Abdurauf Fitrat to‘rt she’riy kitob muallifi. Bular:
“Sayha”, “Uchqun”, “She’rlar va doston”, “Mening
tunim”. Fitratning professor Hamidullo Boltaboyev
tayyorlagan ko‘p jildlikning birinchi jildiga kirgan 22 ta
she’r haqida suhbatlashamiz.
Fitrat she’riyati nochor qolgan shoirning o‘tli
nidolaridangina iborat emas, u Turkistonni oyoq osti
qilgan kelgindilarga, jaholat tufayli tovushlari o‘chgan
vatandoshlariga
achchiq
nafratli
murojaatidir.
She’rlarning shakliy qurilishlari ham mavzu e’tibori bilan
o‘ziga xosdir. Bu she’riyat- yangicha bo‘lib yangicha
shuur, yangicha dunyoqarashning yangicha tamoyillarini
o‘zida aks ettiradi. Yangi o‘zbek she’riyati butun dunyoni
uyg‘otadigan bir qudratga ega bo‘lishi kerak edi.
Fitrat ko'pqirrali va sermahsul ijodkordir. Bu – uning oz
va soz lirikasi, ko'pqirrali dramaturgiyasi, jangovar
publisistikasi va katta hajmdagi chuqur ilmiy
tadqiqotlaridir. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati
xalqni jaholat, turg'unlik, g'aflatdan uyg'otish, ilm-
ma`rifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga,
birinchi navbatda milliy mustaqillikka chorlashga
qaratilgan edi. U o'zbekning o'zligini tanishi, ota-
bobolari kabi ulug'vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan,
kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg'or
madaniy mamlakatlariga etib olishga chaqirdi. Butun
ijodining mohiyati xalqning qalb qo'zini ochishga va
Do'stlaringiz bilan baham: |