Xaydarova Nodiraning "Davlat tilida ish yuritish"


oʻzbek tili markazlari faoliyatini


Download 362.25 Kb.
bet5/6
Sana17.12.2022
Hajmi362.25 Kb.
#1026227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaydarova Nodira Davlat tilida ish yurutish

oʻzbek tili markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
oʻzbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy maʼlumotlarni oʻzida jamlagan elektron koʻrinishdagi oʻzbek tili milliy korpusini yaratish choralarini koʻrsin;
Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar Dasturda va Asosiy yoʻnalishlarda belgilangan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni puxta tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin.
7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda oʻzbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yaratish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tizimdagi axborot-tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-gumanitar telekanallarini xorijiy davlatlarda teleradiokompaniyaning OTT platformasini (Internet tarmogʻi orqali teledasturlarni namoyish etish tizimi) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishga tushirish va boshqa zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalangan holda namoyish etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining «Oʻzbekiston» telekanalida yurtimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini targʻib qiluvchi, mamlakatimizga oid axborot-tahliliy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-gumanitar bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiluvchi va intellektual hamda boshqa maʼlumotlarni xorijiy tillarda (Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar tilida) yoritadigan «Doʻstlik» axborot-maʼrifiy dasturlar tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki, 
Download 362.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling