda ta’kidlanganlarni unutganlar yoki bu qoidalarga xohlab-xohlamay, bilib-bilmay amal qilmayotganlarning uyg‘onishi uchun yana bir turtki bo‘ldi, deyish mumkin. O‘tgan 31 yil o‘zbek tilini davlat, umumjamiyat, mamlakat hududida yashovchi ko‘pmillatli aholining o‘zaro muloqot tiliga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Biroq 2020 yil o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning mavqeini yanada yuksaltirish, mamlakat hududida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralarda, korxona va tashkilotlarda ish yuritishning asosiy vositasi darajasiga ko‘tarish yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Zero, biz aynan til vositasida insonlar bilan muomalaga kirishamiz, turli ijtimoiy-madaniy va boshqa munosabatlarimizni tartibga solamiz. Bir so‘z bilan aytganda til muomala vositasi sifatida hayotimizning har bir onida, uyda, maktabda, ko‘chada, bozorda, ishxonada va hamma joyda biz bilan birga. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muhim qadamning birgina samarasi sifatida bugun deyarli barcha vazirlik va idoralarda rahbarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat yuritmoqda. Bu, jami 309 ta davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining 282 tasida, ya’ni 91.2 foizida nafar maslahatchi ish olib bormoqda degani. Ularning maqomi rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilganligi esa bu vazifaning qanchalar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, mazkur lavozimga tayinlanganlarga juda katta mas’uliyat yuklashi, tabiiy. Shunday ekan buni his qilish, har kim o‘z sohasida zarur ishlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishi lozim. Ushbu yo‘nalishda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi eng asosiy va mas’ul ijrochilardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shu o‘rinda Vazirlik va uning tizim korxona va tashkilotlari faoliyati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bevosita bog‘liq ekanligini inobatga olsak, mazkur sohada boshqa tillardan o‘zlashgan yoki yangi kirib kelayotgan so‘z hamda atamalar talaygina. Xususan, kundalik hayotimizda yuz, hatto ming marta ishlatiladigan “internet”, “televizor”, “kompyuter”, “printer”, “klaviatura”, “monitor”, “abonent”, “rouming”, “pochta”, “virtual”, “operator”, “lokal” kabi so‘zlar ayni damda aytish joiz bo‘lsa, qon-qonimizga singib ketmoqda. Yoshi kattalarku mayli, o‘sib kelayotgan yosh avlod ana shu so‘zlar ishtirokidagi muloqotlar qurshovida voyaga yetmoqda. Hozirda shu va shu kabi so‘zlarni, aniqrog‘i atamalarni ishlatmaydigan odam topilmasa, kerak. Bu so‘zlarning biri ingliz, yana biri rus, boshqasi esa grek tilidan kirib kelgani ana endi mazkur soha xodimlarining so‘zlashuvini yoki ularning ish jarayonini tasavvur qilib ko‘ravering. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Farmonga muvofiq, 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish rejalashtirilgan. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish, 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish ham asosiy yo‘nalishlar qatoridan o‘rin olgan. Teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish reja qilingan. Dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish, xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish farmonda asosiy yo‘nalishlar qatoriga kiritilgan. Bundan tashqari, 2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish, 2025-yilga qadar “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish ham nazarda tutilgan. Download 13.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling