79
ILOVALAR
4 yoshli bolalar bilan mashg'ulot o'tkazish mazmuni va usuli
(ta'limning birinchi yili)
1-Mashg’ulot
Mashg’ulot maqsadi: bolalarda harakatni bajarishga o'rgatish, bolalarda
harakat ko'nikmalarini shakllantirish, bolalarda lug'at boyligini kengaytirish
.
Jihozlar: to'rtta o'rtacha koptok, ikkita kichik koptok, gilamchali
yo'lakcha.
Lug'at: boring, yuguring, o'tiring, turing, koptok, dumalating.
Mashg’ulot mazmuni:
1. Barmoqlarni aylantirish, qo'llarni tepaga ko'tarish va pastga tushirish.
(2-3 marta).
2. Qo'llarni bir vaqtda oldinga-tepaga, yon tomonga, pastga harakatlantirish
(2-3 marta).
3. Qo'llar belda, joyda aylanish (4-5 aylanish).
4. Chapak chalish.
5. Qo'llar belda, joyda yurish (10-15 sek.).
6. Oyoq uchida sakrash (10-12 marta sakrash).
7. “Poda” bo'lib yurish.
8. Polda o'tirib koptokni tarbiyachi tomonga dumalatish (6-8 marta).
9. Tarbiyachi uloqtirgan koptok ketidan yugurish (2 marta).
10. “Poda” bo'lib yurish.
Do'stlaringiz bilan baham: