Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish yo`nalishi O`zbek tili fakulteti 9-1uzb s20 guruh talabasi Abdullayeva Durdonaning Folklor fanidan “Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi ” mavzusida yozgan mustaqil


Download 54.28 Kb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi54.28 Kb.
#228176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat qo`shiqlarining boshqa qo`shiqlardan farqi

Do’ppido’zlik qo’shiqlarida bosh kiyimni e’zozlash Vatan va yorga sadoqat motivlariga ulansa:

Do’ppi tikdim childirma,

Cho’pu-xasga ildirma.

Yurtingni chindan sevsang,

Dushmaningga bildirma;

To’ndo’zlik qo’shiqlarida lirik qahramonning kasbga muhabbati, yorga muhabbat tuyg’usiga singishib, o’zgacha joziba kasb etgan:

Banorasdan to’n tikay,

Oldiga po’pak tutay.

Yoqasiga gul solay,

Arabiyning xatiday.

Yuqorida keltirilgan to’rtliklarning dastlabkisida do’ppido’zlik hunariga xos «childirma» usuli eslatilib, childirmali tikilgan do’ppini «xoru-xasga ildirmaslik» -xor qilmaslik, demakki, ozoda tutish yurtga bo’lgan sevgini ham pokiza tutib, dushmanga sezdirmaslik holatiga muvoziy keltirilsa, ikkinchisida banorasdan tikiladigan to’n ta’rifi etakchi motivga aylangan, eng muhimi, ikkala holatda ham lirik qaxramonning kasbga munosabati nafosatga yo’g’rilgan yo’sinda ifodasini topgan.


Download 54.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling