Ingliz tilidagi misolimiz “Mr If only” (“Janob Agar faqat”) deb nomlangan. She’r lirik qahramonning o‘y-fikrlaridan iborat. U o‘z hayotini sarhisob qilar ekan, unda ko‘pgina afsus-nadomatlarni ham ko‘radi. “If only I had done the things that I” (“Agar bu narsalarni men bajarganimda edi”) gapi anafora bo‘lib kelgan. Ta’kidlash kerakki, so‘z yoki bir necha so‘zning anafora bo‘lib kelishi an’anaviy. Biroq gapning takrorlanib kelishi ingliz she’riyati uchun o‘ziga xos hodisa sanaladi. Bundan lirik qahramon o‘tgan hayotidan rozi bo‘lmaganligini tushunish mumkin. Tabiat tasviri yaratilgan o‘zbek tilidagi she’rning dastlabki uch qatorida takrorlangan “qor yog‘ar” anaforasi gap ko‘rinishida bo‘lib, lirik qahramonning zavqu shavqqa to‘la kechinmalarini ifoda etadi. Bunda qor tashbehlari ham ohorli. Osmondan o‘ynab tushayotgan qor uchqunlari oqqushga, oq ukparga o‘xshatilgan. “Ukpar – parranda tanasini qoplab turadigan yumshoq va nafis patni bildiradi”105.
10-misol.
Ingliz tilida
|
O‘zbek tilida
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |