Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 6-4 uzb-21-guruhida Axborot va murabbiylik soatida


Download 346.39 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi346.39 Kb.
#1006019
Bog'liq
Inson-eng oliy qadriyat


Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi 6-4 UZB-21-guruhida Axborot va murabbiylik soatida “ Mustаqillik yillаridа qаtаg‘on qurbonlаri xotirаsining аbаdiylаshtirilishi”mavzusida o‘tkazilgan dars
B A Y O N N O M A S I


Buxoro shahri Qatnashdilar:
2022.12.04. 6-4 UZB -21-guruh tyutori
K.K.Zulfiyeva va guruh talabalari.


KUN TARTIBI:
1Shu kunlarda yurtimizdagi inson hayotida ro'y beradigan dolzarb muammolar haqida ma’lumot berish.
2.Talaba-yoshlarga mamlakatimizdagi siyosiy o’zgarishlardan xabardor bo’lishlarini uqtirish.
ESHITILDI :
Guruh rahbari K.K.Zulfiyeva talabalarga mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida gapirdi.Asosiy masala bolmish mustаqillik yillаridа qаtаg‘on qurbonlаri xotirаsining аbаdiylаshtirilishi bo’yicha qizg’in bahs-munozaralar o’tkazildi. Mustabid tuzum davridagi “qatag‘on siyosati” xalqni-xalq, millatni-millat, insonni - insonligidan ayirdi. Qatag‘on davlatni, tuzumni ommaviy jazolash, qiynoqqa solish, begunoh xalqni asoratda, tutqunlikda ushlab turish, qo‘rqitish, bosim, tazyiq o‘tkazish qurolga aylandi. Bu qatag‘on barcha xalqlar qatorida O‘zbekiston xalqi boshiga ham mislsiz og‘ir kulfatlar yog‘dirgani haqida so’zladi guruh tutori Kamola Qurbonovna o’z nutqida .
Bundan tashqari, guruhning faol talabalaridan Hikmatullayeva Zarina 2001 yildan buyon 31 avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida nishonlab kelinayotgani,Vatan fidoyilarining hayoti va merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani,2021 yilda Shahidlar xotirasi xiyobonida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgani, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi binosi rekonstruktsiya qilingani haqida so’zlab berdi.
«Inson — aziz, xotira — muqaddas» degan g‘oya asosida barcha tuman, shahar va mahallalarda aholi, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ko‘rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish ham asosiy vazifalardan etib belgilanganini bugungi tarixan rivojlangan yurtimizda ko’rmay qolmaslikning iloji ham imkoni ham yo’q.
“Jadid bobolarimiz yurtimizni ozod etishga, qoloqlikdan olib chiqib, hamma sohalarni rivojlantirishga borini bag‘ishlagan. Buning badalini o‘z jonlari bilan to‘lagan. Biz bugungi mustaqillik, tinchlik, erkinlik sharoitida ularni eslashimiz, eʼzozlashimiz ham qarz, ham farz”, - degan edi Shavkat Mirziyoev.
QAROR QILINDI:
1. Dars mashg‘uloti ijobiy ruhda o’tkazilgani qayd etilsin.
2. Talabarga siyosiy jarayonlardan voqif bo’lishlari aytib o’tilsin.


Guruh tutori: K. K. Zulfiyeva




Download 346.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling