Xaydarova Nodiraning "Davlat tilida ish yuritish"


-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi


Download 362.25 Kb.
bet2/6
Sana17.12.2022
Hajmi362.25 Kb.
#1026227
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xaydarova Nodira Davlat tilida ish yurutish

2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;
taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini taʼminlash;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
b) 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda – Asosiy yoʻnalishlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. BelgilansinkiAsosiy yoʻnalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yana-da takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:
2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida amaldagi maktabgacha taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga oʻzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
2030-yilga qadar umumtaʼlim maktablarida oʻquv yillari uchun tayanch oʻquv rejalarida oʻzbek tili fanini oʻqitish koʻlamini amaldagi 
Download 362.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling