Xaydarova Nodiraning "Davlat tilida ish yuritish"
«Doʻstlik» axborot-maʼrifiy dasturlar tahririyati
Download 362.25 Kb.
|
Xaydarova Nodira Davlat tilida ish yurutish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tilga eʼtibor», «Ona tilida soʻzlashamiz», «Notiqlik mahorati», «Til – millat koʻzgusi», «Kitob bilim manbai», «Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori
- Asosiy yoʻnalishlarga erishish
«Doʻstlik» axborot-maʼrifiy dasturlar tahririyati Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ajratilayotgan byudjet mablagʻlari va quyi tashkilotlarning mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-yanvardan boshlab markaziy telekanallarda «Tilga eʼtibor», «Ona tilida soʻzlashamiz», «Notiqlik mahorati», «Til – millat koʻzgusi», «Kitob bilim manbai», «Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori» kabi turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini taʼminlasin. 9. Mazkur Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat byudjeti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari) va grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. 10. Quyidagilarga: Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentiga – Konsepsiya va Dasturni amalga oshirish hamda Asosiy yoʻnalishlarga erishish borasida davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlariga – Konsepsiya, Dastur va Asosiy yoʻnalishlarda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. Shunday ekan o‘zbek tilining 200 ga yaqin davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega tillar orasidaligidan, bugun eng ko‘p foydalaniladigan 30 tildan biri ekanligidan faxrlanib, uning umrboqiy jahon tillari o‘rtasida o‘z mavqeini saqlab qolishi va uning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, aholini, ayniqsa, yoshlarni ona tiliga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat va sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy madaniy-ma’rifiy merosiga munosib vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga davlat tilini to‘la joriy etish, shunday bebaho boylikni hamisha asrab-avaylash har doimgidan ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 362.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling