Xaydarova Nodiraning "Davlat tilida ish yuritish"


Download 362.25 Kb.
bet1/6
Sana17.12.2022
Hajmi362.25 Kb.
#1026227
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaydarova Nodira Davlat tilida ish yurutish


Al-Buxoriy Universiteti
Pedogogika va Psixologiya fakulteti
1-kurs 2-guruh talabasi
Xaydarova Nodiraning
“Davlat tilida ish yuritish” fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi 
Tekshirdi: G.Rahmatova
 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan muhim vazifalar o‘zini shu mamlakat fuqarosiman deb bilgan inson uchun o‘zbek tilini bilishi qanchalar zarur ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 21 oktyabrdagi Farmoni 30 yil oldin qabul qilingan Qonunda ta’kidlanganlarni unutganlar yoki bu qoidalarga xohlab-xohlamay, bilib-bilmay amal qilmayotganlarning uyg‘onishi uchun yana bir turtki bo‘ldi, deyish mumkin.
O‘tgan 30 yil o‘zbek tilini davlat, umumjamiyat, mamlakat hududida yashovchi ko‘pmillatli aholining o‘zaro muloqot tiliga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Biroq 2020 yil o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning mavqeini yanada yuksaltirish, mamlakat hududida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralarda, korxona va tashkilotlarda ish yuritishning asosiy vositasi darajasiga ko‘tarish yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Zero, biz aynan til vositasida insonlar bilan muomalaga kirishamiz, turli ijtimoiy-madaniy va boshqa munosabatlarimizni tartibga solamiz. Bir so‘z bilan aytganda til muomala vositasi sifatida hayotimizning har bir onida, uyda, maktabda, ko‘chada, bozorda, ishxonada va hamma joyda biz bilan birga. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muhim qadamning birgina samarasi sifatida bugun deyarli barcha vazirlik va idoralarda rahbarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyat yuritmoqda. Bu, jami 309 ta davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining 282 tasida, ya’ni 91.2 foizida nafar maslahatchi ish olib bormoqda degani. Ularning maqomi rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilganligi esa bu vazifaning qanchalar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatibgina qolmay, mazkur lavozimga tayinlanganlarga juda katta mas’uliyat yuklashi, tabiiy. Shunday ekan buni his qilish, har kim o‘z sohasida zarur ishlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishi lozim.
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5850-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
a) 
Download 362.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling