Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi


Download 19.27 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi19.27 Kb.
#1439928
Bog'liq
MD. Xulosa. (2) (1)


Buxoro davlat universiteti
filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi
70230101– Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi magistranti
Atoyeva Shamsiya Rahmon qizining “O‘zbek tilida tarixiy murojaat shakllari” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan dissertasiyasi haqida ilmiy rahbar
XULOSASI

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi va dunyo miqyosidagi nufuzini oshirishga qaratilayotgan e’tibor, tilimizning qo‘llanilish ko‘lamini yanada kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislar oldiga yangidan yangi vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20 -oktabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari va so‘nggi yillarda qabul qilingan bir qator hukumat qarorlari boshqa yo‘nalishlar sirasida tibbiyot sohasida ham davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.


Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligida ham mustaqillik yillarida murojaat shakllarini turli aspektlarda o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, murojaat birliklarining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlariga katta e’tibor qaratildi. Hozirgi nutqiy ma’naviyatimizda faol qo‘llanib kelinayotgan, tilimiz boyligining asosiy ifoda vositasi bo‘lgan murojaat shakllari o‘z ahamiyati bilan ajralib turadi. Mustaqillikdan so‘ng murojaat shakllari miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib bordi. Ijtimoiy hayotimizda keng qo‘llana boshlandi. Ayniqsa, yurtboshimizning nutqida xalq bilan muloqot jarayonlarida, qisqasi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda faol qo‘llanib kelmoqda.
O‘zbek tili juda qadimiy va boy tillar sirasiga kiradi. Tilimizning imkoniyatlarini ochib berish, uning lug‘at tarkibini boyitish bugungi kun uchun ahamiyatlidir. Tarixiy murojaat shakllarini o‘rganish nafaqat o‘sha davr tili xususiyati, balki u zamonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy muhiti haqida va madaniyati to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar olishimizga asos bo‘ladi. Shunday ekan tarixiy murojaat shakllarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish bugungi kun tilshunosligida o’z tadqiqini kutayotgan masalalardan biridir.
Ushbu lisoniy vositalarga yangicha qarashlar, shu kungacha o‘rganilmagan muhim jihatlarini ochib berish, tarixiy murojaat shakllarini bugungi kun murojaatlari bilan qiyoslash, umumiy va farqli jihatlarini o‘rganish kabilar “Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish” kabi masalalarga yechim topishni taqozo etadi va ilmiy-amaliy tomondan muhim hisoblanib, bular tadqiqot mavzusining dolzarbligini ta’minlaydi.
Tadqiqotda nutq etikasi va murojaat shakllari tushunchalari mazmunini lug‘at va ilmiy adabiyotlar tahlili orqali izohlash, ularning muloqotni muvofiqlashtiruvchi asosiy vosita ekanligini misollar orqali isbotlash, o‘zbek tilida murojaat va ular shakllanishining tarixiy-tadrijiy omillari xususida ma’lumotlar berish, tilimizdagi ayrim tarixiy murojaat shakllarini tarixiy-badiiy asarlar misolida izohlash, murojaat shakllarining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlarini ochib berish, tarixiy murojaat shakllarining ijtimoiy guruhlar nutqiy muloqotining turli vaziyatlarida yuzaga kelishini bugungi kundagi murojaatlar bilan qiyoslash, murojaat shakllarining so‘z va so‘z birikmasi bilan ifodalanishini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish kabi vazifalar qo‘yilgan va magistrlik dissertatsiyasi darajasida yechim topgan.
Badiiy asarlarda tarixiy murojaatga oid “hazratim”, “begim”, “og‘a oyi”, “xo‘ja”, “amirzodam” kabi birliklar keltirilgan, shuningdek, onaning bolaga murojaati “bo‘talog‘im”, “toychog‘im”, “qulunim”, “jigarporam” kabi birliklar tarixiy va badiiy asarlar misolida tahlilga tortilgan va tadqiqotda magistrant shu kabi birliklarni lingvistik izohlashga harakat qilgan.
Ishda turli mavzuga oid asarlardan (tarixiy, badiiy asarlar va rasmiy hujjatlarda, so’zlashuv uslubiga tegishli namunalar) va davriy nashr materiallaridan yig‘ilgan tarixiy murojaat shakllari tahlil qilingan.
Bitiruvchi magistrant o‘zining qobiliyatli ekanligini isbotlashga harakat qildi va talab darajasida magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirdi. Bunda unga o‘z ustida ishlashi, respublika an’anaviy ilmiy konferensiyalarida ma’ruzalari bilan muvaffaqiyatli chiqish qilishi, turli ilmiy to‘plam hamda jurnallarda ilmiy maqolalarini nashr ettirganligi katta yordam berdi, deb o‘ylayman.
Umuman, Atoyeva Shamsiya Rahmon qizining “O‘zbek tilida tarixiy murojaat shakllari” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi “Yakuniy DAK” talablariga to‘la javob beradi va uni munosib himoya qilishiga ishonch bildiraman.

Ilmiy rahbar: BuxDU o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi


filologiya fanlari doktori,
professor M.Q.Abuzalova
Download 19.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling